186
Sog`liqni saqlash boshqarmalaridan beriladigan orderlar asosida, VKTTM lariga
esa tuman tibbiyot birlashmalari tomonidan beriladigan orderlar asosida yuboriladi.
Orderlar o`rnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi va birinchi navbatda imtiyozli
shaxslar uchun ajratiladi.
Viloyat ko`p tarmoqli tibbiyot markazida quyidagi imtiyozli toifadagi
bemorlar bepul davolanish xuquqiga ega:
3.
I va II guruh nogironlari.
4.
Bolalikdan nogironlar.
5.
1941-1945 yillar urush nogironlari va qatnashchilari.
6.
1941-1945 yillar mehnat fronti qatnashchilari.
7.
Yoshga oid ishlamaydigan pensionerlar.
8.
Etimlar.
9.
Chernobil` AES halokatini bartaraf etishda qatnashgan nogironlar.
10.
Baynalminal jangchilar.
11.
Fuqarolar o`z-o`zini boshqarish organlaridan moddiy yordam oluvchi kam
ta`minlangan oila a`zolari.
12.
Ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan kasalliklarga chalingan bemorlar.
13.
15-17 yoshdagi o`smirlarni, hamda chaqiruv komissiyalarining yo`llanmalari
bilan chaqiriq yoshidagi (18-27 yosh) shaxslarni tekshiruvdan o`tkazish va
davolash.