164
ketgan muddatni hisobga olgan holda statsionarda bo‘lgan barcha
muddatiga uzaytiriladi.
Kasallik varaqasi yoki ma’lumotnomalar blankalarining
taqsimlash, hisobga olish va saqlash tartibi
Belgilangan shakldagi kasallik varaqasi yoki ma’lumotnoma
qat’iy xisobot beriluvchi hujjat xisoblanadi. Kasallik varaqasi va
ma’lumotnoma blankasining shakli Sog‘liqni
saqlash vazirligi
tomonidan Ijtimoiy ta’minot vazirligi qoshidagi nafaqa fondi bilan
kelishilgan holda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Kasallik varaqalari
yoki ma’lumotnomalar blankalarini tayyorlash uchun to‘lovni Sog‘liqni
saqlash Vazirligi buyurtmalari tushganda nafaqa fondi amalga
oshiradi. Blankalarni taqsimlash, hisobga olish,
saqlash ishlarini
tashkil etish bo‘yicha javobgarlikni va hisobot topshirishni sog‘liqni
saqlash vazirining muovini, sog‘liqni saqlashning hududiy organlari
rahbarlarining muovinlari, vazirliklar va ma’muriyatlar DPMlari, tibbiy
xizmatlari raxbarlari olib boradilar. Sog‘liqni saqlash muassasasi
mehnatga
layoqatsizlik
varaqalari
yoki ma’lumotnomalarning
blankalarini taqdim etilgan xisobot-buyurtmaga asosan har kvartalda
o‘zidan yuqorida turgan sog‘liqni saqlash
xizmatini boshqarish
organidan oladi. Kasallik varaqalarini yoki mulkchilikning boshqa
shakllaridagi DPM ma’lumotnomalarini berish tartibi O‘zbekiston
Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Blankalarni hisobga olish va saqlash qat’iy hisobot beriluvchi
blankalarni xisobga olish va saqlash talablariga asosan olib boriladi.
DPM blankalarini borligini, kelishini va saralanishining aniq
miqdoriy hisobini maxsus kitobda olib borishlari kerak. Blankalarni
hisobga olish kitobi tikilgan bo‘lib, varaqlari nomerlangan bo‘lishi
kerak, oxirgi varaqada muassasaning
nomi va varaqalariing soni
ko‘rsatiladi va javobgar shaxsning imzosi, DPM muhri bilan
tasdiqlanadi. Blankalarni jo‘natish baholi pochta posilkasi sifatida
amalga oshiriladi, jo‘natilgan blankalarning xarajat qog‘ozlari
(nakladnoy) esa topshirganlik haqidagi
xabarnoma bilan alohida
buyurtma xati sifatida jo‘natiladi. Vrachlar (feldsherlar) kasallik
varaqalari yoki ma’lumotnomalarni jo‘natganlari to‘g‘risida javobgar
165
shaxsga avvaldan olingan blankalarining kareshoklarini topshirish
yuli bilan hisobot topshiradilar. Hisobot uchun olingan blankalarning
saqlanishi
uchun
vrachlar
(feldsherlar)
shaxsiy
javobgar
xisoblanadilar. Belgilangan shakldagi berilgan
kasallik varaqalari
yoki ma’lumotnomalarini xisobga olish " Kasallik varaqalarini ro‘yxatga
olish kitobi" da aks ettirilib ,bunda ma’lumotnomalar aloxida kitobda
hisobga olinadi.
Blankalarning koreshoklari, bekor kilingan va buzilgan blankalar
davolash muassasada 2
yil davomida saqlanadi, sungra raxbarning
buyrug‘i asosida yoqib tashlanadi. Io‘qotilganlik xaqidagi
dalolatnoma 10 yil davomida saqlanadi.
Sog‘liqni saqlash muassasalari blankalarning o‘g‘irlanishi yoki
yo‘qolishi haqidagi barcha holatlar bo‘yicha , ularning seriya va
nomerlarini ko‘rsatgan holda o‘zidan yuqorida turgan organga,
Ijtimoiy ta’minot
vazirligiga, Nafaqa fondiga, Nafaqa fondining
hududiy bo‘limiga xabar berishlari shart.