• VMEKning asosiy vazifalari
  •  Turg‘un mehnatga yaroqsizlik ekspertizasi




    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet108/143
    Sana14.08.2024
    Hajmi1,45 Mb.
    #269512
    1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   143
    Bog'liq
    JAMOADA-HAMSHIRALIK-ISHI

     
    10.6 Turg‘un mehnatga yaroqsizlik ekspertizasi
    Doimiy mehnatga yaroqsizlikning vrachlik mehnat ekspertiza-
    komissiyasi (VMEK) aniqlaydi. Bu hay’atlar 2 xil bo‘ladi. 
    1.
    Birlamchi tuman va tumanlararo; 
    2.
    Oliy xay’at - shahar, viloyat, respublika. 
    Birlamchi hay’at 5 kishidan iborat bo‘lib, ularga terapevt, xirurg, 
    nevrolopatolog, ijtimoiy ta’minot organlarining vakili, kasaba uyushma 
    organinig vakili kiradi.


    168 
    Nogironlik - bu uzoq vaqt yoki doimiy mehnatga yaroqsizlik 
    qobiliyatini yo‘kotishdir. Bu vaziyat uzoq vaqt mobaynida kasal bo‘lib 
    yoki jarohat olib, organizm faoliyatini buzilishiga olib kelgan 
    hollarda bo‘ladi. Nogironlikni aniqlashda ekspertiza komissiyasi 
    kasalanish va nogironlikni o‘rniga qarab kuyidagi turlarga bo‘linadi: 
    -
    umumiy profilga doir komissiya; 
    -
    ixtisoslashtirilgan komissiya (sil, ruhiy, ko‘z va ba’zi qon-
    tomir kasalliklarida tashkil qilinadi); 
    -
    aralash komissiya turi - komissiya nazorat qiladigan yashash joyiga 
    ko‘ra; 
    -
    birlamchi (tuman, tumanlararo, shahar); 
    -
    yuqori (o‘lka, viloyat, markaziy yirik shaharlardagi va
    respublika toifasidagi); 
    Birlamchi komissiyalar katta yoshdagi 120-130 ming aholisiga 
    hisoblangan holda tashkil qilinadi. Tarkibi besh kishidan iborat 
    komissiya a’zolari 3 ta vrach hamda ijtimoiy ta’minot va kasaba 
    uyushma organi vakillari kiradi, shulardan biri komissiya raisi 
    lavozimida bo‘ladi. Bu umumiy profildagi komissiya turkumi. 
    Ixtisoslashtirilgan komissiyada 2 ta vrach-ekspert bo‘lib, yana
    1ta umumiy profildagi vrach bo‘ladi. Bulardan biri rais bo‘lib 
    saylanadi.
    VMEKning asosiy vazifalari: 
    1.
    Ish qobiliyati holatini aniklash, uzok vaqt yoki turg‘un; 
    2.
    Nogironlik gruppasini va ularning sabablarini aniklash;
    3.
    Nogironlarni sog‘ligiga mos ravishda ish bilan ta’minlash,
    ularni komissiya xulosasi binoan mos ish bilan ta’minlanganligini 
    nazorat qilish;
    4.
    Aholini salomatligini saqlash, mustahkamlash, nogironlikning oldini 
    olish tadbirlarida ishtirok etish;
    5.
    Sog‘liqni saqlash organlari, korxona ma’muriyati, kasaba qo‘mitasi 
    bilan birgalikda ish qobiliyatini yo‘qotish sabablarini o‘rganish
    va ish qobiliyatini tiklash hamda nogironlikning oldini
    olish chora tadbirlarini ishlab chiqishda ishtirok etish. 

    Download 1,45 Mb.
    1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   143




    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Turg‘un mehnatga yaroqsizlik ekspertizasi

    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish