• Tuman markaziy ko`p tarmoqli poliklinikaning tarkibi.
  • Tuman sog‘liqni saqlash muassasalari




    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet119/143
    Sana14.08.2024
    Hajmi1,45 Mb.
    #269512
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   143
    Bog'liq
    JAMOADA-HAMSHIRALIK-ISHI

     
    Tuman sog‘liqni saqlash muassasalari 
    Tuman axolisiga tibbiy xizmat kursatishning II-boskichidagi asosiy 
    tibbiyot muassasasi bu tuman markaziy ko‘p tarmoqli poliklinika va 
    tuman markaziy shifoxonasi hisoblanadi. 
    Tuman markaziy ko‘p tarmoqli poliklinika, tuman markazida 
    joylashgan, o‘ziga biriktirilgan aholiga davolash – profilaktika 
    yordamini ko‘rsatuvchi; kasalliklarni kamaytirish, oldini olish bo‘yicha 
    keng ko‘lamda profilaktik tadbirlarni o‘tkazuvchi; bemorlarni barvaqt 
    aniqlash; 
    dispanserizatsiya 
    qilish; 
    tuman 
    aholisiga 
    malakali 
    ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatuvchi – ambulatoriya tipidagi 
    tibbiyot muassasasi hisoblanadi. Poliklinika aholi orasida sanitariya – 
    maorifi ishlarini olib boradi, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini 
    targ‘ib etadi. Poliklinika tumandagi QVPlariga tibbiy yordamni tashkil 
    etish, sifatini oshirish bo‘yicha tashkiliy – uslubiy markaz hisoblanadi. 
    QVPlardan konsul`tatsiya uchun yuborilayotgan aholiga malakali, 
    ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatadi. Poliklinikaga bosh vrach 


    181 
    rahbarlik qiladi – u o‘z navbatida tuman tibbiyot birlashmasi 
    boshlig‘ining ambulatoriya–poliklinika xizmati bo‘yicha muovini 
    hisoblanadi. Poliklinika mustaqil yuridik shaxs hisoblanib, o‘z nomi 
    bitilgan muhr va shtamiga ega. 
    Tuman markaziy ko`p tarmoqli poliklinikaning tarkibi. 
    I. Registratura (ro`yxatxona) 
    II. Diagnostika bo`limi (rentgen (flyuorografiya) xonasi, UTT (UZI) xonasi, EKG 
    xonasi, laboratoriya (klinik, bioximik, bakteriologik, serologik) va hokazo) 
    III. Poliklinika muassasalari xonasi (akusher – ginekolog, pediatrlar, stomatolog, 
    jarroh, oftalmolog, kardiolog, pul`monolog, nefrolog, endokrinolog, revmatolog, 
    infektsionist, immunolog, mehnat ekspertizasi qilish bo`yicha vrach – mutaxasis,
    o`smirlar vrachi, bolalar otolaringologi, nevropatologi, ginekologi va hokazo)
    IV. Markazlashgan sterilizatsiya bo`limi 
    V. Ma`muriy – xo`jalik bo`limi. 

    Download 1,45 Mb.
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   143




    Download 1,45 Mb.
    Pdf ko'rish