183
7. Yuqumli kasalliklar bo`limi.
III. Ma`muriy xo`jalik qism
IV. Yordamchi xizmat bo`limi.
V. Patologik anatomiya bo`limi.
VI. Markaziy sterilizatsiya bo`limi.
VII. Kamerali dezinfektsiya bloki.
VIII. Insenerator
.
Tuman markaziy birlashmasi qoshida bevosita bosh vrachga bo`ysunuvchi
ayrim bo`limlar: apteka, moliya – buxgalteriya, xodimlar bo`limi, tibbiyot arxivi,
tashkiliy uslubiy bo`lim, biblioteka va hakozolar.
Markaziy
tuman
shifoxonasining
statsionari
yuqorida
ko`rsatilgan
bo`limlardan tashkil topadi. Boshqa bo`limlar aholining kasallanish darajasiga,
ixtisoslashgan tibbiy yordamga ehtiyoji bo`lgan hamda statsionarning moddiy
texnik bazasi va kadrlar bilan ta`minlanganiga qarab tashkil etilishi mumkin.
Tibbiyot muassasalarini joylashtirishda tumanning ichki sharoitini e`tiborga
olish zarur. Tumanda mustaqil ravishda bolalar kasalxonasi, tug`ruq kompleksi,
yuqumli kasalliklar shifoxonasi mavjud bo`lishi mumkin.
Tuman markaziy shifoxonasida bosh vrachning ruxsati bilan bemorlar
shaxsiy ust boshlardan foydalanishlari mumkin, bundan bolalar
kasalxonasi, tug`rukxona bo`limi, yuqumli kasalliklar shifoxonasi mustasno.
Tuman markaziy shifoxonasi qoshida jamoa kengashi, kasalxona kengashi,
hamshiralar kengashi, ilmiy - tibbiy jamiyat sektsiyasi faoliyat ko`rsatadi.