|
Bajardi: Mansurova o qabul qildi: Elmurodova b qarshi-2023 Reja
|
bet | 1/16 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 68,2 Kb. | | #245869 |
Bog'liq Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish v
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI
TT VA KT FAKULTETI
AX-12-20-guruh talabasining
Kiber-huquq va kiber-etika fanidan
1-MUSTAQIL ISHI
Bajardi: Mansurova O
Qabul qildi: Elmurodova B
QARSHI-2023
Reja:
1. O'zbekiston Respublikasida axborotlashtirishni rivojlantirish konsepsiyasi
2. Kiberhuquq va kiberetika sohasida halqaro qonunchilik.
3. Kiberhuquq va kiberetika sohasida O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi
4. Konfidensial axborotni himoyalashning huquqiy asoslari
5. Axborotlashtirish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
6. Intellektual mulk himoyasi
7. Dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchilarining himoya turlari
8. Texnik kanallarni kompleks himoya qilish tizimlari
O'zbekiston Respublikasida axborotlashtirishni rivojlantirish konsepsiyasi
O’zbekiston Respublikasining Axborotlashtirish to’g’risidagi qonuni 2003-yil 11-dekabr 560-II-sonli prezident buyrugiga asosan chiqarilgan. Ushbu qonun jami 23 ta moddadan iborat. Hozir shu qonunni kerakli joylari bilan tanishib chiqamiz.
To’liq ma’lumot uchun link: https://www.lex.uz/docs/-83472
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
AXBOROTLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi axborotlashtirish, axborot resurslari va axborot tizimlaridan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Axborotlashtirish to‘g‘risidagi qonunchilik
Axborotlashtirish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlarida iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
|
| |