194
bilan fakat vrach hamda o‘rta tibbiyot hamshirasi muloqotda bo‘ladilar,
uch bosqichli parvarish qilish sistemasida
esa kichik tibbiyot
xodimlarining ham kasallarni parvarish qilishga ruxsat etiladi. Bunga
faqat og‘ir kasallarni parvarish qilishdagina yoʼl qo‘yiladi .
Davolash himoyalash rejimi.
Kasallarga kasalxonada davolanish
vaqtida optimal sharoitni yaratib berish kasallarni
tez tuzalishi uchun
barcha chora-tadbirlarni qo‘llamoq zarur, va bu jarayonni amalga
oshirishda hamshiralar vazifalaridan biridir.
Buning uchun quyidagilarga rioya qilish zarur:
1.Kasalxonada ma’lum bir darajada rejalashtirilgan kun bo‘lishi kerak.
2.Iloji boricha fiziologik uyquni cho‘zish kerak.
Z.O‘z vaqtida va sifatli ovqatlanish.
4.Palatalarni etarli darajada yoritish,
kechasi
chiroklar bilan
ta’minlangan bo’lishi kerak.
5.Dam olish xonalarini tashkil qilish, televizor radiolarni ovozini baland
qilmaslik,
quloqni
uskuna (naushnik) bilan ta’minlash,yozma
adabiyotlar bilan etarli ta’minlash.
6.Mehnat bilan davolash usulidan foydalanish.
7.Yorug‘lik orqali signalizatsiya usulidan foydalanish.
8.Palatalarni vaqti-vaqti bilan shamollatib, tozalab turish.
9.Ko‘ngilsiz muolajalar vaqtida shirma bilan to‘sib kuyish, har hil
muolajalar qilishda ustalikni oshirish.
10.Kasallarni palatalarga taqsim qilishda og‘ir yoki engilligiga ahamiyat
berish.
11.Og‘riq va qo‘rquvni oldini olish.
12.Tibbiyot etikasini va deontologiyasiga ahamiyat berish va h.z.