Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti byudjeti. JSSTning muntazam
520 mln.dollarga ega byudjeti, JSST a’zo – mamlakatlar vznoslaridan
tashkil topgan. Oxirgi yillarda tashkilotning byudjetining yarmini
Evropa regioniga a’zo – mamlakatlar vznoslari tashkil qilgan. AQSH esa
byudjetga 15-17 % ulush qo‘shadi. Bu vznoslarning ko‘pchilik qismini
rivojlanayotgan dunyoning asosini tashkil qiluvchi, regionlarga
taqsimlanadi, faqat umumiy byudjetning taxminan 6%ini Evropa
regional byurosiga, shu regionda chora – tadbirlar o‘tkazish uchun
beriladi.
Bundan tashqari, JSST faoliyatini, 1960 yil tashkil qilingan,
sog‘liqni mustahkamlash ixtiyoriy jamg‘armasi ham moliyalashtiradi.
Bu jamg‘arma ixtiyoriy hayr - ehson va JSST a’zo – mamlakatlarning
ixtiyoriy vznoslaridan yig‘iladi. Yildan yilga byudjetdan tashqari
ajatiladigan pul mablag‘ oshib bormoqda va muntazam byudjet
miqdoriga etmoqda.
Butun jaxon sogliqni saqlash tashkilotining boshqa halqaro tashkilotlar bilan hamkorligi. JSST quyidagi Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT)ga a’zo mamlakat
muassasalari bilan hamkorlik qiladi:
BMTning iqtisodiy va ijtimoiy kengashi, JSST bu kengash bilan
doimo kerakli ma’lumotlar va hujjatlar almashib turadi; JSST BMTga
o‘z faoliyati haqida ma’ruzalar jo‘natib turadi; BMT texnik yordamni
kengaytirish buyicha JSSTga har yili pul mablag‘lar ajratadi;
Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha tashkilot (FAO),
uning vazifasiga qishloq joylarida sog‘liqni saqlash va ovqatlanish
muammolarini hal qilish kiradi;
Atom energiyasi bo‘yicha halqaro tashkilot (MAGATE) - tibbiyotda
atom energiyasidan foydalanish va nurlanishdan himoyalanish
masalalarini yechadi;
Ta’lim, ilm-fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkilot
(YUNESKO) - ilmiy tadqiqot ishlarini, ilmiy ma’lumot, aholini
gigienik tarbiyalash masalalarini yechadi;
Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) - onali va bolalakni himoyalash
bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish, bolalar ovqatlanishini yaxshilash bilan
shug‘ullanadi, yuqumli kasalliklarga qarshi kurash bo‘yicha masalalarni
hal qiladi.
JSST ko‘pchilik (120ga yaqin) xukumatga qarashli bo‘lmagan halqaro
tashkilotlar, shu jumladan, Qizil Xoch jamiyati, halqaro reabilitatsiya
jamiyati, Jahon tibbiyot assotsiatsiyasi, halqaro tibbiyot ilmiy
16
tashkilotlar kengashi, ko‘rlarga yordam ko’rsatish jahon federatsiyasi,
SEV va b.q.