187
XII
bob.
AHOLIGA
STATSIONAR
DAVOLASH-
PROFILAKTIKA YORDAMINI TASHKIL ETISH
Sog‘liqni saqlashni hozirgi taraqqiyot bosqichida aholiga statsionar
xizmatni tez va sifatli tashkil etish katta ahamiyatga ega. Tibbiy
yordamning ushbu ya’ni statsionar turi kasalliklarining xarakteri, turi,
bemorning yoshi, kasallikning kechish holatiga qarab (har xil tipdagi
kasalxonalarda, klinikalarda, ixtisoslashgan tibbiyot markazlarida,
dispanserlar, tug‘ruqxonalar va boshqalar) turli xil tibbiy muassasalarda
ko‘rsatiladi.
Hozirgi kunda Respublikamizda 665 ta (2013) kasalxona
muassasalari bo‘lib, ulardagi o‘rinlar soni 120 784 tani, har 10 000
aholiga 39,9 tani tashkil etmoqda. Ushbu o‘rinlarda 2013-yilda 3703515
ta bemor davolanib chiqdi, bemorlarning o‘rinlarda o‘rtacha bo‘lish kuni
– 7,9 kunni tashkil etadi.
Tibbiy yordamning statsionar tipi asosan kompleks diagnostik va
davolash, murakkab tekshirish usullarini, davolashda tibbiyot texnikasini
jarrohlik usulini, doimo intensiv parvarishlash va muntazam shifokor
kuzatuvini olib borishni taqozo etuvchi og‘ir kasalliklarda ko‘llaniladi.
Statsionar davolash-profilaktika yordami tizimida asosiy va etakchi
o‘rinni ko‘p tarmoqli kasalxona tashkil etadi.
Kasalxonalarning turi, profili, joylashishi va kimga buysunishiga
qarab faqlanadi.
Ma’muriy-territorial joylaShuvi va boshqarilishiga qarab kasal-
xonalar respublika, viloyat, shaxar, tuman shifoxonalariga bo‘linadi.
Profiliga qarab esa — ko‘p profilli (tarmoqli), bitta profilli, ya’ni
ixtisoslashgan kasalxonalarga va dispanserlarga (sil, onkologik,
oftalmologik, kardiologik va boshqalar) bo‘linadi.
Tashkiliy sifatlariga qarab ular birlashgan (poliklinika bilan),
mustaqil-birlashmagan kasalxonalarga bo‘linadi.
Har qanday tipdagi statsionar o‘zining funksional faoliyati bo‘yicha
asosan 4 ta qismdan iborat bo‘ladi: rahbariyat, statsionar, poliklinika va
ma’muriy-xo‘jalik bo‘limi. Har bir shifoxonaning guqorida keltirilgan
qismlari o‘z navbatida bir necha bo‘limlardan iborat bo‘ladi.