|
QVPidagi katta hamshira (feldsher) vazifasi Pdf ko'rish
|
bet | 116/143 | Sana | 14.08.2024 | Hajmi | 1,45 Mb. | | #269512 |
Bog'liq JAMOADA-HAMSHIRALIK-ISHI QVPidagi katta hamshira (feldsher) vazifasi:
Biriktirilgan hudud aholisiga vrachgacha bo`lgan tibbiy yordamni ko`rsatish;
Vrachlar yo`q paytlarida punktda va bemorlarning uylarida bemorlarni
ambulator qabul qilish va davolash;
Vrachlarning qabuliga olib borishlarni tashkil etish;
Vrachlarning buyurtmalarini bajarish;
Sog`lom shaxslarni va bemorlarni dispaserizatsiya qilishda ishtirok etish;
QVP mudiri yo`q paytida QVPining barcha xodimlariga (kichik va o`rta
maxsus) topshiriqlar beradi;
Nazorat hududidagi ob`ektlarida joriy sanitariya nazoratini amalga oshirilishini
nazorat qilish;
Zaharli va kuchli ta`sir qiluvchi moddalardan tashqari barcha turdagi dori
moddalariga yozilgan retseptlarga dori qabul qilib oladi.
QVPda patronaj hamshirasining vazifalari:
- aholini va bolalarni sog`lomlashtirishga yo`naltirilgan profilaktik tadbirlarni
amalga oshirish
- 3 yoshgacha bo`lgan sog`lom bolalarni patronaj qilish, shu jumladan yangi
to`g`ilgan chaqaloqlarni, ko`krak suti bilan ovqatlantirishni va bolalarning oqilona
ovqatlanishlarini nazorat qilish;
- sog`lom va bemor bolalarni dispanserizatsiya qilishda ishtirok etish;
- o`z xizmat ko`rsatish hududida joylashgan, bog`chalari, bolalar uylari,
maktablarda profilaktik ishlarni olib boradi;
- aholi va bolalar salomatligini muhofaza qilish, ularni ko`krak suti bilan
ovqatlantirishning ahamiyati, kasalliklar paydo bo`lganda vrachlarga erta murojaat
qilish, immuniprofilaktika masalalari bo`yicha sanitariya oqartiruv ishlarini,
sog`lom turmush tarzining bolalar sog`ligini mustahkamlashdagi ahamiyatlari
to`g`risida tushuntirish ishlarini yuritish;
- vrachning buyurtmasi bo`yicha o`z kompetentsiyasi doirasida punktda va uyda
aholiga tibbiy yordam ko`rsatish;
- kasalliklarni aniqlash bo`yicha har bir aniqlangan holat bo`yicha QVP mudirini
ogohlantirish;
- dispanser hisobida to’rgan har-bir bemor ustidan nazorat olib borish;
- xizmat ko`rsatish hududidagi yashovchilarning sonini har yil o`rganib, hisobot
tuzish;
- epidemiologik ko`rsatmalar bo`yicha uylarda yuqumli kasalliklarni va ular bilan
bevosita kontaktda bo`lganlarni topish uchun patronaj ishlarini olib borish.
|
| |