Akusherlik
-
ginekologik
kompleksida
akusherka
va
hamshiralar o’rni.
Ayollarni qabul qilish va davolashda vrachgacha
xona akusherkasi yordam beradi. U ayollarni vazni va qon bosimi
o‘lchaydi. konsultatsiya va analizlar topshirish uchun yo‘llanma beradi,
davolash muolajalarini bajaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 17 – may
2013-yildagi № 161– sonli buyrug‘iga asosan oliy malakali
hamshiraning vazifalari:
Tashqi jinsiy a’zolarni ko‘zdan kechirish.
Qindan surtma olish.
Chanoqning tashqi o‘lchamlarini o‘lchash.
Kontratseptivlardan foydalanish bo‘yicha maslahatlar berish.
Ayollar organizmida homiladorlik tufayli ro‘y beradigan fiziologik
o‘zgarishlar haqida va xavfli belgilar haqida 3 oyda 1 marta ma’lumot
berish.
206
Homiladorlik belgilarini va muddatini aniqlash.
Homiladorlik davri gigienasi va uning xususiyatlari.
Tuqqan ayolni shaxsiy gigienaga o‘rgatish.
Chaqaloqlarni erkin yo‘rgaklash.
Chaqaloqlarni emizishga yordam berish.
Shifokor tavsiyasiga ko‘ra muolajalarni bajarish.
XIV bob BIRLASHGAN BOLALAR KASALXONASIDA
BOLALARGA
DAVOLASH-PROFILAKTIKA
YORDAMINI
TASHKIL ETISH
Bolalar kasalxonasi - mutstaqil davolash - profilaktika muassasasi
hisoblanib, u bolalarga tug‘ilgandan to 18 yoshga to‘lgunga qadar
malakali statsionar yordamini ko‘rsatadi. Bolalar kasalxonasi tashkiliy
formasi, ko‘rsatayotgan tibbiy yordamning harakteri va hajmiga
qarab, ko‘p sohali (tarmoqli) bolalar kasalxonasi, ixtisoslashgan
bolalar kasalxonasi, bolalar klinik shifoxonasi, birlashgan bolalar
kasalxonasi
(poliklinikasi
bilan),
tuman
bolalar
kasalxonasi
(poliklinikasi bilan), viloyat ko‘p tarmoqli bolalar markazi, viloyat
(Respublika) bolalar kasalxonasining vazifasi yuklatilgan bo‘lishi
mumkin.
Ko‘p tarmoqli viloyat bolalar tibbiyot markazining strukturasi
(tuzilishi).
-
bolalar poliklinikasi yoki poliklinika bo‘limi;
-
qabul bo‘limi;
-
ixtisoslashgan bo‘limlardagi palatalar (bokslar);
-
anesteziologiya - reanimatologiya bo‘limi, intensiv davolash
(terapiya) palatasi;
-
laboratoriya bo‘limi: ekspress - laboratoriya, bioximik, klinik
laboratoriya;
-
muolaja xonasi;
-
fizioterapiya xonasi;
-
har bir bo‘limda bo‘lim mudiri va vrach - ordinator xonalari;
-
bosh hamshira xonasi va dori - darmonlar saqlash xonasi;
-
tibbiyot statistika xonasi;
-
qo‘shimcha xonalar;
-
patalogo - anatomiya bo‘limi (morg);
-
ma’muriy bino (xonalar);
Bolalar kasalxonasining asosiy vazifalari:
207
-
bolalarga davolash - profilaktika xizmatining sifati va samarasini
oshirish, bolalar kasalxonasining ish formasi va usullarini
taraqqiy ettirish, takomillashtirish;
-
joydagi sharoitni inobatga olgan holda bolalar kasalxonasidagi
ichki tartib - qoidalarga, tibbiyot etikasi va deontologiya qoidalariga
amal qilish;
-
kasalxonaga yotqizilgan bolalarning onalariga tibbiy
yordam ko‘rsatish, bemor bolani parvarish qilish bo‘yicha maslahatlar
berish;
-
ilm - fan va texnika yutuqlariga va ilg‘or tajribalarga asoslangan
holda amaliyotga profilaktika, diagnostika va davolashning
zamonaviy samara forma va usullarini tadbiq etish;
-
bolalar kasalliklarini, o‘limini kamaytirish, ularning sog‘lig‘ini
saqlashga qaratilgan profilaktik va epidemiyaga qarshi chora -
tadbirlarini tashkil etish;
-
statsionarda, uyda bolalarga malakali ixtisoslashgan tibbiy yordam
ko‘rsatish;
-
tibbiyot xodimlarining malakasi va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga
qaratilgan tadbirlar o‘tkazish; vrachlar orasida konferensiya,
seminarlar tashkil etish, vrachlar uyushmasida qatnashish,
bemor bolalarning tibbiy kartalarini taqriz qilish, referatlar tuzish,
maxsus
tibbiyot
adabiyotlari
bilan
shug‘ullanish,
tibbiyot xodimlari orasida mashg‘ulotlar tashkil etish, hamshiralar
kengashini tuzish va o‘tkazish va boshqalar;
-
narkotik moddalar, dori - darmonlarni sarflanishini qayd etish,
hisobotini olib borish.
