61
Ijtimoiy - gigienik tadqiqotlarda muhit
sifatida odatda aholi yoki
uning ayrim guruhlari olinadi (yosh, jins, kasb va boshqalar bo`yicha).
Hodisa deb, shu muhitdan kelib chiqqan voqea, jarayon tushuniladi.
Masalan: aholi (muhit) orasidagi tug`ilish va o`lim hollari (hodisa) va
hokazo. Asos qilib odatda 100, 1000, 10000 va hokazo sonlar olinadi.
Agar intensiv ko`rsatgich 100 ga hisoblansa, olingan kattalik %
(foizlarda), 1000 ga xissoblansa - ‰ ( promilli), 10000 ga hisoblansa –
‰0 (prodetsimilli), 100000 ga hisoblansa – ‰00 (prosantimillilarda)
ifodalanadi.
Vaqtincha mehnat qobiliyatini yo`qotganligi haqidagi ko`rsatkich
100
ta ishchiga, muqim shifoxonalarda o`lgan bemorlar o`lim
ko`rsatgichi – 100 ta shifoxonada davolangan bemorlar soniga, umumiy
kasallanish, umumiy o`lim, tug`ilish kabi ko`rsatkichlar 1000 aholiga
hisoblanadi.
Intensiv ko`rsatgichlar aholini sanitariya holatiga baho berishda
keng qo`llaniladi. Aholi sanitariya holatini ko`rsatuvchi
intensiv
ko`rsatgichlarga tug`ilish, o`lim, kasallanish, shikastlanish,
nogironlik
kabi ko`rsatgichlar misol bo`la oladi. Masalan: «N» tumanida yashovchi
50000 aholidan bir yilda 350 tasi o`ldi deylik:
Intensiv ko`rsatkich =
50000
1000
350
= 7 ‰
Demak, «N» tumanida har 1000 odamdan bir yilda etti kishi
o`lmoqda (bu esa aholining o`lim ko`rsatkichi 7
0
/
00
ekanligini ko`rsatadi).
Intensiv ko`rsatgichlar o`z navbatida umumiy va xususiy intensiv
ko`rsatgichlarga bo`linadi. Umumiy intensiv ko`rsatgichlarga barcha
aholining soniga (tuman, viloyat, shahar) hisoblanuvchi tug`ilish, o`lim,
kasallanish kabi ko`rsatgichlar misol bo`ladi.
Xususiy intensiv
ko`rsatgichlar yuqoridagi hodisalarning ma`lum olingan guruhlar
orasida taraqalganligini ko`rsatish uchun ishlatiladi (aholining yoshi,
jinsi, ish staji bo`yicha kasallanish ko`rsatkichlari).
Intensiv ko`rsatkichlar u yoki bu hodisaning kattaligini,
tarqalganligini bir necha majmualar orasida taqqoslash (masalan:
turli
tumanlar, shaharlar, viloyatlar, mamlakatlar orasidagi tug`ilish
ko`rsatkichlarini, yoki turli xil yoshdagi aholi orasidagi o`lim
ko`rsatkichini solishtirish) uchun qo`llaniladi. Intensiv ko`rsatkichlar
o`rganilayotgan majmualarda hodisalarni
tarqalish darajasini, ulardagi
o`zgarishlar dinamikasini (vaqt oralig`ida) kuzatish uchun qo`llaniladi.