180
O`z faoliyati jarayonida sog`liqni saqlash muassasasi va tashkilotlarining
buyruqlari, ko`rsatmalari uslubiy va boshqa turdagi qo`llanmalariga suyangan
holda ish yuritadi;
Belgilangan tartibda o`z sohasi bo`yicha hisob va hisobot hujjatlarini yuritadi;
Akusherka muntazam ravishda o`zining kasbiy malakasini oshirib borishi lozim;
Hozirgi zamon talabidagi tibbiy yordam ko`rsatish usullaridan xabardor bo`lishi va
ularni o`zlashtirib bormog`i kerak.
QVPda emlash xonasi hamshirasi vazifalari:
Profilaktik emlash bilan bog`liq bo`lgan hisob va hisobot, tibbiy hujjatlarni
yuritish (Sh 063/h, 112/h va boshqalar
)
Profilaktik emlash zarur bo`lganlarni to`liq qamrab olish. Barcha haritalarni
to`g`ri yuritishni ta`minlash;
Profilaktik emlanganlar va yuqumli kasalliklar bilan kontaktda bo`lganlar haqida
hisobot tuzish;
Emlanishi lozim bo`lganlar uchun (vaqtsinatsiya, revaqtsinatsiya emlash
kartalaridan kartoteka tuzish);
Belgilangan shakl yordamida uchastka hamshirasi bilan birgalikda yiliga ikki
marta aholi ro`yxatdan o`tkazilgandan keyin profilaktik emlash zarur
bo`lganlarning ro`yxatini tuzish;
Belgilangan shakllar yordamida (shakl 063/h, 112/h) profilaktik emlashi lozim
bo`lganlar haqidagi ma`lumotlarni solishtirib ko`rish;
Vrach nazorati ostida yillik rejalarni tuzish, shuningdek hududda maktab va
maktabgacha muassasalar bolalarni profilaktik emlashga qamrab olishni tahlil
qiladi va ma`lumotlarni profilaktik emlash jurnaliga kiritish;