201
atrofdagilar uchun xavf tug‘diruvchi kasallik bo‘lsa
Shu zahotiyoq uni
alohida xonalarga kuzatish yoki tug‘ruq uchun gospitalizatsiya qilish
kerak.
Qabul bo‘limida tekshirilgan zahira donorlarining barcha qon guruhlari
ro‘yxati bo‘lishi kerak, shu jumladan rezus - manfiy omili bilan.
Qabul - ko‘rik bo‘limi barcha tegishli asbob - uskunalar va shok yoki
eklampsiya vaqtida birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish
uchun kerakli
bo‘lgan dori vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Almashinuv kartasi HbsAg. RW, OIV/OITS tekshiruv ma’lumotlari
bo‘lmasa tekshirish zaruriyati to‘g‘risida ma’lumot berish kerak hamda
ushbu infeksiyalarga tekshiruvni ta’minlash kerak.
Qabul bo‘limida bemorning tibbiyot muassasasidagi 11 huquqlari
to‘g‘risida (Sog‘liqni saqlash to‘g‘risidagi qonun nomi,
uni raqami,
sanasi va huquqlar ro‘yxati ko‘rsatilsin), ko‘krak bilan emizish
printsiplari va samarali perinatal yordam bo‘yicha ko‘rgazmali jadvallar
bo‘lishi kerak.
Ko‘ruv xonasi.
Qabul bo‘limining ko‘ruv xonasida: tegishli
barcha
tibbiy asbob - anjomlar, sanitariya - gigienaga oid materiallar,
shuningdek tug‘ruqni shoshilinch tarzda qabul qilish uchun zarur
bo‘lgan to‘plam bo‘lishi kerak.
Tug‘ruq tarixi rasmiylashtirilib, akusherlik tekshiruvi amalga oshiriladi:
homilani holati, joylashishi, ko‘rinishi aniqlanadi, uning yuragi eshitiladi
va 1 daqiqadagi
yurak urishi hisoblanadi, qon guruhini, qondagi
gemoglobinni aniqlash uchun qon hamda
oqsilni aniqlash maqsadida
siydik olinadi.
Ob’ektiv tekshiruvning barcha ma’lumotlarini shifokor, ayolni tegishli
bo‘limga o‘tkazgandan keyin tug‘ruq tarixiga yozib qoldirishi maqsadga
muvofiq. Ayolni qabul bo‘limida turishi iloji
boricha qisqartirilishi
kerak.
Qabul bo‘limida quyidagi hujjatlar bo‘lishi kerak:
- Qabul qilingan homiladorlar, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi ayollar
jurnali;
- Pedikulez preparatlari bilan ishlov berish jurnali;
- Umumiy tozalash grafigi va jurnali.