Birinchi bosqich - tadqiqot rejasini va dasturini tuzish.
Bu bosqich
tadqiqotni olib borish uchun tayergarlik bosqichi hisoblanib u kuzatuv
dasturini, rejasini, kuzatuvdan olingan ma`lumotlarni qayd etuvchi
hujjatni tuzishni o`z ichiga oladi va kuzatuvning turi, tadqiqot usuli,
kerakli kuzatuvlar sonini aniqlaydi.
Kuzatuv dasturini tuzishda, birinchi navbatda kuzatuv maqsadi va shu
maqsadga erishish uchun bajarilishi lozim bo`lgan vazifalar belgilab
olinadi.
Masalan: Maqsad – “aholi orasidagi kasallanishlarni o`rganish” deb
yoritilganda u mavhum bo`lib qoladi. Buning uchun esa qaysi tur
kasalliklari, aholining qaysi guruhida o`rganilishi va oxirgi bosqichda
olinadigan natijalarga qarab amaliyotga tavsiyalar berilishi qisqa, aniq
va ravshan qilib yoritilgan bo`lishi shart.
Ko`zda tutilgan maqsad - mavzu faqat tadqiqotchigagina
tushunarli bo`lib qolmasdan, balki u boshqa mutaxassis va lavozimda
ishlaydigan shaxslarga ham tushunarli bo`lishi kerak.
Masalan: Tumandagi bir yoshli bolalar o`limining asosiy sabablari
va uni kamaytirish yo`llari.
53
Odatda har qanday maqsadga to`la erishish uchun sanitariya -
statistik va ijtimoiy - gigienik tadqiqotlarda quyidagi vazifalar o`z
aksini topgan bo`lishi kerak:
1.
O`rganilaetgan statistik majmuada, olingan kuzatuv birligini
tarqalganligi, uning natijalari.
2.
Olingan voqea yoki hodisaning ma`lum mintaqalar va davr orasida
o`zgarishlari.
3.
Voqea yoki hodisaga umumlashtirilgan tavsil berish va uni bir necha
statistik majmualar orasida taqqoslash (nisbiy va o`rtacha qiymatlar
orqali).
4.
Olingan statistik qiymatlarni aniqligini baholash.
5.
Natijaviy belgiga (kasallanish, o`lim ko`rsatkichlariga) ijtimoiy -
gigienik, ijtimoiy – iqtisodiy, tabiiy, ekologik omillarni ta`sirini
o`rganish.
6.
Omillar orasidagi o`zaro bog`liqlikni aniqlash.
7.
Natijaviy belgilar orasidagi o`zaro aloqadorlikni aniqlash.
8.
O`tkazilgan tadiqiqot yakuniga asosan amaliyotga kerakli takliflar va
tavsiyalar berish.
Uncha katta bo`lmagan satistik tadqiqotlarda vazifalar odatda 4 - 6
tadan oshmasligi kerak.
Tadqiqotchi ma`lum bir maqsad va vazifalarni oldiga qo`yishdan oldin
shu haqdagi tegishli adabiyotlar bilan to`la tanishgan bo`lishi kerak.
Statistik kuzatuvning rejasi deganda:
1 – kuzatuv olib boriladigan ob`ektni; 2 – kuzatuv birligini; 3 –
kuzatuv olib boriladigan muddatni; 4 – kuzatuv o`tkaziladigan joy; 5 -
kuzatuvni kimlar olib borishi; 6 - kimning rahbarligida olib borilishi; 7 -
tadqiqotni o`tkazish uchun sarf bo`ladigan moddiy mablag` miqdorini
aniqlash tushuniladi;
Kuzatuv olib boriladigan ob`ekt deganda, bevosita statistik
ma`lumot yig`iladigan muhit tushuniladi. Bu shahar yoki tuman aholisi,
viloyat muqim shifoxonalarida davolangan bemorlar soni, institut
talabalari, mintaqa yoki hududda yashovchi aholi, zavod, fabrikalarning
faoliyati va boshqalar tushuniladi.
