3.6
O’ZBEKISTON
RESPUBLIKASIDA
ONALIK
VA
BOLALIKNI MUXOFAZA KILISHGA QARATILGAN CHORA-
TADBIRLAR VA HAMSHIRALAR ROLI
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65 - moddasida
«Onalik va bolalik davlat tomonidan mohofaza qilinadi» deb belgilab
qyoilgan. Onalik va bolalikni mohofaza qilishning ijtimoiy-gigienik
ahamiyatlaridan biri shundan iboratki, mamlakat aholisining halq
ho’jaligida ishlovchilarning yarmidan ko’pini ayollar va mamlakatimiz
aholisining 61,5%ni esa bolalar va o’smirlar tashkil etadi.
Мустақилликнинг илк кунларидан бошлаб Ўзбекистонда
оналик ва болаликни муҳофаза қилиш давлат сиёсатининг устувор
йўналишларидан этиб белгиланди. Бу масалада Ўзбекистон
қўшилган дастлабки халқаро ҳужжатлардан бири 1992 йил 9
сентябрда Парламентимиз томонидан ратификация қилинган «Бола
ҳуқуқлари тўғрисида»ги Конвенциядир. Ушбу ҳужжат кейинчалик
«Бола ҳуқуқлари кафолатлари тўғрисида»ги Қонуннинг қабул
қилиниши билан мустаҳкамланди. Мамлакатимизда таъсис этилган
биринчи орденнинг «Соғлом авлод учун» деб аталиши ҳам рамзий
маънога эга.
Prezidentimiz tomonidan 1998-yil Oila yili, 2000-yil Sog‘lom
avlod yili, 2001-yil Ona va bola yili, 2008-yil Yoshlar yili, 2012-yil
Mustahkam oila yili, 2014-yil Sog‘lom bola yili, deb e’lon qilingani
hamda shu munosabat bilan tegishli davlat dasturlarining bajarilgani bu
boradagi ezgu ishlarga mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini isloh qilish barcha
bosqichlarda amalga oshirilgan va quyidagilarni o‘z ichiga olgan:
1.
Aholining reproduktiv salomatligini muhofaza qilish tizimini
takomillashtirish.
2.
Ona va bola skriningi.
3.
Reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish, tibbiy madaniyatni
yaxshilash borasida mutaxassislarning malakasini oshirish va uzluksiz
ta’lim tizimini hamda aholining bilim darajasini rivojlantirish.
4.
Ayollarning reproduktiv salomatligi, bola tug‘ish va tarbiyalash
sohasidagi xalqaro aloqalarni kengaytirish.
5.
Bolalik va tug‘ruqqa ko‘maklashuvchi muassasalarning moddiy-
texnika bazasini mustahkamlash.
6.
Respublika gematologik xizmatini rivojlantirish.
7.
Fertil yoshdagi ayollarni sog‘lomlashtirish:
Tug‘ruqlar orasidagi optimal masofani saqlash;
Tug‘ish yoshidagi ayollarni dispanserizatsiya qilish;
47
Kontratseptiv vositalaridan foydalanishni kengaytirish;
Yoshlar va o‘smirlar o’rtasida reproduktivlik qoidalarni targ‘ibot
qilish;
20 yoshgacha va 30 yoshdan keyingi homiladorlikni oldini olish.
Buning samarasida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan
“Sog‘lom ona – sog‘lom bola” konsepsiyasi xalqaro miqyosda ham keng
e’tirof etilmoqda. Ushbu konsepsiyaning izchil amalga oshirilayotgani
tufayli keyingi besh yilda mamlakatimizda har 100 ming chaqaloqqa
nisbatan onalar o‘limi 23,1 dan 19 taga, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar
o‘limi 14,8 tadan 13,9 taga, chaqaloqlar o‘limi 11 tadan 10,7 taga
kamaydi. Ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha O‘zbekiston Birlashgan
Millatlar Tashkilotining Mingyillik rivojlanish maqsadlariga to‘liq
erishdi.
Davlatimiz tomonidan tibbiyot muassasalari, xususan, perinatal va
skrining markazlarining moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini
yanada mustahkamlash, oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik
punktlarining xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish, patronaj
tibbiyot hamshiralarini ko‘paytirish, akusher-ginekologlar va pediatrlar
malakasini oshirishga ham alohida e’tibor qaratiladi.
Onalik va bolalikni muxofaza qilish borasida olib borilayotgan
ishlarni yanada kuchaytirish uchun davlatimiz tomonidan qator farmon
va qarorlar qabul qilingan.
Ushbu qarorlarning maqsadi:
- aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash
- sog‘lom bola tug‘ilishi va uni tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlar
yaratish
- jismoniy va ma’naviy barkamol yosh avlodni voyaga etkazish
Dasturlarning yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
-
aholining
reproduktiv
salomatligini
mustahkamlash
tizimini
takomillashtirish, sog‘lom bola tug‘ilishi uchun zarur shart-sharoitlarni
yaratish;
- tug‘ruqqa yordam ko‘rsatish, onalik va bolalikni muhofaza qilish
muassasalari hamda onalar va bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatuvchi
sog‘liqni saqlash birlamchi bo‘g‘ini muassasalarining moddiy-texnika
bazasini yanada mustahkamlash;
- aholi o’rtasida sog‘lom bolalar tug‘ilishi va ularni tarbiyalash,
yoshlarda sog‘lom va ahil oila qurishga, sog‘lom turmush tarzini olib
borishga intilishni shakllantirish bo‘yicha tushuntirish ishlarini
kuchaytirish;
48
- bolalar va o‘smirlarni jismoniy jihatdan bekamu ko‘st hamda uyg‘un
kamol toptirish, jismonan baquvvat va ma’nan barkamol yosh avlodni
shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash;
- onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan
tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish, onalar va bolalarga
ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash.
