|
-modda.
Xalqaro axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi asosiy tahdidlar
|
bet | 5/16 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 68,2 Kb. | | #245869 |
Bog'liq Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish v2-modda.
Xalqaro axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi asosiy tahdidlar
Mazkur Kelishuvga muvofiq hamkorlikni amalga oshirish jarayonida Tomonlar xalqaro axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi mavjud quyidagi asosiy tahdidlardan kelib chiqadi:
1) Informatsion urushga tayyorlanish va olib borish, informatsion qurolni ishlab chiqish va qo‘llash;
2) axborotga oid terrorizm;
3) axborotga oid jinoyatchilik;
4) axborot makonida boshqa davlatlarning manfaatlari va xavfsizligiga zid ravishda ustunlik mavqedan foydalanish;
5) Boshqa davlatlarning o‘rtasida ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy, madaniy, axloqiy jabhalariga ziyon yetkazuvchi ma’lumotlarni tarqatish;
6) Tabiiy va (yoki) texnogen xaraktyerga ega global va milliy informatsion infrastrukturalarning barqaror ishlashi, xavfsizligiga tahdidlar.
Tomonlar bilan kelishilgan mazkur moddaning 2-ilovasida (“Xalqaro axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi asosiy tahdid turlari ro‘yxati, ularning manba va belgilari”) ko‘rsatib o‘tilgan asosiy tahdidlarning mazmuni mazkur Kelishuvning ajralmas qismi hisoblanadi.
Zaruriyat yuzaga kelganida Tomonlar bilan kelishilgan holda 2-ilovaga aniqlik kiritilishi, to‘ldirilishi va yangilanishi mumkin.
4-modda.
Hamkorlikning umumiy prinsiplari
1. Tomonlar ushbu Kelishuv doirasida xalqaro axborot makonida hamkorlik va o‘z faoliyatlarini shu tarzda amalga oshirishlari kerakki, bunday faoliyat ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishga imkon berishi va xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni saqlash vazifalariga mos kelishi, umume’tirof etilgan xalqaro huquq tamoyillariga va me’yorlariga hamda bahs va nizolarni tinchlik yo‘li bilan hal qilish, kuch ishlatmaslik, ichki ishlarga aralashmaslik, insonning asosiy huquq va erkinliklarini hurmat qilish tamoyillariga, shuningdek mintaqaviy hamkorlik qilish va Tomonlarning axborot resurslariga aralashmaslik tamoyillariga muvofiq bo‘lishi lozim.
2. Mazkur Kelishuv doirasida Tomonlar faoliyati har bir Tomonning ma’lumot qidirish, olish va tarqatish huquqi, milliy va jamoat xavfsizligi manfaatlarini himoya qilish maqsadida ushbu huquq qonunchilik tomonidan cheklanishi mumkinligini hisobga olgan holda, bir biriga mos bo‘lishi lozim.
3. Har bir Tomon o‘z davlatining axborot resurslari va juda muhim tuzilmalarini g‘ayriqonuniy foydalanish va ruxsatsiz aralashishdan, shu jumladan ularga axborot hujumlaridan himoya qilishda bir xil huquqqa ega.
Har bir Tomon boshqa Tomonga nisbatan shunga o‘xshash harakatlarni o‘tkazmaydi va boshqa Tomonlarga yuqorida ko‘rsatilgan huquqni tatbiq qilishda ko‘mak beradi.
|
| |