Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini rivojlantirish yo`llari va yechimlarini topish




Download 450,64 Kb.
bet8/9
Sana13.06.2024
Hajmi450,64 Kb.
#263339
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Yuldoshev Suhrob

2.2 Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini rivojlantirish yo`llari va yechimlarini topish.
Milliy iqtisodiyotni barqarorlashtirish sharoitida xizmat ko’rsatish sohasini yanada rivojlantirish borasida hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlardagi asosoiy vazifa ham aynan demakratik jamiyatga asoslangan iqtisodiy tizimni takomillashtirishga qaratilgan. Ushbu sohani rivojlantirishda Prezidentimizning “2012–2016 yillarda O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish dasturi to’g’risida”gi Qarori ijobiy natijalarni bermoqda.
Ishlab chiqilgan dasturga muvofiq 2016- yilgacha mamlakatimizning yalpi ichki mahsulotida xizmat ko’rsatish sohasining ulushi 55 foizgacha oshirilishini nazarda tutilgan. Ishlab chiqilgan dastur ma’lumotlariga tayanadigan bo’lsak, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatish sohasining asosiy yo’nalishlarini 2012-2016 yillarda rivojlantirish ko’rsatkichlariga asosan hududlarda asosiy e’tibor komputer va axborot texnologiyalarini, moliyaviy xizmatlarni, qurilish xizmatlarini hamda savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlarini rivojlantirish pirovard natija sifatida qaralgan. Ushbu yo’nalishlarning o’sish tendensiyasini joriy yillarda o’rtacha 2,3 barobarga yetkazish maqsad qilib belgilangan
Shirkatning namunaviy ustavi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Shirkat davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega bo'ladi. Joy mulkdorlari — yuridik va jismoniy shaxslar shirkat a ’zolari bo'ladi. Joy boshqa shaxsga berilgan taqdirda, uning mulkdori — shirkat a ’zosi yangi mulkdorni o'zining shirkat a ’zosi ekanligi hamda shirkat ustavida belgilangan huquq va majburiyatlarga egaligi, bu huquq va majburiyatlar yangi mulkdorga o'tishi haqida xabardor qilib qo'yishi shart. Shirkat tashkil etilgan uydan joy olgan shaxslar o'zlarida shu joyga nisbatan mulk huquqi vujudga kelgan paytdan e ’tiboran shirkat a ’zosi bo'ladi. Shirkatga a ’zolik quyidagi hollarda tugatiladi: — joyga bo'Igan mulk huquqi bekor qilinganda; — ayrim ko'p kvartirali uydagi joy mulkdorlarining ko'pchiligi tomonidan shirkatdan chiqish to'g'risida qaror qabul qilinganda; — shirkat tugatilganda. Shirkat quyidagi huquqlarga ega: — umumiy mol-mulkni, shirkatning yer uchastkasini va molmulkini saqlash usulini belgilash; — shirkatning yillik darom adlar va xarajatlar smetasini belgilash; — shirkat a ’zolarining m ajburiy badallari m iqdorlarini belgilash; — umumiy mol-mulkni va shirkatning mol-mulkini boshqarish, ularga xizmat ko'rsatish hamda ularni ta’mirlash, shuningdek kommunal va boshqa xizmatlar ko'rsatish uchun yuridik hamda 319 jismoniy shaxslar bilan tanlov asosida qonun hujjatlariga muvofiq shartnomalar tuzish; — umumiy mol-mulkdan, shirkatning yer uchastkasidan va mol-mulkidan foydalanish qoidalarini ustavda nazarda tutilgan tart ibda belgilash; — banklarning kreditlaridan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda foydalanish; — o ‘z mol-mulkini, shu jumladan aylanma mablag'larini qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil tasarruf etish; — yer uchastkalarini doimiy foydalanish uchun belgilangan tartibda olish; — yer uchastkasida shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq xo'jalik binolari va boshqa imoratlar qurish; — mulkdorning joyi ichidagi umumiy mol-mulkning holatini nazorat qilish, unga xizmat ko'rsatish va uni ta’mirlash maqsadida mulkdorni oldindan xabardor qilgach, mulkdorning joyiga uning borligida kirish yoki avariya yuz bergan taqdirda belgilangan tartibda darhol kirish; — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mol-mulk olish, shirkatning mol-mulkini sotish, topshirish, ayirboshlash, ijaraga berish, balansdan chegirib tashlash; — shirkat a ’zolariga ishlarni bajarish va xizmatlar ko'rsatish; — qonun xujjatlariga muvofiq o'z ustav maqsadlariga mos keladigan doiralarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish; — mablag'lari shirkat ustavida nazarda tutilgan maqsadlarga sarflanadigan maxsus fondlarni tashkil etish. Shirkat umumiy mol-mulkni asrashni ta ’minlash maqsadida mulkdorlarning joylarini belgilangan tartibda qayta qurish, o'zgartirish, qayta jihozlashni kelishib olishni amalga oshiradi. Shirkat qonun xujjatlariga va shirkatning ustaviga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin. Shirkat: — umumiy mol-mulk, shirkatning yer uchastkasi va molmulki belgilangan qoidalar, normalar hamda standartlarga muvofiq asralishi va saqlanishini ta’minlashi; — shirkat a ’zolari umumiy yig'ilishining va joy mulkdorlari yig'ilishlarining qarorlari bajarilishini ta ’minlashi; 320 — majburiy badallar va to'lovlar o'z vaqtida kelib tushishini ta ’minlashi; — har yili umumiy mol-mulkni saqlash ishlari rejasini, shu jumladan ko‘p kvartirali har bir uy uchun shunday rejani belgilashi va uning ijrosiga doir hisobot tuzishi; — har yili shirkatning daromadlar va xarajatlar smetasi hamda uning ijrosiga doir hisobot tuzishi, shu jumladan ko‘p kvartirali har bir uy bo‘yicha shunday smeta va hisobot tuzishi; — um um iy m ol-m ulkdan foydalanish shartlari va tartibi belgilanayotganda barcha shirkat a ’zolarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlashi; — qonun xujjatlarida va shirkat ustavida nazarda tutilgan hollarda, uchinchi shaxslar bilan umumiy mol-mulkni saqlash, unga egalik qilish hamda undan foydalanish, kommunal xizmatlar ko'rsatish bilan bog'liq m unosabatlarda shirkat a ’zolarining manfaatlarini ifodalashi shart. Shirkatni qayta tashkil etish qo'shib yuborish, qo'shib olish, bo'lish va ajratib chiqarish shaklida amalga oshirilishi mumkin. Shirkatni qayta tashkil etish shirkat a ’zolari umumiy yig'ilishining shirkat a ’zolarining ellik foizidan ko'p ovozi bilan qabul qilgan qaroriga binoan amalga oshiriladi. Qayta tashkil etilayotgan shirkatning mol-mulkini ajratib yoki bo'lib berish shirkat a ’zolarining shirkat mol-mulkini shakllantirishdagi ishtirokiga mutanosib tarzda amalga oshiriladi. Shirkat qayta tashkil etilayotganda umumiy mol-mulkka taalluqli texnik va boshqa hujjatlarni qabul qilib olish-topshirish amalga oshiriladi. Shirkatni tugatish qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda amalga oshiriladi. Shirkat tugatilayotganda shirkatning kreditorlar talablari qanoatlantirilganidan keyin qolgan mol-mulki shirkat a ’zolari o'rtasida shirkat a ’zolarining shirkat mol-mulkini shakllantirishdagi ishtirokiga mutanosib tarzda taqsimlanadi. Shirkat a ’zolarining umumiy yig'ilishi va shirkat boshqaruvi shirkatning boshqarish organlaridir. Shirkat a ’zolarining um um iy yig'ilishi shirkatning oliy organidir. Boshqaruv shirkatning ijro etuvchi organi bo'lib, shirkat 321 a’zolarining umumiy yig'ilishiga hisobot berishi shart. Shirkat a ’zolari umumiy yig'ilishining vakolatlariga quyidagilar kiradi: — shirkat ustavini tasdiqlash ham da unga o ‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish; — shirkatning boshqaruvini, boshqaruv raisini va taftish komissiyasini saylash hamda ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish; — umumiy mol-mulkni va shirkat mol-mulkini boshqarish, ularga xizmat ko'rsatish va ularning ta ’mirlash usulini tanlash; — umumiy mol-mulkni, shirkatning yer uchastkasini va molmulkini saqlash ishlarining yillik rejasini hamda uning ijrosi to'g'risidagi hisobotni tasdiqlash; — shirkatning yillik daromadlar va xarajatlar smetasini hamda uning ijrosi to'g'risidagi hisobotni tasdiqlash; — shirkat a ’zolari majburiy badallarining miqdorini tasdiqlash; — boshqaruvchilikka (ijrochi direktorlikka) nomzodni yoki boshqaruvchi tashkilotni tasdiqlash; — shirkat boshqaruvi raisiga, a ’zolariga va taftish komissiyasi a’zolariga to'lanadigan haq miqdorini belgilash; — shirkat xodimlarining, shu jum ladan boshqaruvchining (ijrochi direktorning) ish haqi miqdorini va ularni taqdirlash to'g'risidagi nizomni tasdiqlash; — shirkatning maxsus fondlarini tuzishdir. Qilishga haqli, shirkat a ’zolarining umumiy yig'ilishi vakolatiga kiritilgan masalalar bundan mustasno. 