B. M. Mamatkulov, X. E. Rustamova jamoada hamshiralik




Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/143
Sana14.08.2024
Hajmi1,45 Mb.
#269512
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   143
Bog'liq
JAMOADA-HAMSHIRALIK-ISHI

 
 
O’zbekistonda 
aholi 
salomatligini 
saqlash 
va 
yanada 
mustahkamlash davlatning muhim tibbiy – ijtimoiy vazifalaridan biri 
hisoblanadi. 
Ushbu 
masala 
O’zbekiston 
Respublikasining 
konstitutsiyasi va davlatning boshqa qonunchilik hujjatlarida o‘z aksini 
topgan. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida aholi 
salomatligini saqlash, sog‘liqni saqlashni rivojlantirish, inson huquqlarini 
himoya qilish, tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha alohida moddalar o‘rin 
olgan. Jumladan, "Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari va 
burchlari" nomli ikkinchi bo‘limning 18-moddasida O’zbekiston 
Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega 
bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi 
va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar qonun oldida tengdirlar, deb belgilab 
qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 39-moddasida esa
 
“Har kim qariganda, 
mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum 
bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot 
olish huquqiga ega” ekanliklari, 40-moddada “Har bir inson malakali 
tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega”ligi, 65-moddada
 – “
Onalik 
va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi”, deb belgilab qo‘yilgan. 
Aholi salomatligini saqlashning barcha qirralari 1996 yil 29 avgustda 
qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini 
saqlash to‘g‘risida”gi qonunida to‘lig‘icha o‘z aksini topgan.


24 
Ushbu 
qonunni 
yaratilishida 
jahonning 
rivojlangan 
mamlakatlaridagi sog‘liqni saqlashga doir qonunlar, ulardagi sog‘liqni 
saqlash tizimini rivojlanishi, aholiga ko‘rsatilaetgan tibbiy yordamning 
yunalishini e’tiborga olingan, Birlashgan millatlar tashkilotining «Inson 
huquqlari deklaratsiyasi», Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 
fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi halqaro shartnomalari va qonun 
hujjatlariga amal qilingan holda tuzilgan. 
Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi qonun katta siyosiy, 
ijtimoiy, huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan yuridik hujjat hisoblanadi. U 
O’zbekistonda xozirgi davrdagi sog‘liqni saqlash holatini aks ettirgan 
holda, kelgusida fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash, sog‘liqni saqlash tizimini 
rivojlantirish, isloh qilishning me’yoriy huquqiy asosi bo‘lib xizmat 
qiladi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini 
«Fuqarolar 
sog‘lig‘ini 
saqlash 
to‘g‘risida»gi 
Qonunga 
muvofiqlashtirishlari, respublika vazirliklari va idoralari mazkur Qonunga 
zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor 
qilishlari lozim. 
Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy 
vazifalari quyidagilardan iborat: 
-fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlashga doir huquqlarini davlat tomonidan 
kafolatlanishini ta’minlash; 
-fuqarolarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish; 
-davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat 
birlashmalarining fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi faoliyatini 
huquqiy jihatdan tartibga solish. 
O’zbekiston Respublikasi «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash 
to‘g‘risida»gi qonun VI-bob, 47-ta moddadan iborat. Fuqarolar
sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi qonunda davlat organlari
vazirlik, mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqarolar 
sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi vakolatlari, ularning vazifalari 4-5-6-
moddalarda mukammal yoritilgan. 
Ushbu qonunda O’zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlash 
tizimini isloh qilishga, qayta qurishga alohida ahamiyat berilgan (7-8-10 
moddalar). 
Qonunning 
7-moddasida 
O’zbekiston Respublikasida 
sog‘liqni saqlashning davlat, xususiy va boshqa tizimlaridan iborat 
yagona sog‘liqni saqlash tizimi amal qiladi deb yoziladi. 
Shu munosabat bilan qonuning 11 -moddasida davlat sog‘liqni 
saqlash tizimiga kiruvchi tibbiyot muassasalari, xususiy sog‘liqni 
saqlash muassasalari, hamda sog‘liqni saqlash korxonalari, 


