40
aholiga davlat tomonidan kafolatlangan hajmdagi birlamchi tibbiy-
sanitar
yordam
ko‘rsatishni
byudjet
mablag‘lari
hisobiga
moliyalashtirish;
mulkchilik shaklidan qat’i nazar, davolash-profilaktika va dorixona
muassaslarini sertifikatlash va akkreditatsiyalash, xususiy vrachlik va
famatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalarni berish;
tibbiy xizmatlar tariflari darajasini tartibga solish, tibbiy xizmatga
bo‘lgan yagona tariflarni belgilash, shu tariflar doirasida, mulkchilik
shaklidan qat’i nazar, davolash-profilaktika muassasalari territorial va
boshqa xususiyatlarni hisobga olgan holda, mustaqil ravishda tariflarni
o‘rnatish.
respublika territoriyasida ishlatish uchun ruxsat berilgan dori
vositalari va preparatlarini standartlash va sertifikatlash.
Sog‘liqni saqlashni isloh qilish konsepsiyasi profilaktik
yo‘nalishning rivojlanishiga, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga,
sog‘lom avlodni tarbiyalashga, kasalliklarning xavf omillari hamda
sabab va oqibatning bog‘liqlik aloqalarini aniqlashga asosiy e’tiborni
qaratishni ko‘zda tutadi.
Bu vazifalar Respublika “Salomatlik” markazi negizida tashkil
qilingan Salomatlik Instituti zimmasiga yuklangan.