195
12 Yuqoridan kelgan xatlar va ularning bajarilishi
13 Assosiatsiya hujjatlari
14 Yangi kelgan hamshiralar bilan suhbat jurnali
15 Yangiliklar borasida
tuzilgan rejalar
16 Shikoyatlar bilan olib borilgan muzokaralar jurnali
17 Hamshiralik ishiga taalluqli bo‘lgan hujjatlar
18 Ilmiy amaliy konferensiyalar ma’ruzalari
19 Kichik hamshiralar bilan ishlash rejasi
20 DSENM tekshiruvi natijalari
21 SHikoyat va taklif jurnali
22 Katta hamshiralar to‘g‘risida ma’lumot
23 Hamshiralarni toifasi to‘g‘risida ma’lumot
24 Katta hamshiralar ta’tilga chiqish jadvali
25 SSV buyruq va me’yoriy hujatlari
196
XIII bob. AKUSHERLIK - GINEKOLOGIK KOMPLEKSNING
ISH MAZMUNI
Akusher-ginekologik kompleks ishini to‘g‘ri
tashkil etish
homilador va tuqqan ayollarga malakali tibbiy yordam koʼrsatishning
uzviy bog‘liqligini ta’minlash, onalar va perinatal davri o‘limi, to‘g‘ruk
asoratlarini oldini olish hamda ularni kamaytirish, chakaloqlarni
hayotining birinchi soatlaridanoq ona sutidan baxramand qilish, tuqqan
ayollar salomatligini to‘liq reabilitatsiya qilish imkoniyatini yaratadi.
Shu sababli sog‘liqni saqlashni zamonaviy talablari asosida to‘g‘ruqqa
yordam beruvchi tibbiy muassasalar ishinining mazmunini to‘liq
tushuntirish ularni bu sohadagi amaliy ko‘nikmalari
va nazariy
bilimlarini mustaxkamlash hamda bo‘lg‘usi kasbga tayyorlashda muhim
ahamiyat kasb etadi. Maqsad-oliy malakali hamshiralarga O‘zbekiston
Respublikasida sog‘liqni saqlashni rivojlantirishning yangi konsepsiyasi
asosida tug‘ish yoshidagi, homilador hamda tuqqan ayollarga
ambulatoriya va statsionar turidagi akusherlik va ginekologiya tibbiy
yordamini
koʼrsatish
samaradorligini
ta’minlashda
ayollar
maslahatxonasi hamda to‘g‘riqxona kompleksi ishini zamonaviy uslubda
tashkil etish prinsiplarini o’rgatishdir.
Homilador va tuqqan ayollarga ambulatoriya hamda statsionar
turidagi tibbiy yordamni oʼz vaqtida va malakali koʼrsatishni
faqat
onalar salomatligini saqlabgina qolmasdan, balki sog‘lom farzandlarni
dunyoga kelishini ham ta’minlaydi.
Ayollar reproduktiv faoliyatining uzoq davom etishi, oilalar
sanitariya madaniyatini koʼngildagidek
emasligi, qizlarning erta
turmushga chiqishi va ketma-ket farzand koʼrishi, yoshlikdan
salomatligi zaif bo‘lgan qizlar sonining hali ham kamaymayotganligi,
yuqoridagi noxush holatlarni davom etishiga asos boʼlmoqda.
Bundan tashqari, mamlaktning ijtimoiy taraqqiyoti, turmush madaniyati,
sanitariya – epidemiologik holati, davolash –
profilaktika, sanitariya –
gigienik va epidemiyaga qarshi tadbirlarning samaradorligi, onalar va
bolalar, ayniqsa, bir yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi kattaliklari bilan
belgilanadi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, tug‘ish yoshida bo‘lgan ayollarning
deyarli 65-70% da, homilador ayollarning 75-80%
da turli xil
ekstragenital kasalliklar mavjud bo‘lib, bu kasalliklar homiladorlik va
tug‘ruq jarayonini asoratli oʼtishiga va bu oʼz navbatida to‘g‘ilayotgan
197
goʼdaklarning turli kasalliklar bilan dunyoga kelishiga, ayollarning
tug‘ruq asoratlari oqibatida nogironligiga olib kelmoqda.
Onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimida davolash-profilaktika
yordami bosqichma-bosqich amalga oshirilishi bilan farqlanadi.