193
tadqiqotlardagi
xulosalar
statsionar
bemorining
kartasidagi
ma’lumotlarga asoslanadi.
—
Karta yuridik ahamiyatga ega - sud–tibbiyot ekspertizasi taqozo
etilganda ushbu karta vrachni ayblash yoki himoya qilish uchun bosh
hujjat bo‘lib xizmat qiladi.
Shuning
uchun
ham
statsionar
bemorining
kartasidagi
ma’lumotlarni jamlagan holda aniq va lo‘nda qilib bayon etish lozim.
Bemor statsionardan chiqarilayotganda “Statsionar bemorining kartasi”
bilan bo‘lim mudiri, davolash ishlari bo‘yicha bosh vrach o‘rinbosari
yoki bosh vrach tanishib chiqqandan so‘ng, uni saqlash uchun
muassasaning tibbiyot arxiviga yuboriladi. Bemor statsionardan
chiqarilayotganda vrach ordinator – kasallikning kechishi, bemorning
statsionardan chiqayotgandagi holatini epikriz – xulosa sifatida yozib,
bo‘lim mudirining imzosi bilan bemorga topshiradi. Shu bilan birga har
– har bir statsionardan chiqayotgan bemor uchun – “Statsionardan
chiqayotgan bemor kartasi” to‘ldirilib – tibbiyot statistikasi xonasiga
tahlil uchun topshiriladi.