Onalar va bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamning sifatini
ta’minlash maqsadida JSST, UNICEF, UNFPA va boshqa xalqaro
tashkilotlar bilan quyidagi dasturlar yo‘lga qo‘yilmoqda
:
Samarali
perinatal yordam va parvarish;
Yangi tug‘ilganlar reanimatsiyasi;
Xavfsiz onalik;
Ko‘krak bilan emizish;
Tug‘ruq muassasalarida onadan bolaga OIV infeksiyasi o‘tishining
profilaktikasi;
Birlamchi zveno va statsionarda bolalar kasalliklarini bog‘liqligini
ta’minlash;
Sog‘lom va kasal yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarish qilish asoslari;
Davolash-profilaktika muassasalarida kritik holatlarni va onalar o‘limini
konfidensial tarzda tekshirish;
Ona va bola sog‘lig‘ini muhofaza qilish masalalari bo‘yicha aholini
axborot bilan ta’minlashni oshirish;
Bachadon bo‘yni havfli o‘smasi profilaktikasi.
Onalar va bolalarga yuqori texnologiyali malakali tibbiy yordam
ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, chaqaloqlik davridan 18 yoshga
to‘lguniga qadar bolalarga kardiojarrohlik, neyrojarrohlik, urologiya,
nefrologiya, onkologiya va boshqa ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam
ko‘rsatish sifatini yaxshilash, bolalar o‘limi va nogironligini kamaytirish
uchun zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlangan bolalar ko‘p
tarmoqli tibbiyot markazlari barpo etilmoqda va bir nechta davolash-
profilaktik, davolash-tashxis qo‘yish muassasalar, ayollar salomatlik
markazini qurish va jihozlash rejalashtirilmoqda.
Ta’kidlash joizki, muntazam ravishda bolalar va homilador
ayollarga tibbiy yordam ko‘rsatish muassasalari, jumladan, Respublika
perinatal
markazi,
viloyat
perinatal
markazlari,
Respublika
ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot
markazi filiallari, 13 viloyat bolalar ko‘p tarmoqli markazlari, shahar va
tuman davolash-profilaktika muassasalari, shuningdek, ularning bolalar
va homilador ayollarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘limlari moddiy-
49
texnik bazasi kuchaytirilib kelmoqda. Respublika bolalar ijtimoiy
moslashuvi markazi faoliyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari
amalga oshirish uchun 2016-2018-yillarda markazning qo‘shimcha 11
hududiy filiali, Alohida ehtiyojli bolalarning ijtimoiy moslashuvini
qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
Homilador ayollar va chaqaloqlarni perinatal va neonatal
skriningdan o‘tkazish orqali ularda tug‘ma hamda irsiy kasalliklarni erta
aniqlash, homilador ayollarni birlamchi sog‘liqni saqlash tizimi
bo‘g‘inida ommaviy perinatal ultratovushli skriningdan o‘tkazish, 13
skrining markazini ko‘p funksiyali zamonaviy raqamli ultratovush tizimi
bilan jihozlash Davlat dasturida belgilangan muhim vazifalar sirasiga
kiradi. Bularning barchasi bolalarning tug‘ma va irsiy kasalliklar bilan
tug‘ilishining oldini olish, bolalar nogironligi va o‘limini kamaytirish
imkonini beradi.
“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturida turmush qurayotgan
yoshlarning nikohdan oldin to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlash
uchun tibbiyot xodimlari, ayniqsa hamshiralar, mas’uliyatini yanada
kuchaytirish, shu asosda tug‘ma va irsiy kasalliklar sonini kamaytirish,
poliklinikalarni zamonaviy tashxis qo‘yish uskunalari bilan jihozlash,
ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yuksaltirish, aholi o‘rtasida
mustahkam oila qurish va sog‘lom farzand tug‘ilishi uchun nikohdan
oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tishning muhimligini tushuntirish maqsadida
keng ko‘lamli targ‘ibot ishlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish, sanitariya va
gigiyena, homilador ayollar sog‘lig‘ini saqlash va psixofiziologik
ahvolini yaxshilash, yosh onalar va bolalarni tegishli tarzda
parvarishlashni kuchaytirish, ularning ovqatlanish ratsioni sifati va
kaloriyasini boyitish chora-tadbirlari ham amalga oshiriladi.
To‘g‘ri ovqatlanish va diyetologiya sohasida yagona ilmiy hamda
amaliy siyosatni zamonaviy xalqaro standartlarga muvofiq yanada
takomillashtirish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi huzurida
Respublika
diyetologiya
ilmiy-amaliy
markazini
tashkil
etish
rejalashtirilmoqda.
Jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish, yoshlar, ayniqsa,
qishloq joylarda qizlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb
etish, yangi sport obyektlari qurish va mavjudlarining moddiy-texnik
bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport uskuna va anjomlari
bilan jihozlash, yuqori malakali murabbiylar bilan ta’minlash “Sog‘lom
ona va bola yili” Davlat dasturida belgilangan muhim vazifalardir.
50
Inson salomatligini muhofazalashda malakali shifokorlar bilan bir
qatorda
mahoratli
hamshiralarning
ham
alohida
o‘rni
bor. Hamshiralarimiz aholi o‘rtasida tibbiy profilaktika tadbirlarini,
bolalar, o‘smirlar, reproduktiv yoshdagi ayollar ko‘rigini tashkil etish,
onalik va bolalikni muhofazalashga oid tushuntirish ishlarida ham faol
ishtirok etmoqda. Bunday tadbirlar orqali hamshiralar aholining tibbiy
madaniyati tobora o‘sirish, ularni o‘z salomatligiga e’tibori kuchayishiga
katta yordam beradi.
|