-
bemor bolalarni ambulatoriyadan statsionarga yotqizish va
davolash ishlarini muvofiqlashtirish;
-
kasalxonada sanitariya - gigienik va epidemiyaga qarshi
rejimini joriy etish, hamda ichki infeksiyani kirib kelishi va
tarqalishining oldini olish;
-
tibbiyot xodimlarining mehnati va ish vaqtidan hamda dori - darmon
va tibbiyot apparatlaridan oqilona foydalanish;
Yuqoridagi vazifalarga mos holda bolalar kasalxonasi
quyidagilarni amalga oshiradi:
-
bemor bolalarni parvarish qilish maqsadida statsionarga yotqizilgan
onalarni kompleks klinik - laboratoriya usulida tekshirish va
davolash;
-
kasalliklarni barvaqt aniqlash, bemorlarni poliklinika va uyda
208
malakali davolash;
-
bemor onalarni tekshirish davomida bolalar kasalxonasi bilan
kattalar kasalxonasidagi uzviylikni, o‘zaro aloqani mustahkamlash;
-
statsionarda bemorlarni tibbiyot fani va texnikasi erishgan eng yangi
yutuqlarni qo‘llagan holda davolash;
-
boshqa tibbiyot va bolalar muassasalari bilan doimiy aloqada bo‘lish
(tug‘ruqxona, mehribonlik uyi, sil va jismoniy tarbiya dispanseri,
DSENM va boshqalar);
-
vrachlar va o‘rta tibbiyot xodimlarining nazariy bilimlarini va
kasbiy mahoratini oshirish;
-
sanitariya maorifi ishini olib borish (radio, televidenie,
gazetalarda chiqish, devoriy gazetalar tashkil etish);
-
kompleks davolash maqsadida parhez ovqatlanish, jismoniy
davolash va boshqa;
-
davolashning noan’anaviy hamda fizik usullarini keng ko‘lamda
qo‘llash;
-
bemor bolalar va bolani parvarish qilish uchun yotqizilgan onalar
uchun statsionarda qulay sharoit yaratish;
-
bolalar bilan pedagogik va tarbiya ishlarini olib borish, davolash-
muhofazalash rejimiga amal qilish;
-
xizmat ko‘rsatayotgan hududidan qat’iy nazar o‘tkir va
bexosdan kasallanish, shikastlanish va zaharlanish hollarida birlamchi
hamda shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatish;
-
territorial hudud prinsipi bo‘yicha bolalarga yuqori malakali
statsionar va poliklinika xizmatini tashkil etish;
-
bemor bolalarni o‘z vaqtida tegishli bo‘limlarga yotqizish va
davolash yoki lozim bo‘lganda boshqa tibbiyot mussasasiga o‘tkazish;
-
yangi samarali diagnostika va davolash hamda ilg‘or
davolash- profilaktika ish usuli va tashkiliy formalarini amaliyotga
tadbiq etish;
-
olib borilayotgan davolash - profilaktika ishlarining sifati va
samaradorligi, davolash natijalarnni qayd va tahlil etib borish;
-
bemor bolalarga sanatoriya - kurortlarda davolanish uchun
yo‘llanmalar berish;
-
bemor bolani parvarishlagani uchun kasallik varaqasini berish;
Qabulxona bo‘limi bolalarni qabul qilish uchun alohida bokslardan
tashkil topgan bo‘lishi lozim.
Har bir boksda alohida qabul uchun kerak bo‘lgan barcha tibbiyot asbob
- uskunalari etarli bo‘lishi lozim.
