Birinchi bosqich – ayollarga homiladorlikgacha bo‘lgan davrda
tibbiy yordam koʼrsatish, ularni onalikka tayyorlash. Bunda yoshlarni
jinsiy masalalar bo‘yicha tarbiyalash, yosh oilalarni nikoh gigienasi va
abortlar profilaktikasi bo‘yicha tibbiy bilimlarini oshirishda ayollar
konsultatsiyasi, oila va nikoh konsultatsiyasining roli katta.
Ikkinchi bosqich – ya’ni homilani antenatal davrdagi sogligʼini
muhofaza qilishda esa ayollar konsultatsiyasi, akusherlik statsionarlari,
bemor homiladorlar uchun tashkil etilgan ixtisoslashgan terapiya
bo‘limlari, sanatoriyalarning faoliyati muhim o‘rinni egallaydi.
Uchinchi bosqich — homilaning tug‘ruq davridagi muhofazasi, bu
davrda tug‘ruqni oqilona qabul qilish asosiy ahamiyat kasb etadi. Bu
davrda maxsus tibbiy yordam, tug‘ruqxona komplekslari hamda keng
tarmoqli shifoxonalar tomonidan koʼrsatiladi.
Turtinchi bosqich — chaqaloqlar salomatligini saqlash:
chakaloqni to‘g‘ri parvarishlash, koʼkrak suti bilan boqish, fiziologik
jixatdan
rivojlanishi
ustidan
nazorat
oʼrnatish,
chakaloqlarga
tug‘ruqxona komplekslarida, bolalar shifoxonalarida davolash-
profilaktika yordamini koʼrsatish.
Beshinchi bosqich — maktabgacha bo‘lgan davrda bolalar
salomatligini saqlash. Bu davrda tibbiyot muassasalarining asosiy
vazifalaridan biri - bolalarning to‘g‘ri tarbiyalanishi, ovqatlanishi,
jismoniy rivolanishi, immunobiologik holati ustidan nazorat oʼrnatish.
Oltinchi bosqich - maktab yoshidagi bolalarning to‘g‘ri
tarbiyalanishi, ovqatlanishi, jismoniy rivojlanishi ustidan nazorat
oʼrnatib, oʼsib kelayotgan bola organizmning funktsional holatiga baho
berib boriladi, ma’lum o’zgarishlar aniqlanganda ularni tuzatish
bo‘yicha tegishli tavsiyalar beriladi.
Yuqorida keltirilgan tadbirlarni bosqichma-bosqich uzviy tarzda
olib borish mamlakatimizda onalik va bolalikni muxofazalashning bir
butun tizimini tashkil etadi. Onalik va bolalikni muhofaza qilish ikki
muhim bo‘limdan: akusher-ginekologik va bolalarga davolash-
profilaktika yordamini tashkil etishdan iborat.
O‘zbekistonda akusherlik-ginekologik yordamni tashkil etishni
takomillashtirish, dispanser kuzatishning ilmiy asoslangan shakl va
usullarini hamda tug‘ruqni qabul qilishni, yangi texnologiyalarini joriy
198
qilish, antenatal davrdagi yordamning sifatini oshirish va oilada
sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini hosil qilish maqsadida «Homilani
antenatal davrda muhofazalash ayollar konsultatsiyasi ishini tashkil
qilish to‘g‘risida» 2001 yil 19-martdagi Sog‘liqni Saqlash vazirligining
100-sonli buyrugʼi chiqdi.