220
sanitariya-epidemiologik
monitoringini
ishlab
chiqish;
tashqi
muhitdagi xavfli antropogen omillarga
hamda aholi salomatligiga
baho berish.
-
O‘zResSSV Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati Bosh
boshqarmasini tegishli axborotlar bilan taъminlash.
-
Xalq xo‘jaligi obъektlarida salomatlikka salbiy taъsir etuvchi xavfli
texnogen omillarni kamaytirish bo‘yicha sanitariya-profilaktik
hamda epidemiyaga qarshi tadbirlar ustidan nazorat o‘rnatish.
-
Aholini sanoat, avtomobil transporti, havo, temir yo‘l,
sanoat
korxonalarida yuz berishi mumkin bo‘lgan tabiiy va boshqa
ofatlardan himoya qilish bo‘yicha profilaktik va epidemiyaga qarshi
tadbirlarni tashkil etadi hamda o‘tkazadi.
-
Muntazam
ravishda
sanitariya-profilaktika
muassasalari
xodimlarining malakasini oshirish.
-
Respublika tibbiyot muassasalarini vaksina,
bakpreparatlar, diagnostikumlar, ozuqa mahsulotlari bilan taъminlash
bo‘yicha faoliyat ko‘rsatadi.
-
Respublikani virusli, bakterial preparatlarga bo‘lgan ehtiyojini
o‘rganadi va ularni markazlashgan hamda byudjet mablag‘laridan
qondirish maqsadida —
talabnomalar tuzadi, vakolatnomalarga
bo‘lgan ehtiyojni qondirish maqsadida esa tashqi va gumanitar
yordamlardan foydalanadi.
-
Respublika DSENM O‘zbekiston Respublikasiga keltirilayotgan
vaksinalar, faglar, diagnostik, virusologik va bakterial preparatlarni
ro‘yxatga oladi va sertifikatsiyalar beradi.
-
Tabiiy ofatlar, avariyalar va boshqa favqulodda
vaziyatlar tufayli
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulay epidemiologik vaziyatlarda
vaksina, fag, virusli va bakterial preparatlar kimyoviy reaktivlar
taъminlash maqsadida ularning zahiralarini yaratadi. Davlat
tomonidan taъminlanayotgan virusli va bakterial preparatlarni
sifatini
kafolatlaydi, ularni saqlashda va trasportirovka qilishda
kerakli "sovuq" harorat bo‘lishligini taъminlaydi.
-
Aholining sanitariya- epidemiologiya masalalari bo‘yicha xatlar va
shikoyatlarini ko‘rib chiqadi.
221
-
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligidan kelib chiqkan holda
boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Yuqorida keltirilganlarga qo‘shimcha ravishda Respublika
DSENM quyidagi funksiyalarni bajaradi.
Tegishli ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda
sanitariya
epidemiologiya sohasiga tegishli qonun loyihalarini, sanitariya
qoida va meъyorlarini, meъyoriy aktlarni, uslubiy qo‘llanmalar va
tavsiyalarni ishlab chiqadi
hamda amaliyotga tadbiq etadi;
Xalq xo‘jaligi obektlarining sanitariya-gigienik holatini nazorat
qilish va baholashning mezonlarini ishlab chiqadi, Davlat
buyurtmasi asosida Respublikaga olib kelinayotgan vaksina, fag,
diagnostik, virusologik va bakterial preparatlarni
sifatini aniqlash
bo‘yicha tekshirishlar olib boradi, ro‘yxatdan o‘tkazadi va sertifikat
beradi.