• Qishloq vrachlik punkti umumiy amaliyot shifokorining asosiy vazifalari
  • umumiy  amaliyot shifokori




    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet115/143
    Sana14.08.2024
    Hajmi1,45 Mb.
    #269512
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   143
    Bog'liq
    JAMOADA-HAMSHIRALIK-ISHI

    umumiy 
    amaliyot shifokori
    hisoblanadi. Umumiy amaliyot shifokori patsientlarni QVPda 
    va uyda qabul qiladi, tez va shoshilinch tibbiy yordam ko`rsatadi, kompleks 
    profilaktik, immunologik, sanitariya va epidemiyaga qarshi, diagnostika – davolash 
    reabilitatsiyaga oid tadbirlar o`tkazadi, UASh malakaviy tasnifidan kelib chiqqan 
    holda oilaning tibbiy – ijtimoiy muammolarini hal etishga yordam beradi. QVP 
    tibbiyot hamshiralari bilan hamkorlikda biriktirilgan aholi salomatligini
    reproduktiv yoshdagi aholi salomatligini muhofazalash, bolalar, onalar orasida 
    kasalliklar va o`limni kamaytirish maqsadida chora – tadbirlar o`tkazadi. 
    Qishloq vrachlik punkti umumiy amaliyot shifokorining asosiy 
    vazifalari: 


    177 

    Biriktirilgan aholiga tez – tez uchraydigan kasalliklarni davolash va ularning 
    proilaktikasi bo`yicha tibbiy xizmat ko`rsatadi; 

    Og`ir kechuvchi kasalliklar va atipik kechuvchi kasalliklar paydo bo`lganda 
    patsientlarni tegishli ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga, o`z vaqtida 
    mutaxasislar konsul`tatsiyalariga yuborish; 

    Mavjud tibbiyt vositalari va tegishli standartlarga mos ravishda tez va 
    shoshilinch tibbiy yordam ko`rsatish; 

    Kompleks sanitariya va epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkil etish va o`tkazish, 
    profilaktik emlashlar, biriktirilgan hudud maydoni va uy xo`jaliklarining umumiy 
    sanitariya holatini nazorat qilish, yuqumli kasalliklar o`chog`ida epidemiyaga 
    qarshi tadbirlar o`tkazish, aholini xavfli epidemiologik vaziyat to`g`risida 
    ogohlantirish; 

    Aholini sanitariya – gigienik tarbiyalash, sog`lom turmush tarzini targ`ib etish, 
    ratsional ovqatlanish, zararli odatlarga qarshi kurash, o`sib kelayotgan avlodni 
    sog`lomlashtirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, istalmagan 
    homiladorlikning oldini olish, oilani oqilona rejalash bo`yicha chora – tadbirlar 
    tashkil etish va o`tkazish; 

    Ayollarni homiladorlik davrida va tug`ruqdan keyin kuzatish, ko`krak suti bilan 
    ovqatlanishni targ`ib etish; 

    Ijtimoiy soha xodimlari bilan hamkorlikda yolg`izlar, qariyalar, nogironlar, 
    surunkali xastalikka chalingan bemorlarga tibbiy – ijtimoiy yordam ko`rsatish, 
    patronaj tashkil etish. 

    Dekretlashtirilgan aholini (bolalar, o`smirlar, tug`ruq yoshidagi ayollar
    surunkali kasalllar) umumiy dispanserizatsiyadan o`tkazish.

    Kasalliklarni barvaqt aniqlash maqsadida profilaktik va maqsadli tibbiy 
    ko`riklarni o`tkazish; 

    Ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarga (sil, venerik kasalliklar, xavfli o`smalar, 
    qandli diabet, OITS/OIV, giyohvandlik) qarshi davolash – profilaktik tadbirlarni 
    o`tkazish; 

    Bemorlarga VKK va VMEK yo`llanmalar berish orqali vaqtinchalik mehnatga 
    layoqatsizlikni ekspertiza qilish; 

    Yuqumli kasalliklar, zaharlanishlar va favqulodda vaziyatlar yuz berganda 
    DSENM va TTBga o`z vaqtida xabar berish; 

    Tibbiyotning qayd va hisobot hujjatlarini sifatli va o`z vaqtida to`ldirish; 

    QVP mudiriga, o`ziga biriktirilgan hududda o`tkazilgan ishlar haqida vaqti – 
    vaqti bilan hisobotlar berish; 

    tibbiyot va ijtimoiy yordam masalalari bo`yicha o`tkazilayotgan anjumanlarda 
    ishtirok etish, doimo o`zining kasbiy bilim va malakasini oshirib borish. 
     


    178 
    UASh har 5 yilda bir marta malakaviy toifasini tasdiqlash uchun 
    attestatsiyadan o`tadi.

    Download 1,45 Mb.
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   143




    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish