|
muhim axborot infratuzilmasi obyektlari —
|
bet | 8/16 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 68,2 Kb. | | #245869 |
Bog'liq Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vmuhim axborot infratuzilmasi obyektlari — davlat boshqaruvi va davlat xizmatlari ko‘rsatish, mudofaa, davlat xavfsizligini, huquq-tartibotni ta’minlash, yoqilg‘i-energetika majmui (atom energetikasi), kimyo, neft-kimyo tarmoqlari, metallurgiya, suvdan foydalanish va suv ta’minoti, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, uy-joy kommunal xizmatlar ko‘rsatish, bank-moliya tizimi, transport, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, strategik ahamiyatiga ega bo‘lgan foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash sohasida, ishlab chiqarish sohasida, shuningdek iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida va ijtimoiy sohada qo‘llaniladigan axborotlashtirish tizimlari;
muhim axborot infratuzilmasi subyektlari — davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek mulk, ijara huquqlari asosida yoki boshqa qonuniy asoslarda muhim axborot infratuzilmasi obyektlariga egalik qiluvchi yuridik shaxslar, shu jumladan muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining ishlashini hamda hamkorligini ta’minlovchi yuridik shaxslar va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkorlar.
4-modda. Kiberxavfsizlikni ta’minlashning asosiy prinsiplari
Kiberxavfsizlikni ta’minlashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishning ustuvorligi;
kiberxavfsizlik sohasini tartibga solishga nisbatan yagona yondashuv;
kiberxavfsizlik tizimini yaratishda mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokining ustuvorligi;
O‘zbekiston Respublikasining kiberxavfsizlikni ta’minlashda xalqaro hamkorlik uchun ochiqligi.
10-modda. Kiberxavfsizlik sohasidagi yagona davlat siyosati
Kiberxavfsizlik sohasidagi yagona davlat siyosatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti belgilaydi.
11-modda. Kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
|
| |