|
Бахмал тумани хтмфмт ва тэб га карашли
|
Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 3,67 Mb. | | #245656 |
Bog'liq 51-мактаb Bayonnoma Korrupsiyaga qarshi kurashish (2)
Sariosiyo tumani MMTB ga qarashli 51-sonli umumta’lim maktabida о‘tkazilgan yig‘ilish
B A YO N N O M A S I
14. 12. 2023 yil Sebzor MFY
Qatnashdilar:
|
Maktab direktori. D.Izzatulloyev, MMIBDO’:G’afurov A va barcha pedagog xodimlar.
|
|
|
Kun tartibida:
1. MMTB ning 05.01.2022 yildagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish koplaynes nazoratini amalga oshirish to’g’risida”gi 2-sonli buyrug’I bilan tasdiqlangan “Manfaatlar to’qnashuvini boshqarish bo’yicha Nizom” ni pedagog-xodimlar bilan o’rganib chiqish.
Yigilishda maktab direktori D.Izzatulloyev so'zga chiqib, u o’z so’zida korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan bir boʼlib qolmoqda. Bu illatga qarshi kurash dunyoning koʼplab mamlakatlarini qamrab olmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi ham korrupsiyaga qarshi kurashga oʼz hissasini qoʼshib kelmoqda. Hozirgi paytda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator dasturlar qabul qilindi va ular boʼyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni davlat organlari faoliyatining ochiqligini va hisobdorligini ta’minlash, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish, davlat organlari, mansabdor shaxslarning o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan mas’uliyatini kuchaytirishga, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadlariga xizmat qilayotganligi to’g’risida gapirib o’tdi. Shundan so'ng maktab direktori so’z navbatini G’afurovga berdi
G’afurov A o’z so’zida quyidagi jumlalar bilan boshladi. Taʼkidlash lozimki, korrupsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun teng sanalib, mazkur illat davlatning turli sohalariga, xususan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamda mamlakatning xalqaro maydondagi imidji va investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomasida taʼkidlaganidek, “Jamiyatimizda korrupsiya illati o‘zining turli ko‘rinishlari bilan taraqqiyotimizga g‘ov bo‘lmoqda. Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib bo‘lmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmog‘i rivojlanmaydi”. Taʼkidlash joizki, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish hamda ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etilishini oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiya omillarini keltirib chiqarayotgan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, amaliy hayotga tatbiq etilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi PF-6013-sonli “O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi
Shundan so’ng maktab MMIBDO` G’afurov A so’z olib, o’z so’zida bu illatga qarshi kurash dunyoning koʼplab mamlakatlarini qamrab olmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi ham korrupsiyaga qarshi kurashga oʼz hissasini qoʼshib kelmoqda. Xozirgi paytda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator dasturlar qabul qilindi va ular boʼyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Yig’ilish ishtirokchilari yuqoridagilarni eshitib va muhokama qilib
Qaror qiladi:
1. Maktab direktori D.Izzatulloyev hamda G’afurov A “Korrupsiyaga qarshi kurashish” bо‘yicha bergan axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Maktabda korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha targ’ibot tashviqot ishlari olib borish maktab ma’muriyati zimmasiga yuklatilsin.
3. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilib borish makktab MMIBDO’ G’afurov A zimmasiga yuklatilsin.
Yig’ilish raisi; D.Izzatulloyev
MMBDO’: G’afurov A
|
| |