• Vaqtincha boshqa ishga o‘tganda kasallik varaqasining berilishi
  • Karantin vaqtida kasallik varaqasining berilishi
  • Sanatoriya - kurort (ambulotoriya - kurort) davolanishga




    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet105/143
    Sana14.08.2024
    Hajmi1,45 Mb.
    #269512
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   143
    Bog'liq
    JAMOADA-HAMSHIRALIK-ISHI

    Sanatoriya - kurort (ambulotoriya - kurort) davolanishga
    boruvchilarga yo‘llanma qanday mablag‘lar hisobiga olinganidan qat’iy 
    nazar, kasallik varaqasi jo‘nab ketishdan avval VKK tomonidan 
    davolanish uchun bemorning asosiy va qo‘shimcha ta’til kunlarining 
    etmagan qismiga (bunda davolanish uchun va yo‘lga ketgan kunlar) 
    qo‘shib hisoblanadi. 
    Agar asosiy va qo‘shimcha ta’tillar jo‘nab ketgunga qadar 
    tugagan bo‘lsa, ishchiga rahbariyat tomonidan oylik maoshi 


    163 
    saqlanmagan holdagi asosiy va qo‘shimcha ta’tillarga teng bo‘lgan 
    ta’til taklif etiladi. 
    Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlari, sobiq 
    baynalminal - jangchilarga, CHernobil avariyasining oqibatlarini 
    bartaraf etishda ishtirok etganlarga hamda 16 yoshgacha bo‘lgan 
    nogiron bolani kuzatib boruvchi ota-onalardan biriga sanatoriya - 
    kurortda davolanishda kasallik varaqasi barcha davolanish kunlariga 
    yo‘lga ketgan muddatni hisobga olib va navbatdagi va qo‘shimcha 
    ta’tillarni hisobga olmagan holda beriladi.
    Vaqtincha boshqa ishga o‘tganda kasallik varaqasining berilishi
    Sil kasalligi yoki kasb kasalligiga chalinganlar salomatlik holatiga 
    va davolanishiga ziyon etmagan holda boshqa ishni bajara olsalar, 
    vaqtincha boshqa ishga o‘tganda kasallik varaqasi ikki kalendar 
    oyigacha beriladi. Kasallik varaqasi VKK tomonidan beriladi, agar 
    VKK bo‘lmasa -davolovchi vrach va bosh vrach bilan hamkorlikda 
    kasallik varaqasi beriladi. 
    Karantin vaqtida kasallik varaqasining berilishi
    Bakteriya tashuvchilik oqibatida ishdan chetlatilgan shaxslarga 
    ish joyidan yoki turar joyidan umumiy qoidalarga asoslanib 
    davolanish muddatiga kasallik varaqasi beriladi. 
    Yukumli kasallikka chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lish 
    oqibatida ishdan chetlatilgan shaxslarga kasallik varaqasi davolovchi 
    vrach yoki sanitariya - epidemiologiya nazorati organlari tomonidan 
    belgilangan muddatga beriladi. 
    Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda xududiy sog‘liqni saqlash 
    boshqaruv organlarining qaroriga binoan karantin vaqtida kasallik 
    varaqasi epidemiolog yoki sanitariya vrachi tomonidan berilishi 
    mumkin. 

    Download 1,45 Mb.
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   143




    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sanatoriya - kurort (ambulotoriya - kurort) davolanishga

    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish