Tuman markaziy shifoxonasining asosiy vazifalari




Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/143
Sana14.08.2024
Hajmi1,45 Mb.
#269512
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   143
Bog'liq
JAMOADA-HAMSHIRALIK-ISHI

Tuman markaziy shifoxonasining asosiy vazifalari
 
1. Tuman va tuman markazi aholisiga diagnostika yordam va kasalxonada 
malakali hamda ixtisoslashgan tibbiy yordamni tashkil qilish; 
2. Tuman aholisiga tez yordam, shoshilinch tez tibbiy yordamni sifatli tashkil 
etish va ko`rsatish; 
3. Tuman hududida joylashgan barcha davolash-profilaktik muassasalarini 
operativ va tashkiliy metodik tomondan boshqarish, shu bilan birga ularning 
ish faoliyatini nazorat qilish; 
4. Ishchilarning vaqtinchalik hamda doimiy mehnat qobiliyatini 
yoʼqotganlik darajasini o`rganish va tahlil qilish; 
5. Aholi ichida tarqalgan kasalliklarni va ularning sabablarini
ambulatoriya, 
poliklinika 
va 
statsionar 
xizmatini 
hajmi, 
sifati 
va 
samaradorligini, tibbiy ko`riklar va aholining dispanserizatsiya holatini
o`rganish va tahlil etish; 
6. Aholi salomatligini, tuman sog`liqni saqlash muassasalarining faoliyat 
ko`rsatkichlarini o`rganish va tahlil etish orqali, tibbiy yordamni 
rivojlantirish, kasallanish va o`lim ko`rsatkichlarini, shu jumladan, bolalar 


184 
va onalar o`limini kamaytirish, aholiga ko`rsatilayotgan tibbiy yordamning sifati 
va samaradorligini oshirish bo`yicha tadbirlar ishlab chiqish; 
7. Tumandagi barcha davolash - profilaktika muassasalari faoliyatiga ilm fan
va texnika yutuqlariga asoslangan holda zamonaviy diagnostik, davolash, 
profilaktik texnologiyalarni joriy etish; 
8. Aholiga tibbiy yordam ko`rsatish va bemorlarni parvarishlashning yanada 
takomillashtirilgan yangi usullarini tadbiq etish;
9. Statsionargacha bo`lgan diagnostik jarayonni har tomonlama yahshilash,
statsionar sharoitida o`z vaqtida kompleks davolashishlarini olib borish va 
ularning samaradorligini oshirish, o`rinlardan unumli foydalanish; 
10. Tuman tibbiyot muassasalari, ambulatoriya, poliklinika, statsionar 
sharoitida ko`rsatilayotgan tibbiy yordamning sifati va to`laqonliligini 
baholash uchun diagnostik, davolash - reabilitatsiya qilish, klinik, 
paraklinik tadbirlarning sifat - ko`rsatkichlarining standartlarini ishlab chiqish; 
11.Davolangan bemorlar sonidan kelib chiqqan holda shifoxona faoliyati ko`lamini 
belgilash, tuman davolash profilaktika muassasalarining moddiy texnik bazasini 
kengaytirish va moliyaviy mablag` bilan ta`minlashning loyihalarini ishlab 
chiqish; 
12. Tibbiyot xodimlarini tarbiyalash, malakasini oshirish, ulardan oqilona 
foydalanish bo`yicha tadbirlar ishlab chiqish. 
TMSHning eng asosiy bo`limlaridan biri tashkiliy-uslubiy bo`lim 
hisoblanadi.
 
Tuman markaziy shifoxonasi faoliyatini shifoxona bosh vrachi 
boshqaradi, u bir vaqtning o`zida tuman tibbiyot birlashmasining boshlig`i 
hisoblanadi. Sanitariya – epidemiologiya xizmatini tuman bosh davlat sanitariya 
vrachi boshqaradi, u bir vaqtning o`zida DSENM bosh vrachi hisoblanadi.
Tuman markaziy shifoxonasi – tuman tibbiyot birlashmasining muovinlari 
bo`ladi: ambulatoriya – poliklinika xizmati bo`yicha, tuman markaziy shifoxonasi 
davolash – profilaktika ishlari bo`yicha, tashkiliy – uslubiy xizmat bo`yicha. 
Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tibbiyot muassasalalariga konsul`tativ, 
tashkiliy, uslubiy xizmat ko`rsatish uchun tuman bosh mutaxasislari tayinlanadi. 
Ular o`zi xizmat ko`rsatayotgan mutaxasislik doirasida tuman tibbiyot 
muassasalalari faoliyati ustidan tashkiliy – uslubiy rahbarlik qiladi. Ular odatda 
eng tajribali vrachlar bo`lib, tuman markaziy shifoxonasining bo`limlari mudirlari 
hisoblanadi. Ularning har biri o`z mutaxasisligi bo`yicha davolash ishlarini 
boshqaradi, joylarga borib konsul`tatsiya, tekshirish va davolash ishlarini bajaradi, 
o`z sohasining ish rejasini tuzadi, statistik hisobotlarni yuritadi, ilmiy seminarlar, 
konferentsiyalar tashkil etadi, malakasini oshiradi.

Download 1,45 Mb.
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   143




Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tuman markaziy shifoxonasining asosiy vazifalari

Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish