|
Bajardi: Mansurova o qabul qildi: Elmurodova b qarshi-2023 Reja
|
bet | 6/16 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 68,2 Kb. | | #245869 |
Bog'liq Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish v10-modda.
Ishchi tillar
Ushbu Kelishuv doirasidagi hamkorlikni amalga oshirish jarayonlarida ish olib borish tillari rus va xitoy tillari hisoblanadi.
Kiberhuquq va kiberetika sohasida O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi
O’zbekiston Respublikasining KiberXavfsizlik to’g’risidagi qonuni 8 bob 40 ta moddadan iborat. Ushbu qonun 2022-yil 15-aprel O’RQ-764-sonli prezident buyrug’iga asosan chiqqan. Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 25-fevralda qabul qilingan. Senat tomonidan 2022-yil 17-martda ma’qullangan. Hozir ushbu qonunli muhim joylari bilan tanishib chiqamiz.
To’liq ma’lumot uchun link: https://lex.uz//uz/docs/-5960604
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
KIBERXAVFSIZLIK TO‘G‘RISIDA
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi kiberxavfsizlik sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Kiberxavfsizlik to‘g‘risidagi qonunchilik
Kiberxavfsizlik to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Telekommunikatsiya tarmoqlari va aloqa kanallaridagi tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining kiberxavfsizligini ta’minlash alohida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining kiberxavfsizlik to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
axborotlashtirish obyekti — turli darajadagi va maqsaddagi axborot tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari, axborotga ishlov berishning texnik vositalari, ushbu vositalar o‘rnatilgan va foydalaniladigan xonalar;
kiberjinoyatchilik — axborotni egallash, uni o‘zgartirish, yo‘q qilish yoki axborot tizimlari va resurslarini ishdan chiqarish maqsadida kibermakonda dasturiy ta’minot va texnik vositalardan foydalanilgan holda amalga oshiriladigan jinoyatlar yig‘indisi;
|
| |