23
texnikasi ishlab chiqaradigan korxonalar, asosiy faoliyati fuqarolar
sog‘lig‘ini saqlash bilan bog‘liq boshqa korxona,
muassasa va
tashkilotlar kiradi.
Ilmiy-tadqiqot institutlarining klinikalari, vazirliklar, idoralar,
davlat
korxonalari, muassasa va tashkilotlari barpo etadigan davolash-
profilaktika va dorixona muassasalari davlat sog‘liqni saqlash
tizimiga kiradi.
Davlat byudjeti hisobidan ta’minlanadigan davlat sog‘liqni
saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalari aholiga bepul
tibbiy xizmat ko‘rsatadi.
Sog‘liqni saqlashning xususiy
va boshqa xil tizimlari
jumlasiga xususiy tabobat amaliyoti yoki xususiy farmatsevtika
faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar, xususiy korxonalar,
muassasalar, tashkilotlar va
jamoat birlashmalari tomonidan,
shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan
mablag‘ bilan ta’minlanadigan davolash-profilaktika, dorixona
muassalar hamda, tabobat va farmatsevtika
mahsulotlari ishlab
chiqaradigan korxonalar kiradi.