• O`rtacha miqdorlar, ularning o`rganilayotgan hodisaga baho berishdagi ahamiyati.
  • Yaqqollik ko`rsatkichlari




    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet40/143
    Sana14.08.2024
    Hajmi1,45 Mb.
    #269512
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   143
    Bog'liq
    JAMOADA-HAMSHIRALIK-ISHI

    Yaqqollik ko`rsatkichlari
    – har xil territoriyada yoki muddatdagi 
    bir jinsli ko`rsatkichlarni bir–biriga nisbatini ko`rsatadi. Bunda 
    ko`rsatkichlardan biri 100 deb qabul qilinadi, qolganlari esa, shu 
    ko`rsatgichga nisbatan hissoblanadi. Bir-biriga taqqoslanayotgan 


    63 
    qiymatlar mutloq sonlardan, nisbiy, o`rtacha qiymatlarda berilgan 
    bo`lishi mumkin (jadval 4.4). Masalan:
     
    «B»-tumandagi bolalarning 
    zotiljam kasalligi bilan kasallanish dinamikasi aniqlash kerak.
     
    157,0 - 100 
    145, 0 - X X=92,0 va hokazo. 
    Yaqqollik ko`rsatkichi o`rganilayotgan jarayonning dinamikada 
    o`zgarishini, yo`nalishini, ko`paygan yoki kamayganligini mutloq
    sonlarda, nisbiy yoki o`rtacha qiymatlarda solishtirish, taqqoslash qiyin 
    bo`lganda qo`llaniladi.
     
    jadval 4.4 
    «B»-tumandagi bolalarning zotiljam kasalligi bilan kasallanish dinamikasi 
     
    Yillar 
    Kasallanish 1000 ta bolaga. 
    Yaqqollik ko`rsatgichi 
    2011 
    2012 
    2013 
    2014 
    2015 
    157,0 
    145,0 
    140,0 
    130,0 
    136,0 
    100 
    92 
    89 
    83 
    87 
    O`rtacha miqdorlar, ularning o`rganilayotgan hodisaga baho 
    berishdagi ahamiyati. 
    Statistikada o`rtacha qiymatlar katta ahamiyatga 
    ega. Ular yordamida kuzatilayotgan voqeaga umumlashtirilgan holda 
    bitta son bilan baho beriladi. Aholini jismoniy rivojlanishiga, sog`lom va 
    kasal organizmda kechayotgan har - xil jarayonlarga, ayrim kasalliklarni 
    muqim shifoxonalarda davolanish muddatini aniqlashda, dori –
    darmonlarni samaradorligiga va boshqa ko`pgina masalalarga baho 
    berishda o`rtacha miqdordan foydalaniladi. O`rtacha qiymatlarni olish 
    uchun variotsion qator tuziladi. Voqealar va hodisalar o`z kattaliklariga 
    qarab o`sib yoki kamayib borish tartibida joylashtirilgan va ularning 
    takrorlanish sonlari bilan birgalikda tuzilgan qatorlarga variatsion qator 
    deyiladi.
    Variatsion qator varianta (V) va ularning takrorlanishini 
    ko`rsatuvchi (P) sonlardan tashkil topadi. Varianta (V) - o`rganilayotgan 
    belgini sonlarda ifodalangan kattaliklaridir. Chastota yoki takrorlanish 
    darajasi (P) – har bir variantani necha marta uchraganligini ko`rsatadi. 
    Variatsion qatorga misol qilib bemorlarning davolanish muddati va 
    bemorlar soni olingan (jadval 4.5).

    Download 1,45 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   143




    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish