• Uchinchi bosqich - yig`ilgan materiallarni guruhlarga ajratish, jamlash va hisoblash.
  • B. M. Mamatkulov, X. E. Rustamova jamoada hamshiralik




    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet36/143
    Sana14.08.2024
    Hajmi1,45 Mb.
    #269512
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   143
    Bog'liq
    JAMOADA-HAMSHIRALIK-ISHI

    Ikkinchi bosqich
     
    - ma`lumot yig`ish va kuzatish
    .
    Bu bosqich eng 
    muhim bosqichlardan biri hisoblanadi, chunki tadqiqot yakunida 
    chiqariladigan xulosalar, hamda tadqiqoddan kutilayotgan natijalarning 
    to`g`riligi birinchi navbatda yig`ilgan statistik ma`lumotlarning 
    to`laligiga va aniqlik darajasiga bog`liq. Shuning uchun ham, ma`lumot 
    yig`ish uchun maxsus tayyorgarlikdan o`tgan yoki shu o`rganilayotgan 
    soha bo`yicha etarli malakaga ega bo`lgan shaxslar jalb etilishi kerak. 
    Ijtimoiy - gigienik tadqiqotlarda ma`lumotlarni qayd etish uchun har - 
    xil hujjatlardan foydalaniladi:

    davlat statistikasi qo`mitasining maxsus tibbiy va statistik hujjatlari 
    (muqim 
    shifoxonada 
    yotgan 
    bemorning 
    kartasi, 
    ambulatoriya 
    bemorining kartasi, bolalarning rivojlanish tarixi, tug`ruq va o`lim 
    haqidagi guvohnoma va hokazo);

    tibbiy va statistik hujjatlardan ma`lumotlarni ko`chirib yozish uchun 
    tuzilgan maxsus kartalar;

    har bir konkret kuzatilayotgan birlik uchun tuzilgan maxsus anketa, 
    savol - javob varaqasi, kundaliklar va hokazo. 
    Material yig`ish davomida olingan ma`lumotlarning sifatini doimo 
    nazorat qilib borish, barcha materiallar yig`ib bo`lingandan so`ng ularni 
    sifat va miqdor jihatdan to`g`ri to`ldirilganligini tekshirish kerak. Ayrim 
    savollarga to`liq javob olinmagan kartalar iloji bo`lsa qaytadan 
    to`ldiriladi, bo`lmasa u tadqiqot kuzatuvidan chiqarilib yuboriladi. 
    Uchinchi bosqich - yig`ilgan materiallarni guruhlarga ajratish
    jamlash va hisoblash.
    Bu bosqich o`z navbatida ikkita kichik 
    bosqichlarga bo`linadi:
    a) ma`lumotlarni guruhlarga ajratish;
    b) jamlash va hisoblash;
    Guruhlash deganda - barcha yig`ilgan statistik materiallarni 
    ularning birlashtiruvchi (o`xshashlik) belgilari bo`yicha ayrim 
    guruhlarga ajratish tushuniladi.
    Barcha va o`rgatilayotgan hodisalarning jarayonini, qonuniyatlarini 
    chuqur tushunib etgan holda guruhlarga ajratish taqozo etiladi. 


    58 
    Guruhlash o`tkazilayotgan tadqiqotning maqsadiga bevosita bog`liq 
    bo`ladi va u o`rganilayotgan belgining farqi va soniga qarab 2 xil 
    bo`ladi:
    1.
    atributiv, tipologik guruhlash - bunda beligining sifatiy tarkibiga qarab 
    guruhlarga ajratiladi. Masalan: yashash joyiga qarab, shahar va qishloq, 
    jinsi bo`yicha erkak va ayol, ijtimoiy holati bo`yicha ishchi va xizmatchi 
    va bemorlarning tashxislariga qarab guruhlarga ajratish.
    2.
    variatsion guruhlashada esa belgining miqdoriy tarkibiga qarab 
    guruhlarga ajratiladi. Masalan: aholining Yoshiga, vazniga, bo`yiga, 
    bemorlarning muqim Shifoxonalarda davolanish muddatiga qarab 
    guruhlarga ajratiladi.
    Juda 
    ko`p 
    guruhlarga 
    ajratish, 
    olinishi 
    lozim 
    bo`lgan
    ma`lumotlarni 
    maydalanib 
    ketishiga 
    va 
    hodisalarning 
    ayrim 
    qonuniyatlarini ochilmay qolishiga olib keladi, kam sonli guruhlar esa
    o`z navbatida voqealarning xarakterli tomonlarini ochib bera olmaydi. 
    Guruhlash statistik materiallarni jamlash uchun asos bo`lib xizmat 
    qiladi. Jamlash - statistik kuzatish natijasida olingan, yakka holda 
    uchraydigan hodisalarni yig`ish, ma`lum guruhlarga ajratish demakdir. 
    Jamlash bosqichida ayrim yakka holda yozilgan belgilar yig`ilib, 
    o`rganilayotgan majmuaga miqdoriy son jihatidan tavsif beruvchi 
    jadvallarga o`tkaziladi. Ma`lumotlarni jamlash natijalari statistik 
    jadvallarda aks ettiriladi.
    Statistik jadvallar ikki xil bo`ladi: oddiy va murakkab.
    Statistik jadvallar statistik ma'lumotlarni umumlashtirish va tahlil 
    qilishda bir universal vositasi sifatida xizmat qiladi. 
    Murakkab jadvallar o`z navbatida guruhlashgan va konbinatsion 
    jadvallarga bo`linadi. Har qanday jadval uning mohiyatini ko`rsatuvchi 
    ega va eganing mohiyatini ochib beruvchi kesimdan iborat bo`ladi. 
    Odatda jadvalning egasi chap tomondagi qatorlarda, jadvalning kesimi 
    esa yuqoridagi ustunlarda joylashgan bo`ladi. Har qanday jadval ma`lum 
    nomga ega bo`lib, u jadvalda keltirilgan ma`lumotlarning qisqa va aniq
    holda tub mohiyatini ko`rsatib beradi.
    Oddiy jadvallarda (jadval 4.1) statistik material faqat bitta belgi 
    bo`yicha son jihatdan taqsimlanadi. Guruhlashgan jadvalda (jadval 4.2) 
    esa statistik material bir - biriga bog`liq bo`lgan ikki belgi bo`yicha, 
    kombinatsion jadvalda (jadval 4.3) esa bir - biriga bog`liq bo`lgan uchta 
    va undan ko`p belgilar bo`yicha taqsimlanadi. Jadvalarni maketini 
    oldindan birinchi bosqichda tayerlanadi. Jamlash va hisoblash 


    59 
    zamonaviy elektron hisoblash mashinalari yordamida statistik - 
    matematik usullardan foydalangan holda o`tkaziladi. 
    yadval 4.1 
    QVPga yil davomida murujaat qilganlar soni 
    murujaat qilganlar 
    Shu jumladan 
    ayollar 
    erkaklar 
    yadval 4.2 
    QVPga yil davomida murujaat qilganlar soni 
    murujaat qilganlar 
    yoshi (yillarda) 
    shu jumladan 
    ayollar 
    erkaklar 
    20 yoshgacha 
    20-29 
    30-39 
    40-49 
    50 va undan yuqori 
    jami 
    yadval 4.3 
    QVPga yil davomida murujaat qilganlar soni 
    murujaat qilganlar 
    yoshi (yillarda) 
    shu jumladan 
    profilaktik ravishda 
    kasallik tufayli 
    ayollar 
    erkaklar 
    ayollar 
    erkaklar 
    20 yoshgacha 
    20-29 
    30-39 
    40-49 
    50 va undan yuqori 
    jami 

    Download 1,45 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   143




    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    B. M. Mamatkulov, X. E. Rustamova jamoada hamshiralik

    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish