166
nazorat olib boradi.
3.
Bemorlarning shikoyatlarini ko‘rib chiqadi, zarurat
bo‘lganda ixtisoslashtirilgan davolash-tashhis markazlariga
konsultatsiya va davolash uchun yuboradi.
4.
Bemorlarni salomatlik holati
buyicha engil va mehnat
sharoitiga ega bo‘lgan boshqa ishga o‘tkazishning zarurligi
haqida xulosa berib, bunda bemorning malakasini hisobga olib
taklif etilayotgan ishning tavsifi aniqlanadi.
5.
Sanitariya
-
epidemiologiya
xizmati
organlarining
ko‘rsatmasiga
asosan
karantin
vaqtida
va
bakteriya
tashuvchilikda boshqa ishga o‘tkazishning zarurligi haqida
xulosa yoki kasallik varaqasini beradi.
6.
Markaziy tuman kasalxonalari (MTK), markaziy shahar
kasalxonalari yoki poliklinikalari,
uyushmalar, viloyat
kasalxonalari poliklinikalari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika kasalxonasi)
VKKlari tegishli ravishda markaziy tuman (shahar), viloyat
VKKlari (Qoraqalpog‘iston uchun Respublika VKKsi)
hisoblanadilar. Toshkent vrachlar malakasini oshirish
instituti VME kafedrasidagi VKK markaziy respublika VKKsi
hisoblanadi. Markaziy VKK faoliyatiga etakchi mutaxassislar
jalb qilinadi.
7.
Talabalar va o‘quvchilarga salomatlik holati bo‘yicha akademik
ta’tilga chiqish, imtixonlardan, mashg‘ulotlardan,
qishloq
xo‘jalik ishlaridan ozod qilish yoki boshqa fakultetga
o‘tishning zarurliga haqida xulosa beradi.
8.
Amaldagi yo‘riqnomaga asosan sanatoriya-kurortda
davolanishda, kasb kasalligi yoki sil kasalligi tufayli vaqtincha
boshqa ishga o‘tkazilganda, konsultatsiyaga va boshqa shaharga
davolanish uchun hamda protez - ortopedik statsionarga
yuborilganda, shu jumladan, 1-guruh nogironi, 16
yoshgacha
bo‘lgan nogiron bolalarni kuzatib borganda va boshqa holatlarda
kasallik varaqalarini berish masalalarini hal etadi. Qonunchilikka
asoslangan holda bemorlarning alohida guruhlariga yoki alohida
167
yashash maydoniga muhtoj bo‘lganda xulosa beradi.
9. Mehnatga layoqatsizlikning paydo bo‘lish kunidan 3 kalendar
oyida kechikmay, kasallik varaqasidagi muddatdan qat’iy nazar
mehnat qobiliyatini doimiy yoki uzoq muddatga yo‘qotish
belgilari
bo‘lganda bemorlarni VMEKga yuborish masalasini hal qiladi.
10. Ish bilan bog‘liq bo‘lgan shikastlanishlar va kasb kasalligi tufayli
yo‘qotilgan mehnatga layoqatliligining foizi aniqlash, hamda
nogironlarga nogironlik muddati tugashi yoki salomatlik holatini
yomonlashuvi sababli muddatidan oldin qayta xulosa berish
uchun bemorlarni va nogironlarni TMEKga yuboradi.
11. Zarur bo‘lgan hollarda VKK bemorlarni dastlab VMEKda
konsultatsiya qiladi. Turg‘un mehnatga
layoqatsizlikning belgilari
bo‘lganda, VMEKga tibbiy hujjatlarni o‘tkazishni tashkil etadi,
ularni to‘ldirishning to‘g‘ri ekanligini nazorat qiladi, imkoniyat
bo‘lganda VMEK majlislarida ishtirok etadi, zarur holatlarda
mutaxassislar bilan xamkorlikda VMEK qarorlarining bajarilishini
nazorat qilishni ta’minlaydi.
12. Bemorga xulosa berish ma’lumotlari va VKK qarorlari
bemorning ambulator kartasi,
kasallik tarixi, ""VKK xulosalarini
qayd etish jurnali"ga yozilib, VKK raisi, a’zolari va kotib
tomonidan imzo qo‘yiladi.
13.Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bilan bog‘liq kasallanishning va
nogironlikning odini olish, kamaytirish,
bemorlar va nogironlarni
reabilitatsiya qilish sohasidagi faoliyatini VKK VMEK bilan va
boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan bevosita muloqatda o‘tkazadi.