209
Kasalxonaga bemorlar asosan bolalar poliklinikasi yo‘llanmasi bilan
yotqiziladi. Bundan tashqari, statsionarga shoshilinch tez tibbiy yordam,
bemorning to‘g‘ridan - to‘g‘ri murojaati, boshqa statsionarning
yo‘llanmasi bilan yotqizilishi mumkin.
Qabulxonada bemorlar tekshirilib, ularga birlamchi diagnoz
qo‘yiladi va bolalar tegishli bo‘limlarga taqsimlanadi, yuqumli
kasallikka chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan bolalar
izolyasiya qilinadi. Bundan tashqari, qabulxonada shoshilinch tez tibbiy
yordam ko‘rsatiladi; sanitariya yuqumsizlantirishdan o‘tkaziladi;
bemorlarning kelib - ketishi, harakati qayd etilib boriladi va axborot -
informatsiya xizmati bajariladi. Bolalar statsionarga yuborilganda,
albatta, «Bolaning rivojlanish tarixi» (sh 112/h) yoki undan to‘liq
ko‘chirilgan yo‘llanma bo‘lishi lozim. Unda diagnoz, anamnez,
kasallikning boshlanishi, kechishi, harakteri, o‘tkazilgan laboratoriya
tadqiqotlari, davolash muolijalari, bolaning yuqumli kasal bilan
xastalangan bemor bilan muloqotda bo‘lgan - bo‘lmaganligi
ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Bokslari bo‘lmagan qabulxonada albatta
2ta bir - biridan izolyasiya qilingan xonalar bo‘lishi lozim.Qabulxonada
bolaga kasallik tarixining pasport qismi to‘ldirilib, qabulxona jurnaliga
barcha ma’lumotdar qayd etiladi. Agar qabul paytida bolada biror - bir
yuqumli kasallik aniqlanganda, vrach darhol DSENMga shoshilinch
axborotnoma beradi.
Bolalar kasalxonasida ishlatiladigan zarur tibbiy xujjatlar
ro‘yxatiga qo‘yidagilarni kiritishimiz mumkin:
1.Bolalarni rivojlanish tarixi 112/h.
2.Bolalarning tibbiy haritasi 026/h.
3. Shoshilinch xabarnoma 058/h.
4.Dispanser nazoratiga olinganlarni kontrol haritasi 030/h.
5. Profilaktika emlash hartasi 063/h.
6. Emlashni hisobga olish jurnali 064/h.
7.Yuqumli kasalliklarni hisobga olish kitobi 060/h.
8. Dispanser nazoratiga olinganlar haritasi 0131/h.
9.Oxirgi tashxislarni qayd etish statistik taloni 025-2/h.
10. Vrachlarni uyga chaqirishni yozib borish kitobi 031/h.
11.VKK xulosasini yozib borish kitobi 035/h.
12. Vrachlarni uyga chaqrishilarni hisobga olish 031/h.
13. Bolalar uchun sanatoriya – kurort haritasi – 076/h.
14. Poliklinika vrachlarining kundaligi – 039/h.
15. Muolajalarni qayd qilish kitobi- 029/h.
210
16. Mehnatga yaroqsizlik varaqasini qayd qilish kitobi – 036/h.
17. Tug‘ilganligi to‘g‘risida guvohnoma – 103 /h va boshqalar.
Bolalar kasalxonasning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri -
kasalxonada infeksiya tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora -
tadbirlar olib borishdan iborat. Bunga har bir bo‘limda bir - biridan
ajralgan alohida sektsiyalarni tashkil etish kiradi. Bir yoshgacha bolalar
uchun boks xonalari mavjud. Har bir boks bir yoki ikki o‘rinli bo‘lishi
mumkin. Bolalarga barcha muolajalar va bolani ovqatlantirish
sanitariya - gigiena qoidalariga qattiq rioya etgan holda boksda olib
boriladi. Palatalardagi havo harorati 22-24
0
C, havo namligi 60% dan
kam bo‘lmasligi kerak. Palatalar har kuni framugalar yordamida
kamida 6 marta shamollatib turiladi.
Kasalxonada ichki infeksiyani tarqalishi oldini olish sanitariya -
epidemiyaga qarshi kurash uchun bokslar diagnozlari, kasallik
boshlangan kun, yoshlari bir xil bo‘lgan bolalar bilan deyarli bir kunda
to‘ldiriladi. Bir yilda bir marta dezinfeksiya qilish, yuvish,
ta’mirlashlarini olib borish uchun bo‘limlar yopiladi.
Bo‘limning asosiy tarkibiy qismini palata yoki bokslar tashkil etadi. Har
bir boksda issiq va sovuq suv, xodimlar qo‘lini va bolani yuvintirish
uchun rakovina, bolalar vannasi, bakteriotsid lampa va markazdan
kislorod bilan ta’minlash uchun olib kelingan jo‘mrak bo‘lishi
lozim. Bundan tashqari, har bir boksda bolalar yoshiga mos holdagi
krovatlar, individual foydalanish uchun tumbochka, kuvezlar, tibbiy
tarozi, qopqoqli, oyoq bilan ochiladigan paqir bo‘ladi.
Chaqaloqlar va chala tug‘ilgan bolalar bo‘limlari boshqa bo‘limlarda
ajratilgan bo‘ladi. Ushbu bo‘lim intensiv davolash xonasi, qon
almashtirish - quyish, fizioterapiya va muolaja, onalar xonasi, ko‘krak
sutini to‘plash va qayta ishlash hamda yordamchi xonalarda tashkil
topgan bo‘ladi.
Bir yoshdan katta bo‘lgan bolalarni yotqiziladigan ixtisoslashgan
bo‘limlarga esa, ovqatlanish xonasi, bolalarni o‘ynashi va alohida
maktab mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish xonalari bo‘ladi.
Ayrim ixtisoslashgan bo‘limlar bo‘limning profilidan kelib chiqqan
holda
ko‘shimcha - yordamchi xonalar bo‘ladi. Masalan:
revmatologiya
bo‘limida
funksional
diagnostika
xonasi,
otolaringologiya bo‘limida tovush o‘tkazmaydigan audiometr xonasi,
broxoskop, jismoniy davolash xonalari, nevrologiya xonasi - elektr
uyqu bilan davolash xonasi.
211
Barcha bo‘limlarda bolalarni vrach ordinatorlar va hamshiralar
kuzatib kompleks tekshirish davolash ishlarini olib boradilar. Birinchi
3 kunda bolada to‘liq klinik tekshirishlar o‘tkzilgan bo‘lishi lozim.
Bola yotqizilgan ikkinchi kunida kechikmasdan, bemor bolani bo‘lim
mudiri ko‘rikdan o‘tkazishi lozim.
Vrach - ordinator belgilangan muolajalarni hamshira tomonidan o‘z
vaqtida bajarilishini, bolaning ovqatlanishini, parvarishini, bemor
bolani tozaligini nazorat qilib boradi.
Jarrohlik bo‘limi mavjud bo‘lgan kasalxonalari anesteziologiya -
reanimatologiya bo‘limi (xonalari), shoshilinch tez tibbiy yordam
bo‘limlari tashkil etilmoqda.
Katta yoshdagi bolalar va bemor bola bilan yotqizilgan onalar bilan
sanitariya - maorifi ishlarini olib boradi.
Kasalxonada ishni to‘g‘ri tashkil etishda hamshiralar va farroshlar ish
grafigini to‘g‘ri tashkil etilganligi muhim ahamiyatga ega. Hamshiraning
ish garfigi ish vaqtini davomiyligini e’tiborga olgan holda doimiy
hamshira tomonidan bemor bolani salomatligini muntazam dinamik
kuzatish imkonini beradigan qilib tuzish lozim.
Har kuni vrach - ordinator o‘z ishini o‘tgan kun ichida bola
salomatligini o‘zgarishini dinamik o‘rganib, tahlil etishdan, yangi
yotqizilgan va og‘ir bemorlarni koʼzdan kechirishdan boshlaydi. Vrach -
ordinator bolani rentgen qilishda, bo‘lim mudiri o‘tkazayotgan ko‘rikda
qatnashadi. Bo‘limda bolani kompleks davolashdan tashqari, ular bilan
tarbiyaviy ishlar ham olib boriladi.
3 smenali ish grafigi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ushbu grafik
ertalab va kunduzgi soatlarda doimo ikkita hamshira birin - ketin
ishlashini ta’minlaydi. Ushbu grafikning salbiy tomoni - bir sutkada 3
hamshiraning almashishidir.
|