52
4 - bosqich - statistiktahlil, xulosalar chiqarish va ularni amaliyotga
tadbiq etish.
Birinchi bosqich - asosiy tayergarlik bosqichi hisoblanadi, chunki
tadqiqotlarni natijasi oldindan to‘g‘ri tuzilgan aniq reja va dastur asosida
olib borilishiga bog‘liq.
Ikkinchi bosqich – bunda statistik kuzatishlar yoki statistik
ma’lumot
yig‘ish
amalga
oshiriladi.
Bu
bosqich
tibbiyot
muassasalaridagi ma’lum qayd etuvchi hujjatlarni hamshira tomonidan
to‘ldirish orqali amalga oshiriladi.
Uchinchi bosqich – yig‘ilgan statistik ma’lumotlarni guruhlarga
ajratish, jadvallarga o‘tkazish, ularni jamlash va mutloq qiymatlardan
nisbiy qiymatlar keltirib chiqarishdan iborat.
To‘rtinchi bosqich – olingan kattaliklarni taqqoslash, solishtirish,
ularga baho berish va amaliyotga tadbiq qilishdan iborat. Bu bosqichda
o‘rganilayotgan hodisaga omillarning ta’sirini o‘rganish va ularni qo-
nuniyatlarini aniqlash uchun har - xil matematik usullar (korrelyatsiya,
standartizatsiya, olingan ma’lumotlar aniqligini baholash) qo‘llaniladi.
Umuman statistik tadqiqot olingan natijalarni tahlil qilish, o‘tkazilgan
tadqiqot xulosalarini amaliyotga tadbiq qilish bilan yakunlanadi.