• Akusherlik bo‘limi.
  • Tug‘ruqdan keyingi bo‘lim.
  • Homiladorlar patologiyasi bo‘limi




    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet135/143
    Sana14.08.2024
    Hajmi1,45 Mb.
    #269512
    1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   143
    Bog'liq
    JAMOADA-HAMSHIRALIK-ISHI

    Homiladorlar patologiyasi bo‘limi. 
    Homiladorlar patologiyasi 
    bo‘limi ham akusherlik ham ekstragenital patologiyasi bo‘lgan 
    homiladorlarga 
    malakali 
    tibbiy 
    yordamni 
    ko‘rsatish 
    uchun 
    mo‘ljallangan. Individual holda har bir homilador uchun tug‘ruqqa 
    tayyorgarlik va tug‘ruqni olib borishga yondashuv ishlab chiqiladi. 


    202 
    Somatik patologiyasi bo‘lgan barcha homiladorlar albatta terapevtlar 
    maslahatidan o‘tadi (kerak bo‘lsa tor mutaxassislar bilan). 
    Homiladorlar patologiyasi bo‘limi quyidagilardan tashkil topgan: 
    1.
    Homiladorlar uchun xonalar
    2.
    Intensiv terapiya xonasi (xonalari); 
    3.
    Manipulyatsiya xonasi; 
    4.
    Muolaja xonasi. 
    Homiladorlar patologiyasi bo‘limining ishlash tartibi somatik 
    statsionarning 
    ishlash 
    tartibiga 
    tenglashtiriladi. 
    Homiladorlar 
    patologiyasi bo‘limini rejalashtirishda homiladorlarni akusherlik 
    kompleksini boshqa bo‘limlarini chetlab o‘tgan holda yotqizilishini 
    hisobga olish kerak. 
    Akusherlik bo‘limi. 
    Akusherlik bo‘limi tug‘ruq zallaridan 
    (tug‘ruq xonalari), tug‘ruqdan keyingi xonalar, yuqumli kasalliklari 
    bo‘lgan ayollar uchun alohidalangan xonalar, operatsiya bloki hamda 
    sanitar xonalaridan tashkil topadi. Akusherlik bo‘limlari koykalar soniga 
    qarab bitta yoki ikkita bo‘lishi mumkin (I akusherlik bo‘limi va II 
    akusherlik bo‘limi). Ikkala bo‘limlar bir xil bo‘lib, tug‘ruqni qabul qilish 
    va tug‘ruqdan keyingi davrni olib borishga mo‘ljallangan. Atrofdagilar 
    uchun xavf tug‘diruvchi yuqumli kasalliklarning klinik belgilari 
    namoyon bo‘lgan ayollar alohida xonalarga joylashtiriladi.Tug‘ruq 
    zalida xodim aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qilgan holda ish 
    yuritadi.
    Tug‘ruqdan keyingi bo‘lim. 
    Akusherlik bo‘limining tug‘ruqdan 
    keyingi xonalari soni bo‘limdagi o‘rinlar soniga bog‘liq bo‘ladi. 
    Bo‘limda quyidagilar nazarda tutilishi kerak: 
    - tug‘uvchi ayollarni ginekologik kresloda ko‘ruv xonasi; 
    - manipulyasiya xonasi; 
    - vaksinalar saqlanadigan xona (muzlatgich bilan); 
    - ovqatni oshxonadan tarqatish uchun xona; 
    - dush xonasi; 
    - qo‘l yuvish va idishlarni zararsizlantirish uchun qo‘shimcha rakovinasi 
    bo‘lgan sanitar xona. 
    Akusherlik bo‘limlarining barcha tug‘ruqdan keyingi xonalari 
    tug‘ruqdan keyin ayollar va chaqaloqlarni birga turishi printsipi asosida 
    tashkil qilingan bo‘lishi kerak. Kasallik holatlarida chaqaloq 
    ixtisoslashgan yordamning II bosqichiga ya’ni onasi bilan chaqaloqlar 
    patologiyasi bo‘limiga o‘tkaziladi. Psixozi bo‘lgan ayollar yonida 


    203 
    tug‘ruqdan keyin doimiy ravishda yaqinlari yoki tibbiy xodim bo‘lishi 
    lozim. 

    Download 1,45 Mb.
    1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   143




    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish