60
Tadqiqot yakunida, tadqiqot natijasida olingan va ilmiy
adabiyotlarda keltirilgan ma`lumotlarga asoslangan
holda tadqiqotning
xulosalari keltirilib chiqariladi, hodisalarning qonuniyatlari ochib
beriladi va aholi salomatligini
yanada yahshilash, sog`liqni saqlash
muassasalarining ishini muvofiqlashtirish,
hamda samarasini oshirish
borasida amaliyotga takliflar kiritiladi.
4.3.
NISBIY VA O`RTACHA MIQDORLAR
Nisbiy miqdorlar, ularni sog’liqni saqlash soxasida qollanilishi.
Mutloq sonlar o`rganilayotgan voqealarning umumiy sonini,
ularning
dinamikada o`zgarishini ko`rsatadi, ammo ko`pgina holatlarda mutloq
sonlardan foydalanib xulosa chiqarish mumkin emas. Majmua ichida
belgilarni tarqalish darajasiga tavsif berishda va turli majmualarni tahlil
davomida taqqoslash uchun nisbiy miqdorlar qo`llaniladi.
Statistik materiallarni jadvallarga jamlash
orqali mutloq sonlar
olinadi. Mutloq sonlar o`rganilayotgan voqealarning umumiy sonini,
ularning dinamikada o`zgarishini ko`rsatadi. Masalan: viloyat aholisi,
vrachlar, o`rta tibbiyot xodimlarining soni, kasalliklar uchrashi, ularning
ko`paygan yoki kamayganligini tasdiqlash
uchun mutloq sonlardan
foydalanish mumkin. Ammo ko`pgina hollarda, ayniqsa o`rganilayotgan
hodisalar va voqealarning kattaligini, o`zgarishini, sifatiy xususiyatlari
va ayrim qonuniyatlarini vaqt va muhit oralig`ida (ayrim kollektivlarda)
bir - biri bilan solishtirish va taqqoslashda mutloq sonlardan foydalanib
xulosa chiqarish mumkin emas, ushbu holatda
mutloq sonlardan nisbiy
qiymatlar keltirib chiqarish lozim.