B. M. Mamatkulov, X. E. Rustamova jamoada hamshiralik




Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/143
Sana14.08.2024
Hajmi1,45 Mb.
#269512
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   143
Bog'liq
JAMOADA-HAMSHIRALIK-ISHI

 
Shahar kasalxonasi
— aholiga yuqori malakali ixtisoslashgan 
statsionar (poliklinika) yordamini ko‘rsatishga mo‘ljallangan tibbiyot 
muassasasidir. 
Shahar kasalxonasi (statsionar) quyidagi tarkibiy qismlarga ega bo‘ladi. 
1. Qabul bo‘limi. 


188 
2.Profillashgan bo‘limlar (terapiya, jarroxlik, nevrologiya, kardiologiya, 
pulmonologiya va h.k.). 
3.Yordamchi 
diognostika-davolash 
bo‘limlari (rentgen xonasi, 
laboratoriya, fiziterapiya, funktsional diognostika xonasi, dorixona 
va xokazo).
4.Ma’muriy xo‘jalik bo‘limi (rahbariyat, oshxona, hisobxona, statistika 
xonasi, devonxona). 
5. Patologik anatomiya bo‘limi. 
 
Kasalxonaning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: 

bemorlarga yuqori malakali ixtisoslshgan yordamni ko‘rsatish; 

statsionar va poliklinika orasidagi izchillikni ta’minlash; 

amaliyotga zamonaviy davolash-dignostika usullarini joriy etish; 

ish faoliyatini tashkiliy shakl va usullarini takomillashtirish; 

profilaktik tadbirlar o‘tkazishda keng ko‘lamda ishtirok etish; 

aholini dispanserizatsiya qilishda ishtirok etish; 
— aholi, bemorlar orasida sanitariya-maorif ishlarini olib boradi va 
sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish; 
— aholining kasallanish va o‘lim sabablarini chuqur tahlil etadi va ularni 
kamaytirish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqish; 
— aholiga ko‘rsatilayotgan davolash-profilaktika yordamining sifati 
va samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish. 
Davolash 

diagnostika, 
salomatlikni tiklash, profilaktik 
tadbirlarni o‘tkazishdan tashqari, kasalxona tibbiyot xodimlarining 
malakasini oshirish bilan ham shyg‘ullanadi. 
Agar shifoxona talabalarni o‘qitish uchun baza hisoblansa, u klinika 
hisoblanadi. 
 
Hozirgi davrda zamonaviy kasalxonaning asosiy vazifasini 
(funktsiyasini) Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 4 guruhga 
ajratadi: 
— salomatlikni tiklash (diagnostika, kasalliklarni davolash, 
salomatlikni qayta tiklash va shoshilinch tibbiy yordam); 

ko‘proq poliklinikalar bilan birlashgan shifoxonalarga tegishli 
bo‘lgan, profilaktik foaliyat (davolash-sog‘lomlashtirish faoliyati, 
yuqumli va surunkali kasalliklar profilaktikasi, nogironlikni oldini olish 
va h.k.) olib borish; 

o‘quv tarbiya (tibbiyot xodimlarini tayyorlash, malakasini oshirish) 
ishlarini tashkil etish; 

ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish. 


189 
Kasalxonalarni ko‘rishda quyidagi asosiy printsiplarga amal qilish 
kerak: 
— aholining ayrim guruhlarni (bolalar, ayollarning tug‘ruqqa 
bo‘lgan yordami, etakchi sanoat korxonalar), hamda ayrim
kategoriyali (ruhiy, onkologik, sil kasaligiga chalingan va h.k.)
bemorlarni to‘liq darajada va ustuvor tarzda shifoxonaga bo‘lgan 
ehtiyojini qondirish; 
— statsionar, kasalxonadan tashqari tibbiy yordamni rejali
va proportsional rivojlantirish;

har bir hududning, tuman, shahar va viloyatning o‘ziga xos 
xususiyatidan kelib chiqqan holda kasalxonalarni rivojlantirishga 
yondoshishi. 
Shahar kasalxonasi ish faoliyatiga baho beruvchi ko’rsatkichlarga 
quydagailar kiradi. 
1. 
Kasalxonada yil davomida band bo’lgan oʼrinlarning hisoblash 
ko’rsatkichi. 
2. 
Bemorlarni kasalxonada o’rtacha bo’lish muddatini aniqlash 
ko’rsatkichi. 
3.
Kasalxonada oʼrin almashinuvi ko’rsatkichini hisoblash. 
4.
Letallik ko’rsatkichi. 
5. 
Klinik va patologo-anatamik tashxislarni farqini aniqlash 
ko’rsatkichi. 

Download 1,45 Mb.
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   143




Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



B. M. Mamatkulov, X. E. Rustamova jamoada hamshiralik

Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish