|
Bajardi Alisherov a qabul qildi
|
bet | 7/9 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 450,64 Kb. | | #263339 |
Bog'liq Yuldoshev SuhrobHurmatli kitobxonlar! Bizning maqolalarimiz huquqiy muammolarni hal qilishning odatiy usullari haqida gapiradi. Agar bilmoqchi bo'lsangiz muammoingizni qanday hal qilish mumkin - telefon orqali qo'ng'iroq qiling bepul maslahat:
2-bob O`zbekistondagi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining o`ziga xos xususiyatlari.
2.1 Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari: vazifalar, muammolar va yechimlar.
Bugungi kunda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish va aholining bandlik masalasini hal qilish kabi muhim tadbirlaridan biri xizmat ko’rsatish va servis sohasi muhim o’rin egallaydi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2012–2016-yillarda mamlakatda “Xizmat ko’rsatish va servis sohalarini rivojlantirish choratadbirlari to’g’risda”gi Qarori ijrosi bugungi kunda eng tez fursatlarda amalga oshirib kelinayotgan ustuvor vazifalardan biri bo’lib kelmoqda. Bunga sabab mamlakat iqtisodiyotining YIMida ushbu sohaning o’rni juda katta ahamiyat kasb etadi. Bob xulosasiga to’xtaladigan bo’lsak, xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirishda to’siq bo’layotgan muammolardan biri faoliyatni kredit munosabatlari asosida moliyalash masalalarida yuzaga kelayotgan muammolar tashkil etmoqda. Bu muammolar nimalardan iborat ekanligini aniqlashda kredit samaradorligining mazmun-mohiyati jihatidan jamiyatning ayni paytdagi va kelajakdagi ehtiyojini qondiruvchi umuminsiniy faoliyat uzviyligini ta’minlab, iqtisodiy o’sishga zamin yaratuvchi vosita sifatida vaqtincha o’z egalari qo’lida bo’sh turgan pul mablag’larini boshqalar tomonidan ma’lum muddatga haq to’lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish sharti bilan qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan munosabat obyektining ishtirokchilar faoliyatida unumli foydalanilib, jamiyat taraqqiyoti uchun qo’shimcha qiymat yaratib, pirovard natijada muvaffaqiyatli Korxona majburiyatlari tarkibini asosiy moddalari quyidagilardan iborat:
• shirkatlarni joriy va uzoq muddatli kreditorlik qarzlari;
• shirkatlarni byudjetga soliqlar va boshqa to’lovlar bo’yicha qarzlari;
• shirkatning ishchi hodimlari va pudrat tashkiloylari oldidagi majburiyatlari;
• moliyaviy muassalar oldidagi majburiyatlar;
• aholi majburiy badallari yuzasidan debitrotlik qarzdorligi va boshqa qarzdorliklar.
shirkatlar majburiyatlarini ko’p qismini tashkil qiluvchi, kreditorlik qarzlarining oldini olish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi:
• o’zaro shartnomaviy munosabatlarda tomonlarning mas’ulligi va ularning sharnoma shartlariga qa’iy amal etishi;
• muddati o’tkazib yuborilgan har qanday to’lovlar summasi bo’yicha huquqiy javobgarlik shartlarini belgilash;
• hisob-kitoblarning zamonaviy shakllaridan foydalanish;
• dargumon qarzlar bo’yicha zaxiralar tashkil qilish mexanizmini ishlab chiqish va h.k. shirkatlar majburiyatlarini samarali boshqarishning asosiy yo’nalishlaridan biri, tijorat banklarining kreditlarini o’z vaqtida qaytarish ulardan maqsadli ravishda foydalangan holda xizmat ko’rsatish hisoblanadi. Hozirgi kunda 115 xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati majburiyatlarini samarali boshqarishda mavjud kamchiliklar qatoriga quyidagilarni kiritsh mumkin:
• korxonalarni kapitallashtirish darajasining pastligi;
• menenjment va marketingning mukammal tashkil etilmaganligi;
• taftish nazorati va jamoatchilik nazorati instituti tekshiruvlarining mukammal yo’lga qo’yilmaganligi;
• shirkat rahbarlarining malakasi yetarli darajada emasligi;
• xizmatlar bo’yicha raqobatbardoshlikning past darajadaligi.
O’ylaymizki bunga o’xshash kamchiliklarni o’z vaqtida aniqlab ularni bartaraf etish bo’yicha aniq choralar ishlab chiqish shirkat qarzdorligini samarali boshqarishni ta’minlaydi, buning natijasida xususiy uy-joy mulkdorlarini istiqbolda ishonchli va moliyaviy mustahkam holatda faoliyat yuritishi uchun muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Respublikamiz markaziy hududlarida, ko’p qavatli turar-joy binolarida yashovchi aholiga xizmat qiluvchi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati moliyaviy holatini samarali tashkil etilishida quyidagi takliflar inobatga olinsa shirkat moliyaviy faoliyatini yanada samarali tashkil qilinishiga katta hissa qo’shadi:
ko’p qavatli uylarni ta’mirlash va saqlash bo’yicha shirkatlararo raqobatni kuchaytirish;
shirkatlarda faoliyat ko’rsatadigan mutaxassis kadrlar tayyorlash bo’yicha maktabni shakllantirish;
Ommaviy axborot vositalarini ko’proq xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatiga jalb qilish, ya’ni ijtimoiy roliklar, reklamalar va h.k.larni tashkil qilish;
xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari boshqaruvida taftish komissiyasi tarkibini malakali mutaxassislardan shakklantirish va ularning nazoratini kuchaytirish;
xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tasarrufida qo’shimcha daromad manbalarini joriy etish
(pulli avtotransport saqlash joylari, bolalar sport maydonlari, mobil aloqa dillerligi va shunga o’xshash xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatida jamoatchilik nazorati institutlari faoliyatini kuchaytirish; xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatida asosiy vositalarini shakllantirish ortiqcha talon-tarojlarni oldini olish maqsadida xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tasarrufida qurilish-ta’mirlash ishlari bilan shug’ullanuvchi brigadani shakllantirish;
uy-joy mulkdorlari bilan kelishgan holda shirkat ta’sis shartnomasini shakllantirish;
xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati faoliyatida yagona axborot ba’zasini shakllantirish;
ko’p qavatli uy-joylar tom ustidan televizion kabel aloqasini uzatish uchun foydalanish bo’yicha XUJMSh bilan shartnomalar tuzishni shakllantirish;
ko’p qavatli uy-joylar tom ustida uyali aloqa kompaniyalarining antenna vositalarini o’rnatish bo’yicha XUJMSh bilan shartnomalar tuzishni shakllantirish;
ko’p qavatli uy-joylarda foydalanilayotgan liftlarda reklama vositalaridan foydalanish maqsadida XUJMShning reklama agentliklari bilan shartnomalar tuzishini yo’lga qo’yish. Muxtasar qilib aytganda, xizmat ko’rsatish korxoanalari moliyasini samarali tashkil etish bo’yicha mamlakatimizda yechimini kutayotgan ko’plab masalalar mavjudligini ko’rib guvohi bo’moqdamiz, shu tufayli mazkur sohada moliyaviy samaradorlikni oshirishga har tomonlama e’tibor qaratish maqsadga muvofiq.
Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati yuridik maqomga ega bo’lgan mustaqil korxona bo’lib, uning moliyaviy xo’jalik faoliyati tegishli uy-joy fondini ekspluatatsiya qilish va undan foydalanishni tashkil etishni ta’minlashga yo’naltiriladi. Shirkatning moliyaviy mablag’lari asosan shirkat a’zolarining majburiy badallari, xonadon egalarining ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’laydigan maqsadli to’lovlari, tadbirkorlik hisobidan daromadlar, ya’ni ijaraga joy berish, tashqariga xizmat ko’rsatish, tegishli yerdan daromad olish va boshqalar, kommunal to’lovlarni yig’ishda yordam ko’rsatish evaziga kommunal xizmatlar ko’rsatuvchi korxonalardan olingan daromadlardan, homiylik va vasiylik mablag’laridan tashkil topadi. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining moliyaviy mablag’lari uy-joy fondini foydalanishga yaroqli holda saqlash, shirkat ishchi xodimlari mehnatlariga haq to’lash va binoni kapital ta’mirlash va qayta tiklash uchun zahira fondiga mablag’ yig’ish uchun sarflanadi. Shirkat moliyaviy harajatlari asosan ikki guruhga: – ishlab chiqarish harajatlariga; – ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan harajatlarga bo’linadi. Shirkatning moliyaviy faoliyatini tashkil etish boshqa korxona va tashkilotlarnikidan keskin farqlanadi. Buning sababi, xususiy mulkdorlar shirkat oldiga ikki muhim vazifani qo’yadilar. Birinchi vazifa, uy-joy fondini talab darajasida ekspluatatsiyaga yaroqli holda saqlash, barcha turdagi bajarilishi lozim bo’lgan joriy ta’mirlash ishlarini sifatli va o’z muddatida bajarilishini ta’minlash bo’lsa, ikkinchisi yashovchilardan yig’iladigan majburiy to’lovlar miqdorini kamaytirishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Shu sababli shirkatning moliyaviy faoliyatini rejalashtirish yillik harajatlar miqdorini o’rganishdan boshlanadi. Shirkat harajatlar dasturining birinchi varianti turar joy binosining texnik va sanitariya holatini baholash davomida aniqlangan va uy-joy mulkdorlari tomonidan xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha bildirilgan, Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan mo’ljallangan barcha ishlar hajmi to’liq ro’yxatini, ya’ni rejaning birinchi loyihasini bajarish ehtimoliga asoslanadi. Xizmat ko’rsatish, saqlash, ta’mirlash va ehtiyot qismlami almashtirishlar bo’yicha ishlarni har xil uslubda baholash, muayyan turdagi ishning qiymati shirkat shtatidagi xodimlar tomonidan bajarilganda, yoki bir martalik shartnoma asosida yollanadigan mutaxassis bajarganda uning qiymati qanday bo’lishini aniqlash orqali ishlar ijrosi rejalarining turli variantlari harajatlarini aniqlash turli pudratchilar raqobatlashadigan bozorda bu ishning qiymati qancha turishini bilish tavsiya etiladi. Ijro turlari bo’yicha bajariladigan ishlarning toliq ro’yxati va hajmi uchun harajatlar dasturi rejalashtirilayotgan davrda yirik harajatlar ko’zda tutilayotgan bo’lsa, bu ishlar uchun harajatlaming dasturini tayyorlash tavsiya qilinadi va u umumiy yig’ilishda, shirkatning yillik dasturini muhokama qilishda uni asoslashga yordam beradi. Shirkat a’zolari umumiy yig’ilishi vakolatiga shirkat shtatidagi xodimlaming oylik miqdori va mehnatiga haq to’lash va mukofotlash to’g’risidagi Nizomni qabul qilish kiradi, shuning uchun shtat jadvali va ish haqi hajmi bo’yicha, shuningdek, shirkat xodimlaming har bir toifasi, jumladan, shirkat mulkini malakali boshqarish uchun chetdan yollangan yoki yollamoqchi bo’lgan ijrochi direktor boshqaruvchini mukofotlash bo’yicha alohida takliflar tayyoriash tavsiya etiladi. Dasturning Xususiy uy joy mulkdorlari shirkati xodimlari va jalb qilinadigan mutaxassislar mehnatiga haq to’lashni nazarda tutuvchi qismida maxsus fondlarga chegirmalar bilan bog’liq harajatlarni ham ko’rsatish lozim. Agar umumiy yig’ilish qarori bo’yicha saylangan shirkat raisi, boshqaruv va taftish komissiyasi a’zolariga mehnatlari uchun haq to’lanadigan bo’lsa, shu haq miqdori daromadlar va harajatlar dasturida alohida band bilan aks ettiriladi. Dastur loyihasida shirkatning ishlab chiqarishga oid bo’lmagan harajatlarini ham ko’zda tutish lozim, shuningdek, kutilmagan harajatlarga haq to’lash yoki badallarni vaqtida to’lanmasligini qoplovchi zahira fondini ko’zda tutish tavsiya qilinadi. Ishlar rejasi hamda daromadlar va harajatlar dasturini tuzishda shirkatning hisobot hujjatlarida foydalanilgan shakllardan foydalanish mumkin. Ishlar rejasining birinchi loyihasi bo’yicha barcha mo’ljallanayotgan harajatlar summasi aniqlangach, shirkat yillik dasturining daromad qismi tuziladi va kelgusi yilga shirkat a’zolari majburiy to’lovlarining mo’ljallanayotgan hajmi, ya’ni ularga tegishli bo’lgan umumiy maydonning 1 kv.m.ga xizmat ko’rsatish tannarxidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi. Dasturning daromad qismi uning harajat qismidan kam bo’lmasligi kerak. Dasturning daromad qismi shirkat a’zolarining majburiy badallari, ya’ni doimiy va oylik badallari, noturar joylar mulkdorlarining binoni saqlash va ta’mirlashga qaratilgan badallari, shirkatning boshqa daromadlari, masalan, xonalar ijarasi va boshqa turdagi tadbirkoriik faoliyati va hokazo tushumlar, masalan, homiylik yordami hisobidan shakllanadi. Shirkat a’zolarining yashashga mo’ljallanmagan (noturar joy) xonalar mulkdorlarining majburiy to’lovlarini hisoblashda shirkatning qo’shimcha ravishda jalb qilinadigan daromadlarini e’tiborga olish kerak, ushbu qo’shimcha daromadlar ko’p bo’lsa, a’zolarining majburiy badallari hajmi kamayishi mumkin. Majburiy badal miqdorini turarjoy binosining 1 kv.m. maydoniga xizmat ko’rsatish tannarxini aniqlash formulasi asosida hisoblab chiqish mumkin. So’ngra joriy yilga mo’ljallangan majburiy to’lovlar hajmi o’tgan yilgi badallar miqdori bilan qiyoslanadi va xonalar mulkdorlarining bunday harajatlami qoplash uchun to’lov qobiliyati baholanadi. Agar shirkat boshqaruvi mulkdoriar rejalashtirilayotgan harajatlami to’lashga layoqatli, deb topsa, daromadlar va harajatlar dasturi loyihasini umumiy yig’ilish e’tiboriga havola qilish mumkin. Agar shirkat boshqamvi rejalashtirilayotgan harajatlami to’lashga turar joylar mulkdorlarining ko’pchiligi layoqatli emas, deb topsa, ishlar rejasi loyihasini takomillashtirish (qisqartirish) ustidagi ish davom ettiriladi. Bunday holda boshqaruv ayrim ish turlarini kechiktirilgan ishlar ro’yxatiga o’tkazishi (ularning muhimlilik darajasini va shirkat a’zolari xohishini e’tiborga olib), yoki ayrim ish turlarini bajarish usullarini o’zgartirish haqida asoslangan qaror qabul qilishi lozim. Shu tarzda ishlar rejasining ikkinchi varianti va tegishli harajatlar dasturi (ishlar ro’yxati hajmini qisqartirib) ishlab chiqiladi. Rejalar va harajatlar dasturi ishlar rejasi va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining moliyaviy resurslari mos kelmaguncha davom ettiriladi.
Shirkat a ’zolarining har yilgi umumiy yig'ilishi moliya yili tugaganidan keyin oltmish kundan kechiktirmay chaqiriladi. Shirkat a ’zolarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi boshqaruvning, shirkatda kamida o ‘n foiz ovozga ega bo'Igan shirkat a’zolarining tashabbusiga, shuningdek taftish komissiyasining talabiga binoan chaqirilishi mumkin. Shirkat qonun hujjatlarining buzilishiga yo'l qo'ygan taqdirda shirkat a ’zolarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan chaqirilishi mumkin. Shirkat a ’zolarining umumiy yig'ilishi o'tkaziladigan joy, sana, vaqt, yig'ilish kun tartibi haqida shirkat a ’zolarini xabardor qilish shirkat ustavida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Agar, shirkat a’zolarining umumiy yig'ilishi kun tartibiga umumiy mol-mulkni saqlash ishlarining rejalarini, daromadlar va xarajatlar smetalarini, ularning ijrosi to'g'risidagi hisobotlarni, majburiy badallar miqdorlarini ko'rib chiqish hamda tasdiqlash kiritilgan bo'lsa, shirkat boshqaruvi umumiy yig'ilish o'tkazilguniga qadar shirkat a ’zolariga mazkur hujjatlarning loyihalari bilan tanishib chiqish 323 imkoniyatini ta’minlashi shart. Bunday tanishish tartibi shirkatning ustavida belgilanadi. Shirkat a ’zolarining umumiy yig'ilishi, agar yig‘ilishda shirkat a’zolarining yoki ular vakillarining ellik foizidan ko'prog'i hozir bo'lsa, vakolatli hisoblanadi. Bittadan ortiq uydagi joy mulkdorlarini birlashtirgan shirkatlardagi yig‘ilishda ko‘p kvartirali har bir uydagi joy mulkdorlarining yoki ular vakillarining kamida ellik foizi hozir bo'lishi kerak. Shirkat a ’zolarining umum iy yig'ilishini oddiv ko'pchilik ovoz bilan saylanadigan yig'ilish raisi olib boradi. Shirkatning har bir a ’zosi umumiy yig'ilishda bir ovozga ega bo'ladi. Shirkat a ’zolarining umumiy yig'ilishi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma yig'ilish raisi va kotibi tomonidan imzolanadi. Shirkat a ’zolari umumiy yig'ilishining vakolatiga kiritilgan masalalar bo'yicha qaror, agar shirkat a ’zolarining ellik foizidan ko'pi uni yoqlab ovoz bergan bo'lsa, qabul qilingan hisoblanadi. Qaror qabul qilinayotganda yig'ilish kun tartibidagi masalalar bo'yicha shirkat a ’zosining qarori ko'rsatilgan va imzosi qo'yilgan holda yig'ilishga yozma shaklda berilgan shirkat a ’zolarining ovozlari hisobga olinishi shirkat ustavida belgilab qo'yilishi mumkin. Shirkat a ’zolarining umumiy yig'ilishida qabul qilingan qaror shirkatning barcha a’zolari uchun majburiydir. Shirkat boshqaruvi shirkatning joriy faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi. Shirkat boshqaruvi shirkat a ’zolari orasidan shirkat ustavida belgilangan tarkibda va muddatga umumiy yig'ilish tomonidan saylanadi. Shirkat boshqaruvi shirkat boshqaruvi raisi tomonidan shirkat ustavida belgilangan muddatlarda, lekin oyiga kamida bir marta chaqiriladi. Shirkat boshqaruvining majlisi unda boshqaruv a ’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli deb topiladi. Shirkat boshqaruvining a ’zosi boshqaruv majlisida bir ovozga ega bo'ladi va uning qarorlari boshqaruv a ’zolarining ko'pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida 2006 – 2010-yillarda xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2006-yil 17-apreldagi PQ-325-sonli Qarori bilan belgilangan quyidagi ro’yxat bo’yicha xizmat ko’rsatayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun foyda solig’i hamda yagona soliq to’lovi bo’yicha imtiyozlarning amal qilish muddati 2017-yilning 1- yanvarigacha uzaytirildi:
1. Moliyaviy, bank xizmatlari
a) Lizing xizmatlari
b) Sug’urta bozorining professional ishtirokchilarining xizmatlari
c) Auditorlik xizmatlari
d) Buxgalteriya hisobini yuritish xizmatlarin
e) Mikrokreditlash xizmatlari
f) Tashkilotlarga soliq maslahati ko’rsatish xizmatlari
2. Maishiy xizmatlar
a) Poyafzal ta’mirlash va charmdan mahsulot tayyorlash xizmati
b) Soatsozlik xizmatlari
c) Maishiy elektron va elektr jihozlarini ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish (televizorlar, audiovideoqurilmalar, kompyuterlar, printer texnikalari, muzlatkichlar, kondisionerlar va b.)
d) Qishloq joylardagi sartaroshxona va go’zallik salonlari xizmatlari
e) Qishloq joylardagi kiyim tikish va ta’mirlash xizmatlari f
) Qishloq joylarda yakka tartibda uy-joy qurilishi asosida barpo etilgan joylarda choyshablarni yuvish uchun qabul qiladigan korxona xizmatlari
g) Qishloq joylarda yakka tartibda uy-joy qurilishi asosida barpo etilgan joylarda ximyoviy tozalash korxonalari xizmatlari
3. Boshqa xizmatlar
a) Veterenar xizmatlari
b) Ta’lim xizmatlari, kompyuter bilan ishlash xizmatlari bilan
c) Sanatoriya, bolalarni sog’lomlashtirish muassasalari, bolalar sport muassasalari va seksiyalari
d) Bolalarga, nogironlarga, keksa fuqarolarga g’amxo’rlik qilish xizmatlari
e) Rieltorlik xizmatlari
f) Informatsion-resurs markazlari, informatsion-kutubxona markazlari, elektron ta’lim xizmatlari
g) Qishloq joylarda yakka tartibda uy-joylarni qurish xizmatlari
h) Qishloq joylarda yo’l infratuzilma komleksi xizmatlari
i) Qishloq joylarda kompyuter dasturlash (maslahat berish bilan), xizmatlari.
Yuqoridagi dasturga muvofiq sanab o’tilgan xizmat ko’rsatish korxonalari uchun qo’llaniladigan soliq imtiyozlari, ularning yalpi daromadlari tarkibining 80 foizidan ortiq qismini xizmat ko’rsatish sohasidan kelib tushadigan daromadlar tashkil qilsagina qo’llaniladi.
Xizmat ko’rsatish sohasining mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ta’sirini aniqlash hamda baholash natijasida yaratilayotgan yalpi ichki mahsulot tarkibida uning hajmini oshirish imkoniyati oshadi, ya’ni bunda xizmat ko’rsatish sohasining ulushi xizmat ko’rsatish sohasida aholi bandligi, eksport tovarlar tarkibida xizmatlarning ulushi, bu sohaga sarflangan investitsiyalarning hajmi va uning moddiy boylik zaxirasi bilan belgilanadi. Xizmat ko’rsatish sohasining barcha tarmoqlarini mamlakatimizning aholi yashash manzillari, qishloq va tumanlarda keng miqyosda rivojlantirish borasida ham izchil islohotlar olib borilmoqda. Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2013 – 2016 yillarda qishloq joylarda xizmat ko’rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish yuzasidan qo’shimcha choratadbirlar to’g’risida”gi Qarori ham ushbu soha rivoji borasida me’yoriy-huquqiy asos bo’lmoqda. Qishloq joylarda xizmat ko’rsatish va servis sohasini jadal va muvozanatlashgan tarzda rivojlantirish, qishloq aholisining zamonaviy yuqori texnologik va bozor xizmat turlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, buning asosida yangi ish joylarini yaratish va aholi daromadlari oshirilishini ta’minlash maqsadida hamda qishloq joylarda xizmat ko’rsatish sohasi moliyasini yanada rivojlanishi borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilishi ushbu qarorda belgilangan va imtiyozli kreditlar ajratilishi ko’zlangan.
Respublikamizning bozor iqtisodiyotiga o’tishi ilgari davlat tasarrufida bo’lgan korxonalarning turli mulkchilik shaklida faoliyat yuritishini taqazo etdi. Chunki mulk o’z egasini topmas ekan bozor sharoitida raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarilmaydi, sifatli xizmatlar ko’rsatilmaydi va bozorda o’z o’rnini topish hamda bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish samarasiz bo’ladi.
1991-yil 15-fevralda respublikamizda “Korxonalar to’g’risida”gi qonun qabul qilindi. Undan keyin “Yer to’g’risida”, “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida”, “Tadbirkorlik faoliyati va uni qo’llab-quvvatlash to’g’risida”, “Ijara to’g’risida”, “Aksionerlik jamiyatlari va aksiyadorlarni xuquqlarni ximoya qilish to’g’risida”, “Qishloq xo’jaligi korxonalarini sanatsiya qilish to’g’risida”, “Bankrotlik to’g’risida”, “Xususiy korxonalar to’g’risida” va boshqa bir qator qonunlar qabul qilinib turli mulkchilik shaklidagi korxonalarning faoliyat yuritishining huquqiy asoslarini yaratib berdi. Bu qonunlar respublikamizga chet el investitsiyalarini kirib kelishi uchun keng yo’l ochib berdi, chunki qonunlarda chet el investitsiyalariga juda ham ko’p moliyaviy yengilliklar berish ko’zda tutilgan.
Xizmat ko’rsatish korxonalari moliyasining asosiy elementlaridan bo’lgan moliya-bank tizimi infratuzilma tizimida alohida o’rin tutadi, chunki, bozor islohoti pulga asoslangan. Shu boisdan moliya-kredit sohasini isloh etishga katta e’tibor berildi.
Bozor munosabatlari rivojlanib borayotgan bir sharoitda respublikada ishlab chiqarish bilan bir qatorda xizmat ko’rsatish sohasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Rivojlangan mamlakatlar ham ushbu soha rivoji uchun mukammal jihatdan ishlab chiqqan me’yoriy-huquqiy hamda iqtisodiy siyosati natisida ijobiy natijalarga erishmoqda. Respublikamizda keyingi yillarda xizmat ko’rsatishni yanada rivojlantirish hamda uning sifatini tobora yaxshilashga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
|
| |