Kuzatuv birligi – statistik tadqiqot olib borilayotgan muhitning
asosiy tarkibiy qismi bo`lib, u qayd etilish lozim bo`lgan belgilarni o`z
ichiga oladi. Ko`p hollarda kuzatuv birligi sanoq birligi deb ham ataladi.
Kuzatuv birligi ko`zda tutilgan maqsadga qarab bemor, o`lgan shaxs,
sog`lom inson, oila va boshqalar bo`lishi mumkin. Kuzatuv
birliklarining soni statistik majmuaning hajmini (n) belgilaydi.
54
Statistik majmua deb - ma`lum vaqt ichida, ma`lum chegarada
olingan mazmunan bir xil, shaklan har - xil elementlardan tashkil topgan
guruhlarga aytiladi.
Statistik majmua 2 xil bo`ladi: 1.General majmua; 2.Tanlab
olingan majmua.
General majmua deb - barcha kuzatish birligini o`z ichiga olgan
majmuaga aytiladi. General majmua tushunchasi nisbiy bo`lib, u
kuzatishni maqsadiga qarab, bir vaqtning o`zida general yoki tanlab
olingan majmua deb qaralishi mumkin. Masalan: "N" viloyatidagi "A"
tumanda yashovchi bolalar soni shu tuman uchun general majmuani,
viloyat bolalari uchun esa tanlab olingan majmuani tashkil etadi.
General majmuani ko`pincha cheksizlikka intilayotgan majmua deb
qaraladi. Masalan: OITS kasalligini tarqalganligini bilish uchun er
yuzida OITS bilan kasallangan barcha bemorlarni o`rgana olsak, u holda
general majmuaga erishgan bo`lar edik. General majmuada statistik
tadqiqotlar olib borish uchun uning ba`zi belgilariga (vaqtga,
territoriyaga) qarab cheklab o`rganiladi
Tanlab olingan majmua general majmuani bir qismi bo`lib u
maxsus yo`llar orqali tanlab olinadi. Tanlab olingan majmuani eng
muhim tomonlaridan biri uning reprezentativligi, ya`ni u general
majmuaning vakili hisoblanib, undagi hamma asosiy belgilarni o`zida
namoyon qila olishi kerak.
Ikki xil xususiyatlarni o`zida namoyon qilgan bir qism majmua
general majmuaga nisbatan reprezentativ hisoblanadi:
1.
Belgilari jihatidan general majmuaga nihoyatda o`xshash bo`lishi
kerak.
2.
Kuzatuvlar soni etarli bo`lishi kerak (general majmuadan 10% va
undan yuqori).
Statistik majmua o`zida bir necha xil: o`xshashlik va farqli, sifat
va son, omil va natija belgilarni namoyon qiladi. Masalan: “N” tumanida
2013 yilda 1 yoshgacha bolalar o`limini sabablari o`rganilayotgan
bo`lsin. Bunda bir yoshgacha o`lgan bolalar statistik majmuani tashkil
etadi. Ularning asosiy belgilariga quyidagilar kiradi: o`xshashlik belgisi
- barchasi “N” tumanda tug`ilgan, 2013 yilda o`lgan, bir yoshli;
farqli belgilar: o`g`il bola, qiz bola, onasining yoshi, homiladorlik va
tug`ishlar soni;
sifat, yani so’z bilan ifodalanadigan belgilar: jinsi, tashxis, onasining
kasbi, uy sharoiti, ovqatlanish xarakteri;
55
son, yani son bilan ifodalanadigan belgilar: bolaning yoshi, onasining
yoshi, homiladorlik va tug`ishlar soni, bolaning vazni;
omil belgilari: bolaning jinsi, yoshi, onasining yoshi, kasbi, bolaning
tug`ilgandagi vazni, uy sharoiti, ovqatlanish xarakteri;
natija belgi: o`lim.
