200
(bo‘limi) ning tuzilishi qurilish me’yorlari va davolash - profilaktik
muassasalar qoidalari, sanitar - epidemiyaga qarshi rejim - amaldagi
me’yoriy hujjatlar talablariga to‘liq javob berishi kerak.
Tug‘ruq kompleksi (bo‘limi) da quyidagilar bo‘lishi kerak:
1.
Kislorod o‘tkazilishi;
2.
Issiq va sovuq suv o‘tkazilishi;
3.
Kanalizatsiya;
4.
Statsionar (tashiluvchan) bakteritsid nurlatgichlar yoki kirish -
chiqish ventilyasiyasi.
Tug‘ruq statsionari o‘zini tarkibida quyidagi bo‘limlarni
tutishi kerak:
- qabul-ko‘rik bo‘limi;
- homiladorlar patologiyasi bo‘limi (akusherlik o‘rinlarining umumiy
sonidan 30-35%i);
- I akusherlik bo‘limi (akusherlik o‘rinlarining umumiy sonidan 25-
30%i);
- II akusherlik bo‘limi (akusherlik o‘rinlarining umumiy sonidan 25-
30%i);
- reanimatsiya va homiladorlar, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi ayollarni
intensiv terapiyasi bo‘limi (xonasi);
- chaqaloqlarni reanimatsiyasi va intensiv terapiyasi xonasi;
- ginekologiya bo‘limi (akusherlik kompleksi koykalarining umumiy
sonidan 15-20%);
- sterilizatsiya qilish va laboratoriya bo‘limlari.
Barcha bo‘limlar kerakli tibbiy apparatura va instrumentlar,
kuzatuv anjomlari, tibbiy mebel va jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lishi
kerak.
Tug‘ruq kompleksi (bo‘limi) xodimi har bir bo‘limda grafikga binoan
ishlaydi. Ishga qabul 6.06.2000 yildagi №300 buyruqga asosan OIV va
HbsAg ga tibbiy ko‘rikdan o‘tgandan so‘ng qo‘yiladi.
Akusherlik bo‘limlarining qabul bloki orqali faqatgina homiladorlar,
tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi ayollar qabul qilinadi. Ginekologik
bemorlar uchun alohida qabul bo‘limi bo‘lishi kerak.