37
muassasalariga erkinlikni ta’minlash, sog‘liqni saqlashda davlatdan
tashqari sektor va xususiy tibbiy amaliyot tizimini rivojlantirish;
6. Bepul tibbiy xizmat ko‘rsatishga ajratilgan mablag‘dan
samarali
foydalanish hisobiga sog‘liqni saqlashning moliyaviy bazasini
mukammallashtirish, aralash va xususiy moliyalashtirishning turli xil
shakllarini rivojlantirish;
7. Sohani isloh qilishning me’yoriy-huquqiy bazasini yaratish;
8. Tibbiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash
va malakasini oshirish
jarayonini takomillashtirish;
9. Jismoniy tarbiya va aholi salomatligini profilaktika qilishning har xil
shakllarini integratsiyalash;
10. Xalqaro aloqalarni kengaytirish va sohaga
chet el investitsiyalari
hamda texnologiyalarini jalb qilish;
Sog‘liqni saqlash tizimi moliyaviy bazasini mukammallashtirishni
amalga oshirish vazifasi aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni bepul (ya’ni,
xizmat ko‘rsatish uchun mablag‘lar davlat tomonidan ajratiladi), va pulli
(ya’ni, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan mablag‘lar)
turlarga ajratish yo‘li bilan amalga oshiriladi.