12
II - bob. CHET DAVLATLARDA SOG‘LIQNI SAQLASH VA
XALQARO XAMKORLIK ASOSLARI
2.1. Butun jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va strukturasi
JSST - bu yirik halqaro tibbiy tashkilot. Uning faoliyatining asosiy
maqsadi - hamma xalqlar orasida yuqori darajadagi salomatlikka
erishish. JSST ustavida birinchi marotaba halqaro darajada har bir
insonning salomatlikka huquqi e’lon qilindi, xukumatning o‘z halqi
salomatligiga javobgarlik prinsipi tasdiqlandi, hamda salomatlik halqaro
havfsizlik, ilmni mustahkamlash salomatlik o’rtasidagi
ajralmas
bog‘liqlik borligi ta’kidlandi.
JSST ikkinchi jahon urushidan keyin, dunyo mamlakatlarining
hayotida siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar yuz berayotganda
tashkil qilindi. Kuchlarning hammasi urushdan
keyin buzilgan joylarni
tiklash va halqni shoshilinch tibbiy yordam bilan taminlashga qaratilgan
edi. Bu esa dunyoda yagona halqaro sog‘liqni saqlash markazini tashkil
qilishni talab qildi. Shunga asosan 1946 yil Nyu-Yorkda Birlashgan
Millatlar Tashkiloti (BMT)da Iqtisodiy va Ijtimoiy kengashlarning
qarori bo‘yicha BMT qoshida halqaro sog‘liqni saqlash bo‘yicha
konferensiyasi chaqirildi, unga 51
mamlakatdan vakillar, halqaro
tashkilotlar vakillari, shu jumladan Jamoat gigienasi halqaro byurosi,
Halqaro
Qizil Xoch, Halqaro mehnat byurosi va boshqa delegatlar
qatnashdi. Konferensiyada JSST ustavi ishlab chiqildi va u 1948 yil 7
aprelda kuchga kirdi. Bu kun har yili Halqaro salomatlik kuni sifatida
nishonlandi.
JSST - bu BMTning o‘z tarkibi buyicha eng keng ixtisoslashgan
muassasalaridan biri. JSST
tasischi-mamlakatlar ichida, uning ustavini
ishlab chiqishda faol ishtirok etgan Sovet Ittifoqi edi, bu tashkilotga
O’zbekiston Respublikasi ham a’zo.
Boshidan JSST haqiqatan ham
butun dunyo tashkiloti kabi tashkil qilingan edi: u davlatlarning ijtimoiy
rivojlanish darajasida ijtimoiy-siyosiy tuzilishidan qat’iy nazar, hamma
davlat uning tarkibiga kirishi mumkin. JSST a’zolari bo‘lgan hamma
davlatlar teng huquqga ega. Hozirgi kunda bu yirik va obro‘li halqaro
tashkilotlardan biri, u dunyoning 200ga yaqin davlatlarini (191 to‘liq
huquqli va 2ta assotsiatsiyalashgan a’zo) birlashtiradi.
Tashkilot
o‘zining rasmiy tili sifatida butun dunyoda keng taralgan olti tildan
foydalanadi, shular ichida ingliz, fransuz, nemis, rus tillarida JSST