Tadqiqotni tashkil etishni birinchi bosqichida asosiy o`rinni
statistik majmuani to`g`ri tashkil etish egallaydi. Statistik tadqiqotlar
ular o`tkaziladigan vaqtga, statistik majmuani hajmiga va kuzatish
usuliga qarab ma`lum klassifikatsiyaga bo`linadi. Statistik tadqiqotlar
kuzatish o`tkazilgan vaqtga qarab 2 ga bo`linadi: lahzada va joriy
kuzatish.
Lahzada kuzatish usulidan o`rganilayotgan hodisalar tez o`zgarish
xususiyatiga ega bo`lmagan paytda foydalaniladi. Bu usulda voqealar
va hodisalarni aniq olingan bir vaqtdagi kattaliklar o`rganiladi. Masalan:
aholini ro`yxatga olish, muqim shifoxonadagi o`rinlarni, tibbiyot
muassasalaridagi xodimlarni ro`yxatdan o`tkazish, aholini profilaktik
ko`rikdan o`tkazish, jismoniy rivojlanishni o`rganish kabi tadbirlar
kiradi. Bir vaqtda o`tkaziladigan kuzatishlardan olingan ma`lumotlar
ularni bir - biriga taqqoslab, chuqur o`rganish uchun boy materiallar
beradi.
Joriy kuzatish usuli – sog`liqni saqlash sistemasida asosiy
usullardan biri hisoblanib, har xil intensiv kattalikka ega bo`lgan
voqealarni o`rganishda qo`llaniladi. Joriy kuzatish usuli deb - voqealarni
paydo bo`lishiga qarab ularni doimiy ravishda qayd etishga aytiladi
(tug`ilish, o`lim, kasalliklar, vaqtincha ish qobiliyatini yo`qotganlik
haqidagi hodisalarni qayd etish shular jumlasiga kiradi).
Bir qism tanlab olingan majmuani hosil qilishning bir necha xil
yo`llari bor:
1.
monografik kuzatish yoki yakka kuzatish
2.
asosiy dahani kuzatish usuli
3.
tanlab olish usuli (tipologik tanlov, tasodifiy tanlov, mexanik
ravishda tanlov)
General majmuadan bir qism tanlangan majmuani xosil qilish
usullari belgilangandan so`ng tadqiqotlardan olingan natijalar aniqligini,
ishonchliligini belgilab beruvchi asosiy omillaridan biri: tanlab olingan
majmuaning tadqiqot o`tkazish uchun etarli bo`lgan sonini aniqlash
lozim.
Statistik tadqiqot o`tkazish uchun etarli bo`lgan kuzatuv birliklari
sonini hisoblash uchun, yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan xatoliklar asos
56
qilib olinadi, ya`ni tanlab olingan majmuadan kelib chiqqan natijani,
general majmuada olinishi mumkin bo`lgan natijadan farqi. Masalan:
bolalar shifoxonalarda yotgan bir yoshli bolalarning zotiljam
kasalligidan o`lim hollari o`rganilmoqda. Bolalar shifoxonalarda bir
yoshli bolalarning o`lim ko`rsatkichi (letallik) 3 % tashkil etgan bo`lsa,
bu ko`rsatkichning aniqligini bilish uchun uning yo`l qo`yilishi mumkin
bo`lgan xatoligini, ya`ni ushbu ko`rsatkichning yo`l qo`yilishi mumkin
bo`lgan chegara oralig`ini kattaliklarini aniqlash lozim. Ushbu
ko`rsatkichning 1 % teng bo`lgan xatoligidagi ishonch chegarasini
aniqlaymiz. Demak, letallik ko`rsatkichi 3±1 % bo`lganda, uning
ishonchlilik chegarasi 2 % dan 4 % gacha bo`lgan oraliqni tashkil etadi.
Matematik statistikada ko`rsatkichning yo`l qo`yilishi mumkin
bo`lgan xatoligini quyidagi formula orqali aniqlanadi:
|