B. M. Mamatkulov, X. E. Rustamova jamoada hamshiralik




Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/143
Sana14.08.2024
Hajmi1,45 Mb.
#269512
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   143
Bog'liq
JAMOADA-HAMSHIRALIK-ISHI

Qishloq vrachlik punkti 
(QVP) – o`ziga biriktirilgan qishloq aholisiga 
birlamchi tibbiy sanitariya yordamini ko`rsatuvchi davolash – profilaktika 
muassasasi hisoblanadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda zamonaviy tibbiy texnika 
bilan jihozlangan 3 mingta yaqin qishloq vrachlik punktlari faoliyat ko`rsatmoqda. 
Qishloq vrachlik punktlari, u xizmat ko`rsatayotgan aholi soniga, aholi punktlari 
soniga, joylashganligiga, xizmat radiusiga, qishloq xo`jaligi va boshqa ishlab 
chiqarish tarmoqlarining harakteriga qarab tashkil etiladi. 
Xizmat ko`rsatayotgan aholi soniga qarab QVP to`rt tipli bo`ladi: 
Birinchi tip – 1500 tagacha odamga.
Ikkinchi tip – 1500 dan 3500tagacha. 
Uchinchi tip – 3500 dan 6000 tagacha. 
To`rtinchi tip – 6000 tadan 10 000 tagacha. 
QVPda ishlovchi vrachlar tarkibi va shtatlari lavozimining soni, uning tipiga 
va xizmat ko`rsatayotgan aholi soniga qarab belgilangan tartibda aniqlanadi. 
QVPning tarkibi va uning faoliyatini boshqarish
 
QVP strukturasi uning tipiga va 
xizmat ko`rsatayotgan aholi soniga bog`liq. Umumiy tarzda QVP tarkibi 
quyidagicha ko`rinishda bo`ladi.


175 
QVPga tuman tibbiyot birlashmasi boshlig`i tomonidan tayinlangan – mudir 
rahbarlik qiladi, o`rinbosari sifatida moliyaviy menedjer lavozimi kiritilgan. 
QVP mudiri, o`rnatilgan tartibda QVPning faoliyatiga umumiy rahbarlik 
qiladi. U QVPga biriktirilgan aholiga birlamchi tibbiy – sanitariya yordamini 
ko`rsatadi va kasalliklarni oldini olish bo`yicha profilaktik chora-tadbirlarni 
o`tkazadi, sifatli va samarali tibbiy yordam ko`rsatish, aholi salomatligini 
muhofazalash maqsadida QVP faoliyatini boshqaradi. QVP faoliyati tuman 
tibbiyot birlashmasi tomonidan nazorat qilinadi. QVP to`la qonli faoliyat ko`rsatish 
uchun davlat mablag`i hisobidan tibbiyot apparatlari, tibbiyot mebellari, dori 
vositalari, sanitariya va gigiena vositalari, yumshoq va qattiq inven`tarlar bilan 
ta`minlandi. 

Download 1,45 Mb.
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   143




Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



B. M. Mamatkulov, X. E. Rustamova jamoada hamshiralik

Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish