B. M. Mamatkulov, X. E. Rustamova jamoada hamshiralik




Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/143
Sana14.08.2024
Hajmi1,45 Mb.
#269512
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   143
Bog'liq
JAMOADA-HAMSHIRALIK-ISHI

P·q 
∆ = t · √―― 
n
bu erda:
∆ - ko`rsatkichning yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan xatoligi;
P
- ko`rsatkichning qiymati (o`rganilayotgan belgi uchun):

- ko`rsatkichga teskari qiymat, u ko`rsatkichning qaysi qiymatlarda 
(birliklar, ulushlarda) berilishiga qarab 

= 1 - P; q=100 – P yoki q = 
1000 - P ga teng bo`lishi mumkin.
n
- kuzatuvlar soni;
 t
– ehtimollik kriteriyasi (ishonchlik qiymati). 
Tibbiy, biologik tadqiqotlar uchun odatda 

ni 2 ga teng deb olinadi, bu 
esa olinishi lozim bo`lgan ko`rsatkichni 95 % aniqligini ta`minlaydi.
Sanitariya - statistik tadqiqotlarda har bir kuzatilayotgan birlik 
haqida ma`lumot yig`ishning bir necha usullari bor: 1) bevosita kuzatish, 
2) hujjatlar asosida ma`lumot to`plash, 3) anamnestik (xotirlash) anketa 
- so`rov usullari.
Bevosita kuzatish usuliga - klinika va laboratoriyada olib 
borilayotgan eksperiment natijalarini qayd etish orqali ma`lumot yig`ish 
kiradi. Hujjatlar yordamida ma`lumot to`plash usulida tibbiyot, 
sanitariya - epidemiologiya muassasalarida qo`llanilayotgan har xil 
hujjatlarni o`rganish orqali ma`lumot yig`iladi.
Ayrim hollarda tadqiqotchi kartadan keng va to`la ma`lumotlar 
olish uchun o`zi sezmagan holda undagi savollarni va uning hajmini 
keragidan oshirib yuboradi. Natijada yig`ilgan ma`lumotlarning bir 
qismi materiallarni qayta ishlashda foydalanilmay qoladi, uni yig`ish 


57 
uchun esa bekorga ortiqcha vaqt va kuch sarflanadi, bundan tashqari 
materiallarni jamlash va guruhlash davrida ayrim savollar (ba`zan 
muhim) anketaga kiritilmagani va ularga kerakli javoblar olinmaganligi 
sezilib qoladi, buning uchun esa qaytadan tekshirishlar o`tkazish lozim 
bo`ladi. Shuning uchun maxsus anketa yoki karta tuzishdan oldin 
tadqiqotchi o`tkaziladigan tadqiqotning tub ma`nosini va mazmunini 
tushunib etgan bo`lishi kerak.

Download 1,45 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   143




Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



B. M. Mamatkulov, X. E. Rustamova jamoada hamshiralik

Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish