• Operatsion blokga qo‘yidagilar kiradi
  • Anesteziologiya va reanimatsiya bo‘limi
  • B. M. Mamatkulov, X. E. Rustamova jamoada hamshiralik




    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet136/143
    Sana14.08.2024
    Hajmi1,45 Mb.
    #269512
    1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   143
    Bog'liq
    JAMOADA-HAMSHIRALIK-ISHI

    Operatsion blok 
    Operatsion blok - statsionarning tarkibiy bo‘limi 
    bo‘lib, u jarrohlik amaliyotini amalga oshirish uchun akusherlik bo‘limi 
    va bokslangan palatalar uchun alohida mo‘ljallangan muassasalar 
    kompleksidan tashkil topadi.Operatsion blok statsionar bakteritsid 
    nurlatgichlar, ventilyatsion moslamalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 
    Operatsion blokga qo‘yidagilar kiradi: 
    -
    Operatsiyadan oldingi xona; 
    -
    Operatsiya xonasi; 
    -
    Materiallar saqlash xonasi; 
    -
    Ishchilarni maxsus kiyimi va ishchi kiyimini qo‘yish xonasi; 
    -
    Apparatura va jihozlarni joylashtirish xonasi; 
    -
    Katta operatsion hamshira xonasi. 
    Anesteziologiya va reanimatsiya bo‘limi, 
    Anesteziologiya va 
    reanimatsiya bo‘limi tug‘ruq kompleksi (bo‘limi) tarkibida tashkil 
    etiladi va quyidagilar asosiy vazifasi bo‘lib hisoblanadi: 
    -
    umumiy anesteziya, operatsiya, tug‘ruq, tashxis qo‘yish va 
    davolash muolajalari paytidagi narkoz va regionar anesteziyani 
    tayyorlash va o‘tkazish bo‘yicha kompleks chora - tadbirlarni amalga 
    oshirish; 
    -
    kasallik, operativ aralashuv va boshqa sabab tufayli shikastlangan 
    hayotiy muhim a’zolarni faoliyatini tiklash va ushlab turish bo‘yicha 
    kompleks chora - tadbirlarni amalga oshirish; 
    Reanimatsiya va intensiv terapiya xonalarida maxsus uskunalar va 
    davolash - tashxislash apparatlari bo‘lishi kerak, shuningdek 
    organizmning hayotiy zarur vazifalarini sun’iy ravishda ushlab turish va 
    nazorat qilish uchun apparatlar bo‘lishi kerak. 
    Kesar kesishidan keyin ayollar o‘zlarining chaqaloqlari bilan birga 
    bo‘ladi. Chaqaloqlar onalarning ko‘kragiga operatsion xonani o‘zidayoq 
    qo‘yilishi kerak. Reanimatsiya bo‘limida ruhiy xotirjamlikni ta’minlash, 
    tezroq adaptatsiya qilish va chaqaloq talabiga ko‘ra uni ko‘krak bilan 
    to‘la qimmatli emizishni ta’minlash maqsadida chaqaloqlar imkoni 
    qadar ona bilan birga bo‘ladi. chaqaloqlarni parvarishi hamshiralar
    tomonidan amalga oshiriladi, Shuningdek yaqinlarini ishtirok etishiga 
    ham ruxsat beriladi. 
    Tug‘ruqdan keyingi davr asoratsiz kechgan holda tug‘ruqdan keyin 
    ayolni chiqarilishi profilaktik emlashlardan so‘ng amalga oshiriladi (4-5 
    kundan ko‘p emas). Chiqarilishdan oldin ayol tug‘ruqdan keyingi 


    204 
    intervalni 3-4 yil saqlashligi, kutilmagan homiladorlikdan saqlanish 
    usullari bilan obdon tanishtirilishi kerak. Agar homiladorlik va tug‘ruq 
    asoratlar bilan kechgan bo‘lsa chiqarilish muddati individual holda 
    tug‘ruqdan keyin ayolning va homilaning holatiga ko‘ra hal qilinadi. 
    Og‘ir somatik patologiyasi bo‘lgan ayollar tug‘ruqdan keyin zarurat 
    bo‘lgan holda maxsuslashtirilgan yordam ko‘rsatish uchun kerakli 
    bo‘lgan ko‘p profilli shifoxonalar bo‘limiga yotqaziladi.
    Xavfsiz onalik maqsadi nafaqat onalar kasalligi va o‘limini oldini 
    olishini anglatadi, balki u onalik va bolalikni muhofaza qilishni ham o‘z 
    ichiga oladi. Bu tushunchaga nafaqat sog‘lom bolani tug‘ilishi va 
    sog‘lom yoshlikni ta’minlab berish, balki onaning tug‘ruqdan oldin, 
    tug‘ruq paytida va tug‘ruqdan keyingi jismoniy, aqliy va ijtimoiy 
    xotirjamligini ta’minlashni ham o‘z ichiga oladi. 
    Tug‘ruq paytida ayolning yonida uning hohishiga ko‘ra turmush o‘rtog‘i 
    yoki yaqin kishilardan birini ishtiroki asosiy omillardan biri bo‘lib 
    hisoblanadi. Tug‘ayotgan ayolni hech qachon tug‘ruq paytida yolg‘iz 
    tashlab ketib bo‘lmaydi.

    Download 1,45 Mb.
    1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   143




    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    B. M. Mamatkulov, X. E. Rustamova jamoada hamshiralik

    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish