191
kitobi
2.
Ambulatoriya kasallarni qabul qilish jurnali kitobi.
3.
Statsionar bemorining kartasi.
Qabul bo‘limida bemor kasalxonaning tegishli bo‘limiga yotqiziladi.
Kasalxona bo‘limlari - shifoxonaning asosiy strukturaviy qismi bo‘lib, u
palatalardan va yordamchi bo‘limlardan (xonalardan) iborat.
Palata va
bo‘limni jihozlash uning profiliga bog‘liq. Bo‘limdagi shtatlar lavozimi,
o‘rinlar soni, turi va shifoxonaning turiga bog‘liq.
Bo‘limni ishlariga bo‘lim mudiri
rahbarlik qiladi va u
ordinatorlarning ishlarini boshqaradi. Og‘ir
kasallarni har bir
tushayotgan, bo‘limdan chiqayotgan bemorlarni konsultatsiya qiladi.
Kasallik tarixini
yuritilishini tekshirish, davolash va xo‘jalik
ishlarini
olib borilishini nazorat qiladi. Patalogo-anatomik
konferensiyalarda
qatnashadi. Shu bilan birga bo‘limdagi hisob - kitob ishlarini ham olib
boradi.
Qabul qilingan navbatchilik bo‘yicha 1 ta ordinatorga 20-25 ta o‘rin
beriladi. Vrachlar va o‘rta tibbiyot xodimlari uchun 6 soatlik,
kichik tibbiyot xodimlari uchun esa 7 soatlik ish kuni belgilangan.