324 Shirkat boshqaruvining vakolatlariga quyidagilar kiradi: — shirkat a ’zolarining u m um iy yig‘ilishini h am d a joy mulkdorlari yig‘ilishini chaqirish va ularning o ‘tkazilishini tashkil etish; — umumiy mol-mulkni, shirkatning yer uchastkasini va molmulkini saqlash ishlari rejasining loyihasini hamda uning ijrosi to'g'risidagi hisobotni tuzish; — shirkatning yillik daromadlar va xarajatlar smetasi loyihasini hamda uning ijrosi to ‘g‘risidagi hisobotni tuzish; — shirkat ustavi talablarining va shirkat a ’zolari umumiy yig'ilishi qarorlarining bajarilishini ta ’minlash; — boshqaruvchilikka (ijrochi direktorlikka) nomzodlarning yoki boshqaruvchi tashkilotning tanlov asosida tanlab olinishini tashkil etish; — pudratchilarni tanlov asosida tanlagan holda umum iy molmulkka, shirkatning mol-mulkiga xizmat ko'rsatish hamda ularni ta ’mirlash uchun buyurtmachi vazifalarini bajarish; — tanlov g'olibi bilan umumiy mol-mulkni va shirkat molmulkini boshqarish, ularga xizmat ko'rsatish hamda ularni ta ’miiiash uchun shartnomalar tuzish; — umumiy mol-mulk, shirkatning yer uchastkasi va molmulki asralishi va saqlanishi ustidan nazorat qilish; — uskunalar, asbob-anjomlar va boshqa moddiy boyliklarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olish, ularni sotish, topshirish, ayirboshlash, Shirkat boshqaruvi qonun hujjatlariga va shirkat ustaviga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega bo'lishi mumkin. Shirkat a ’zolari um um iy yig'ilishining qaroriga ko'ra shirkat boshqaruvining ayrim vakolatlari shartnomaga binoan boshqaruvchiga (ijrochi direktorga) yoki boshqaruvchi tashkilotga o'tkazilishi mumkin. Shirkat boshqaruvi: — uy-joy fondiga xizmat ko'rsatish va uni ta ’mirlash ishlari tanlov asosida tuzilgan shartnomalarga muvofiq tashkil etilishi; — muhandislik tarmoqlari va boshqa umumiy mol-mulkka talab darajasida xizmat ko'rsatilishi ta’minlanishi; — ta’mirlash ishlarining belgilangan normalar va talablarga muvofiq sifatli bo'lishi hamda o'z vaqtida bajarilishi; — shirkatning mablag'laridan uy-joy fondini saqlash va ta’mirlash uchun maqsadli foydalanilishi mumkin. Yer uchastkasining sanitariya holati talab darajasida bo'lishi, obodonlashtirilishi va sug'orish tarmog'ining saqlanishi uchun shirkat a ’zolari oldida javobgardir.
XULOSA
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va bunyodkorlik ishlari respublikamiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish orqali ijtimoiy sohani rivojlantirish va xalqimizning farovon hayot kechirishini ta ’minlashga qaratilgan.
Barkamol avlodni tarbiyalash va xalqimizning farovon hayot kechirishlarini ta ’minlashda ijtimoiy soha oldiga qo‘yiladigan vazifalar ikki guruhga bo‘linib, birinchi guruhga inson ongini rivojlantirishga va ma’naviy barkamol qilib tarbiyalashga qaratilgan: ta’lim, fan, madaniyat, san’at, sport kabi sohalar kirsa, ikkinchi guruh insonlar moddiy ehtiyojlarini qondirishga va yaxshi yashashlari uchun shart-sharoitlar yaratib berishga xizmat qiluvchi: savdo, maishiy xizmat,
uy-joy qurilishi, kommunal xojaligi sohalaridan tashkil topadi.
Albatta aholining moddiy ehtiyojlari va yashash sharoitlari to‘g‘risida gapirganda eng awalo, uy-joy qurilishi va kommunal xojaligi tizimining rivojlanish darajasi asosiy ko‘rsatkich sifatida o‘rganiladi. Aynan uy xojaligini, turar-joy binolari va ulardan foydalanishni tashkil etishni, kommunal xojaligi tizimi va kommunal xizmatlarni ko‘rsatishni tashkil etishni o‘rganish va chuqur tahlil qilgan holda, ilmiy asoslangan xulosalarga tayanib rivojlantirish aholiga farovon hayot kechirishlari uchun yetarli sharoit yaratish imkonini beradi.
Shu sababli mazkur darslikda asosiy e’tibor eng awalo tayyorlanayotgan mutaxassislarga uy-joy kommunal xojaligi tizimi va unining faoliyati to‘g‘risida tizimli va mantiqiy bog‘liqlikda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.
Uchinchi bo‘limda kommunal xizmatlar va ularning tashkiliyiqtisodiy asoslari o‘rganilgan. Mavzularni shakllantirishda asosiy e’tibor kommunal xojaligi tizimining tarkibiy tuzilishi, kommunal xizmatlarni tashkil etish mexanizmlari,
uy-joy kommunal xojaligi tizimida kommunal xizmatlardan foydalanish me’yorlari va bahoni shakllantirish metodologiyasiga o‘rganishga qaratilgan.
To‘rtinchi bo‘limda asosiy e’tibor kommunal xojaligi korxonalari va ularning iqtisodiy faoliyatini tashkil etishni o‘rganishga qaratilgan.



Download 450,64 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 450,64 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini rivojlantirish yo`llari va yechimlarini topish

Download 450,64 Kb.