B. M. Mamatkulov, X. E. Rustamova jamoada hamshiralik




Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/143
Sana14.08.2024
Hajmi1,45 Mb.
#269512
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   143
Bog'liq
JAMOADA-HAMSHIRALIK-ISHI

Katta hamshira
bo‘lim mudirining eng yaqin yordamchisi hisoblanadi. 
U bo‘limdagi tartib - qoidalarga rioya qilishga va uni to‘g‘ri tashkil 
etilganligiga javob beradi va hamshiralar va farroshlar ishiga rahbarlik 
qiladi. Odatda katta hamshira lavozimiga tajribali, barcha muolajalarni 
mukammal biluvchi, shoshilinch yordamni o‘z vaqtida ko‘rsata oluvchi 
hamshira tayinlanadi. 
Katta hamshira bo‘limni doimiy ravishda etarli miqdordagi dori - 
darmonlar, bog‘lash materiallari, tibbiy vositalari, qattiq va yumshoq 
inventarlar bilan uzluksiz ta’minlanishiga ham javobgar shaxs 
hisoblanadi. 


212 
Hamshiralar va farroshlarning malakasidan kelib chiqqan holda 
ularning ish grafigini tuzadi. Katta hamshira bir qator ma’muriy 
funktsiyalarni ham bajaradi: boshqa bo‘limlar bilan aloqada bo‘ladi, 
vrach tavsiyasi bilan konsultatsiyaga boshqa vrachlarni chaqiradi, 
bemorlarni tekshirish va muolaja qilish tartibi ustidan nazorat olib 
boradi. 
U kunduzgi smena boshlanishidan oldin ishga keladi, bo‘limning 
ahvoli bilan tanishadi, tunda bemorlar tartibini o‘zgarganligi, bor dori-
darmonlar bilan tanishadi va bo‘lim mudiri kelgandan so‘ng unga 
bemorlarning ahvoli haqida axborot beradi hamda bo‘lim mudiri bilan 
bo‘limda ko‘ruv qiladi. 
Bo‘lim mudiri bo‘limdagi barcha ishlarni tashkilotchisi va rahbari 
hisoblanadi. Bo‘lim mudirining shtati va asosiy funktsiyasi sog‘liqni 
saqlash vazirligining tegishli hujjatlarida belgilangan. Odatda 30-60 
o‘rinli bo‘lim uchun mudir lavozimi ko‘zda tutilgan. Bo‘lim mudirining 
asosiy vazifalariga ota - onalar bilan olib boriladigan ishlar kiradi. 
Bolalar kasalxonasini birlamchi hujjatlari. 
1.Shifoxonaga kelgan bemorlarni qabul qilgan yoki rad etganligini 
hisobga olish jurnali 001/h. 
2. Kasalxonadan chiqib ketganligini statistik haritasi 066/h. 
3. Kasallik tarixi 003/h. 
4. Shifoxona, bo‘lim yoki kasalliklar tarmog‘i bo‘yicha o‘rinlar soni, 
bemorlarni kelib ketishini va o‘rinlar fondini hisobga olish 
axborotnomasi 016/h. 
5. Bemorlarni kelib ketishi va shifoxonaning o‘rin fondining hisobga 
olish varaqasi 007/h. 
6.Patologo anatomk tadqiqotlar bayoni 013/h. 

Download 1,45 Mb.
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   143




Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



B. M. Mamatkulov, X. E. Rustamova jamoada hamshiralik

Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish