190
Bosh vrachning davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari – bosh
vrachga birinchi yordamchi hisoblanadi. U kasalxona davolash –
profilaktika va sanitariya – epidemiologik ishlarni boshqaradi va tibbiy
yordamning sifatiga javob beradi.
Tashxislash, davolash va bemorlarni
parvarishlashning sifatini nazorat qiladi.
Davolash - profilaktik
tadbirlarning samaradorligini nazorat qiladi va har – bir o‘limning
sababini tahlil etadi. Parhez ovqatlanish va jismoniy tarbiyani to‘g‘ri
tashkil etishni ta’minlaydi, bemorlarga konsultativ yordamni tashkil
etadi va boshqalar.
Kasalxonaga bemorlar bir necha yo‘llar
orqali yotqizilishi
mumkin: poliklinika yo‘llanmasi bilan, tez yordam orqali, bemorning
bevosita murojaati, boshqa shifoxona yo‘lanmasi bilan.
Kasalxonaning asosiy bo‘limlaridan biri qabul bo‘limi hisoblanadi, qabul
bo‘limi tarkibiga:
1.
Ro‘yxatxona
2.
Navbatchi vrach xonasi
3.
Tez va shoshilinch yordam ko‘rsatish xonasi
4.
Bemorlarni ko‘rish xonasi
5.
Sanitariya-gigiena xonasi (sanpropusnik) va boshqalar kiradi.
Ko‘pgina yirik shahar shifoxonasi qabul bo‘limida terapevt, jarroh,
nevropatolog, lor va boshqa vrachlar
hamda ekspress laboratoriya
uchun alohida xona ajratilgan bo‘ladi. Qabul bo‘limida tashxisi aniq
bo‘lmagan bemorlar uchun ikki-uch o‘rinli xona bo‘lishi kerak.