25 
muassasalari va tashkilotlariga, shuningdek, tabobat hamda 
farmatsevtika bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarga litsenziyalar 
berish tartibi va shartlari aloxida qayd etilgan. 
Qonunda fuqarolarning sog‘lig‘ini huquqiy jihatdan muhofaza 
qilishga keng o‘rin berilgan (13-28 moddalar). Davlat yoshi, jinsi, irqi, 
millati, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va 
ijtimoiy mavqeyidan ka’tiy nazar fuqarolarning sog‘lig‘i saqlanishini 
ta’minlaydi. 
Qonunda oila sog‘lig‘ini saqlashga, tibbiy-ijtimoiy yordam 
olishga voyaga etmaganlarning, pensiya yoshidagi fuqarolarning
nogironlarning, 
favqulodda 
vaziyatlar 
tufayli jabr ko‘rgan 
fuqarolarning, bemorlarning huquqlari alohida moddalarda keng 
yoritilgan. 
Fuqarolarga tibbiy - ijtimoiy yordam ko‘rsatish alohida bobni 
tashkil etib, u birlamchi tibbiy sanitariya-yordami (29-modda) 
shoshilinch va tez tibbiy yordam (30-modda) ixtisoslashgan tibbiy yordam 
(31-modda)dan tashkil topganligi alohida ta’kidlangan. Ijtimoiy 
ahamiyatga molik kasalliklarga chalingan fuqarolarga tibbiy-ijtimoiy 
yordam ko‘rsatish (32-modda), atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan 
kasalliklarga chalingan fuqarolarga tibbiy-ijtiimoiy yordam ko‘rsatish 
(33-modda) kabi va boshqa moddalarni o‘z ichiga oladi. Fuqarolar kasal 
bo‘lib qolganda, mehnat layoqatini yuqotgan va boshqa xollarda 
profilaktik, tashxis qo‘yish-davolash, kuch-quvvatini tiklash, sanitariya-
kurort, protez ortopediya yordami va boshqa xil yordamni, shuningdek, 
bemorlarni, mehnatga layoqatsiz davrida va nogironlarni boqish-
parvarishlash yuzasidan ijtimoiy chora-tadbirlarni, shu jumladan,
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi to‘lashni o‘z ichiga oladigan 
tibbiy-ijtimoiy yordam olish huquqiga ega. 
Qonunning IV - bobi tibbiy ekspertizaga bag‘ishlangan bo‘lib, 
uning 36-moddasida fuqarolarning kasallik, shikastlanganlik, homiladorlik, 
tuqqanlik, oilaning betob a’zosini parvarishlanganlik, protez 
qo‘ydirganlik, sanatoriya - kurortda davolanganlik munosabati bilan va 
boshqa hollardagi mehnatga vaqtincha layokatsizligini ekspertizalash 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladi deb yozib 
qo‘yilgan. Tibbiy ekspertiza mehnatga vaqtincha layoqatsizlikni 
ekspertizalash bilan bir qatorda nogironlarning sababi va guruhini, harbiy 
- tibbiy ekpertiza, sud tibbiyoti va sud psixiatriya ekpertizalarini 
o‘tkazishni o‘z ichiga oladi va ularni o‘tkazish qonun qoidalarini, 
yo‘l-yo‘riqlarini belgilaydi. 


26 
Qonunning V - bobida tibbiyot va farmatsevtika xodimlarning 
huquqlari, xususiy tibbiyot amaliyoti bilan shug‘ullanish huquqi, tibbiyot 
va farmatsevtika xodimlari uyushmalarini tuzish va ularning faoliyatiga 
bag‘ishlangan bo‘lib, O’zbekiston Respublikasida tibbiyot va 
farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga oliy yoki O’rta 
maxsus tibbiyot o‘quv yurtini tamomlaganlik to‘g‘risida diplom olgan 
shaxslar, ro‘yxati O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash 
vazirligi tomonidan belgilanadigan muayyan tibbiyot va farmatsevtika 
faoliyati turlari bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Demak, oliy yoki O’rta 
maxsus tibbiy ma’lumot to‘g‘risida diplom va tanlangan faoliyat turi 
bilan shug‘ullanish uchun litsenziya olgan shaxslar xususiy tibbiyot 
amaliyoti shu jumladan, tabiblik (halq tabobati) bilan shug‘ullanish 
huquqiga ega. 
Tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini professional tibbiyot 
uyushmalari va mahalliy davlat hokimiyatlari organlari, shuningdek, 
ruxsatnoma (litsenziya) bergan organ nazorat qilib boradi. G‘ayri qonuniy
ravishda tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 
shaxslar qonunga muvofiq javobgar bo‘ladilar. 
Yakunlovchi VI - bobda vrachlik etikasi va deontologiyasiga 
oid moddalar kiritilgan. Jumladan qonunning 44-moddasida «O’zbekiston 
Respublikasi shifokorining qasamyodi», 45-moddada esa shifokor siri, 46-
moddada fuqarolarning sog‘lig‘iga etkazilgan zararni qoplash, 47-
moddada esa sog‘liqni saqlash sohasida fuqarolar huquq va erkinliklarini 
kamsituvchi davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning hatti-
xarakatlari ustidan fuqarolarning shikoyat qilish huquqlari bo‘yicha tartib 
qoidalar berilgan. 
Shunday qilib, O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolar 
sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi qonuni - aholi salomatligini saqlashga 
qaratilgan chora-tadbirlarni muntazam ravishda takomillashtirib borish va 
ularni muvoffaqqiyatli hal qilishning huquqiy bazasini yaratdi.

Download 1,45 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   143




Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



B. M. Mamatkulov, X. E. Rustamova jamoada hamshiralik

Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish