38
Bundan tashqari davlat quyidagi hollarda mablag‘ bilan
ta’minlaydi:
aralash moliyalashtirishga asoslangan dasturlarni
davlat tomonidan
mablag‘ bilan ta’minlashda;
davlat dasturlariga ko‘ra profilaktik, tabiatni muhofaza qilish, sanitar-
gigienik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni tashkil qilish va amalga
oishirishda;
davlat granti asosida
tibbiy kadrlarni tayyorlashda;
maqsadli milliy dasturlarga asosan fundamental va amaliy ilmiy
izlanishlarni olib borishda.
Pulli tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi yuridik
va jismoniy shaxslar
mablag‘lari hisobiga xarajatlarni qoplash bilan xususiy moliyalashtirish
yo‘li orqali va davlat byudjeti hisobiga shakllantiriladi.
Aralash moliyalashtirish ko‘zda tutilgan tibbiy muassasalarga
kattalar va bolalar ko‘p profilli kasalxonalari,
viloyat va respublika
ixtisoslashtirilgan
tibbiy
markazlari
va
klinikalari
kiradi
va
quyidagilar uchun ko‘zda tutilgan:
bepul tibbiy yordam tizimiga kirmagan ilmiy tekshirish instituti (ITI)
klinikalari, tuman, shahar va ko‘p profilli davolash-profilaktika
muassaslarida
bemorlarni
tekshirish
va
davolashda
(imtiyozli
kategoriyalardan tashqari);