34
sharoitida tibbiy yordam olishga muvaffaq bo‘lardi. Birlamchi tibbiy
yordam ko‘rsatuvchi muassasalar aholining tibbiy yordamga
muhtojligini to‘liq qondira olishiga qaramasdan ulardan to‘liq
foydalanilmasdi. Sovet davrida aholi salomatligini
saqlash siyosatining
asosiy maqsadi aholining barcha qatlamlarini tibbiy yordamga teng
huquqliligini ta’minlashdan iborat bo‘lgan. Sog‘liqni saqlash tizimining
xizmatlaridan foydalanishda aholi uchun mablag‘ chegaralanmagan
miqdorda ajratilgan. Mamlakatda davlat sog‘liqni saqlash tizimi tashkil
etilgan bo‘lib, barcha aholiga tibbiy xizmatlar davlat sog‘liqni saqlash
muassasalari tomonidan bepul ko‘rsatilar edi.
Hozir biz yashab turganimiz yangi XXI–asr XX-asrning so‘ngi o‘n
yilliklari singari, insonlarda faollik bilan mustaqil faoliyat olib borish,
qarorlar
qabul qilish, o‘zgarib turadigan xayot sharoitlariga chaqqonlik
bilan moslashib olish xislatlari bo‘lishini tobora ko‘prok talab qilmokda.
Shu munosabat bilan Sog‘liqni saqlash tizimining sifati va
samaradorligini oshirish maqsadida yangi islohatlar olib borilishiga
to‘g‘ri keldi. Bu tibbiy xizmatlarning sifati va samaradorligi
jamiyatimizning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi
bilan chambarchas
bog‘liqdir. Respublikamizda yuz berayotgan o‘zgarishlar sog‘liqni
saqlash tizimiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Fuqarolar salomatligini
saqlash masalasida adolatni ta’minlash va sog‘liqni saqlash doirasida
tibbiy xizmat ko‘rsatishning samaradorligini oshirish uchun ma’lum bir
qayta tashkillashtirish zarurati yuzaga keldi.
O’zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish va sog‘liqni
saqlashning milliy modelini ishlab chiqish o‘z navbatida faqatgina
ijtimoiy-iqtisodiy omillarni o‘rganibgina qolmasdan,
balki demografik
jarayonlarni o‘rganishni ham talab etmoqda. Sog‘liqni saqlashning
asosiy vazifalarini ajratib olish va jamoa salomatligini o‘rganish muhim
ahamiyatga egadir.
O’zbekiston Respublikasi “Fuqorolar sog‘lig‘ini saqlash qonuni”ga
asosan aholini malakali tibbiy xizmat bilan ta’minlash va ijtimoiy
himoyalash, shuningdek tibbiy xizmat sifatini oshirish uchun tashkiliy-
iqtisodiy va huquqiy sharoitlarni yaratish maqsadida konstitutsion
huquqlarni ta’minlash, sog‘lom avlodni tarbiyalash, mamlakatda amalga
oshirilayotgan qayta tashkillashtirish davlat
dasturiga mos holatda
amalga oshirilmokda. Sog‘liqni saqlashni davlat tomonidan
moliyalashtirishda
tejab
qolingan
moliyaviy
vositalari
tibbiy
xizmatchilar mehnatini rag‘batlash, sog‘liqni saqlash tizimining moddiy
texnika ba’zasini mustahkamlashga ishlatiladi. Sog‘liqni saqlashni
35
tizimining birlamchi zvenolarini qayta tashkillashtirishda (shaxar,
maxalla) QVPlarni tashkil qilish, tez tibbiy yordam tizimini qayta tashkil
qilish va mukammallashtirish, UASH tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish
ko‘zda tutilgan.
1991 yilda Sog‘liqni Saqlash Vazirligi tomonidan O’zbekistonning
o‘ziga xos spetsifik, demografik, tarixiy,
manaviy va boshqa shart-
sharoitlarni hisobga olgan holda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish
konsepsiyasi ishlab chiqilgan va 1992 yilda tasdiqlangan.